Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltin toshi
Kumush toshi - og'irlik o'lchov birligi; qiymati 250 misqolga teng. Qobul toshi bo'yicha
yarim serga teng . Agar bir misqol o'rtacha 4,5 g bo'lsa, 1 kumush toshi 1125 g ga teng bo'ladi. l kumush toshi -250 misqol =1125 g =1,125 kg. Lekin 1 misqol aslida 4,09512g ekanligi hisobga olinsa, 1 kumush toshi =1023,78 g =1024 g = 1,024 kg ga, ya'ni 2,5 qadoqqa teng. Oltin toshi-og'irlik o'lchov birligi; qiymati 500 misqolga teng. Qobul toshi bo'yicha 1 serga teng. Agar 1 misqol o'rtacha 4,5 g deb hisoblansa, u holda 1 oltin toshi= 500 misqol = 2255 g= 2,250 kg. Bordiyu, misqolning 4,09 g li qiymatidan foydalanilsa, unda 1 oltin toshi =500x4,09=2,045 kg bo'ladi. Bu shu kungacha saqlangan 5 qadoqli toshning og‘irligiga teng. Pud-og'irlik o'lchov birligi. Qiymati 40 qadoqqa teng. 1 pud = 40 qadoq = 40x0,409512=16,38048 = 16,3805 kg. Buxoro amirligida mirobona solig'i bo'lib, bu miroblar foydasiga har bir uy hayvoni hisobidan, 1 botmon(8-10 pud) miqdorida g'alla bilan (pul yoki mahsulot bilan)soliq olingan. Ba'zi adabiyotlarda, pud rus og'irlik o'lchovi deb yozilgan. Bu o'lchov birligining o'zbekcha nomi bilan ruscha nomining tasodifan mos kelishidandir. Turkiy halqlarda, hususan o'zbeklarda juda qadimdan qimmatbaho tosh deganda pud tushunilgan (bu tushuncha M.Qoshg‘ariyning ‖Devonu lug'at-it turk‖ asarida berilgan), ko'p shevalarda put deb ham ishlatilgan . Pud esa o'z navbatida o'lchov birligi pudning yaratilishiga asos bo'lgan. Bu o'lchov birligi aslida pud emas, put yozilib, keyinchalik pudga aylanib ketgan. Mamlakatimizda qadimdan qo'llanilgan mann va botmon kabi og'irlik o'lchov birliklarining asosan pud bilan bog'likligi pudning xalqimiz orasida juda qadimdan qo'llanilib kelayotganligini isbotlaydi. Chaksa -og'irlik o'lchov birligi. U asosan, 1 pudning 1/3 yoki ling 1/16 bo'lagiga teng bo'lgan. Turli joyda turlicha og'irlikni bildirgan. Farg'onada chorak =32,761-:81,9025 kg ekanligidan, u yerda 1 chaksa = l/16 chorak = 2,0475-5,1189 kg ga teng bo'ladi. Namanganda 1 chaksa 5,324 kg ga, Kosonda 5,46 kg ga teng. Qo'qon va Sirdaryo atrofida ikki xil chaksa qo'llanilgan. Ulardan birinchisida 1 chaksa = 4,60 kg yoki 1 chaksa =4,594kg bo'lsa, ikkinchisida 1 chaksa = 5,119 kg yoki 5, 105 kg ga teng. Xo'jandda 1 chaksaning qiymati Farg'ona chaksasining eng kichkina qiymati 2,0475 ning yarmiga teng, ya'ni 1 chaksa (Xojand)=l/2 ( Farg'ona ) l/2x 2,0475= 1,02375 = 1,024 kg. Qafiz - og'irlik o'lchov birligi. O‘rta Osiyoning ba'zi viloyatlarida taxminan 10-asrdan boshlab qollanila boshlagan. Og'irligi 1 jaribning o'ndan biriga teng bo'lgan. Agar jarib - 100 kg deb olinsa, u holda 1 qafiz =1/10 jarib = l/10 x l00 =10kg bo'ladi. Lekin adabiyotda berilgan ma'lumotga ko'ra, 1 qafiz = 17000 g =17,0 kg ekan;) hajm o'lchovi juda qadimdan qo'llanilib kelgan. Qiymati qo'llanilgan joyi va davriga qarab har xil bo'lgan. 1 qafiz dastlab hajm bo'yicha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling