Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
82 Magellan ekspeditsiyasi sayyohlarining sayohati davomida Yer o'z o'qi atrofida g'arbdan sharqqa tomon к marta aylangan bo'lsin. Demak, Ispaniyada qolgan kishilar uchun к sutka o'tdi. Sayyohlar Yer aylanishiga teskari tomonga yurganligidan Yerdan bir marta kam aylanib chiqishadi, ya'ni ular Quyoshga nisbatan k—1 marta aylanishadi, shu sababli hisobdan 1 sutka yo'qotishgan. Misol uchun, k-1000 sutka deb olsak (Magellan ekspeditsiyasi shuncha кип davom etgan edi), sayyohlar uchun 999 sutka o'tgan. Endi sayyohlar Yer aylanayotgan tomonga, ya'ni g'arbdan sharqqa tomon safar qilsinlar, и holda teskari hodisa yuz bergan bo'lar edi, chunki sayyohlar Yerdan bir marta ortiq aylangan bo'lib, ularning hisobida k+1 (1001) sutka o'tar va juma emas, balki Ispaniyaga shanba kuni kelgan bo'lib hisoblashar edi. Shunga o'xshagan tushunmovchilik bo'lmasligi uchun xalqaro bitimga asosan Yer yuzida chislo o'zgaradigan, yangi sutka boshlanadigan chiziq (uni demarkatsiya chizig'i ham deyishadi) haqida shartlashilgan. Bu bitimga asosan, chislo o'zgaradigan chiziqning ko'p qismi Grinvinch meridianidan 180 gradus uzoqda Tinch okeanida joylashgan meridiandan o'tadi. Bu demarkatsion chiziq quruqlikdan o'tmasligi (chunki quruqlikda yashovchi odam shu chiziqni kesib, qo'shni shahar yoki qishloqqa borganida ham chisloni o'zgartirishi kerak bo'lar edi) uchun ba'zi joylarda o'sha meridianning bir oz sharq tomonidan (Osiyo qit'asining qirg'og'i. Fidji, Samao, Tonga tabu, Kermadek va Chatam orollari yonidaj, goh bir oz g'arb tomonidan (Vrangel va Aleut orollari rayonida) o'tadi. Kelishuv bo'yicha, demarkatsiya chizig'ini kesib o'tadigan kemalar quyidagi qoidaga rioya qilishlari kerak: a) bu chiziqni g'arbdan sharqqa kesib o'tgan kema chislo va unga mos hafta kunini ikki matra hisoblaydifyuqoridagi misolimizda ikki marta 1-may yakshanba); b) bu chiziqni sharqdan g'arbga kesib o'tgan kema bir chislo va unga mos hafta kunini hisobdan tashlab ketadi (Masalan, 30-aprel shanbaning ertasiga 2-may dushanba hisoblaydi). Shuni aytib o'tish kerakki, sayohat kunduz bilan tun almashinuvini e'tiborga olmasdan bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga o'tganda soat millarini siljitmay davom ettirilsa, demarkatsiya chizig'ini kesib o'tganda уuqorida keltirilgan (a va b) shartlarga rioya qilmasa bo'ladi, и holda hech qanday xato ro'y bermaydi. Masalan, aviatsiya va ayniqsa kosmonavtikada shunday qilinadi. Haqiqatan ham, 1 sutka davomida demarkasiva chizig'ini 16 marta kesib o'tuvchi kosmonavtlar o'z soatlarini 16 sutkaga orqaga surmaydi, albatta. Ular Moskva vaqti bilan start olib va shu vaqt bo'yicha parvozlarini davom ettiradilar, Yerga qo'ngan paytlarida sana hisobida hech qanday farq bo'lmaydi, xato yuz bermaydi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling