Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
QO'SHIMCHA O'QISH UCHUN Chislo o'zgaradigan, sutka boshlanadigan chiziq Faraz qilaylik, Grinvinch meridianida 30-aprel shanbadan 1-may yakshanbaga o'tar kechasi soat 0 bo'lsin. Xuddi shu paytda birinchi mintaqaning o'rta meridianida 1-may soat 1, yigirma uchinchi mintaqada esa hali 30-aprel soat 23-bo'ladi. Shu tarzda sharq va g'arb tomonga mintaqalarning asosiy meridianlarida surilib boraversak, o'n ikkinchi mintaqaning asosiy meridianlariga ikki tomondan bir vaqtda kelamiz, shu bilan birga xuddi shu meridianda (Grinvinchdan ±180 gradus uzoqlikda) 30-aprel shanba hamda 1-may yakshanba kunduzgi soat 12 ekanligini ko'ramiz. Shunday qilib, bu meridianning ikki tomonida ikki xil chislo va haftaning ikki xil kuni bo'lganligi aniqlanadi. Bu, misol uchun to'qilgan afsona emas, haqiqatan ham xuddi shunday. XVIII asrda rus kazaklari sharqqa tomon yurib, Bering bo'g'ozidan o'tganlar va Alyaskani ishg'ol qilganlar. Bu yerda ular Atlantika okeanidan o'tib, g'arb tomonga yurib Alyaskaga kelgan inglizlar bilan uchrashganlar. Har ikkala guruh ham o'z safarlari davomida hafta kunlarini va oy chislolarini xato qilmay sanab, o'z bort-jurnallariga yozib borganlariga qaramay, ajoyib hodisaga duch kelishgan: ruslar yakshanba kunini inglizlardan bir sutka oldin belgilaganlari ma'lum bo'ladi. Geografik kashfiyotlar tarixida ham mana shunday qiziq hodisayuz berganligi tarixiy yozuvlardan ma'lum. Dunyoni birinchi marta kemada (sharqdan - g'arbga) aylanib chiqqan Magellan ekspeditsiyasi 1521-yilda Ispaniyaga qaytib kelganida shu ekspeditsiya a'zolarining (Magellanning o'zi yo'lda halok bo'lgan edi) hisoblaricha payshanba kuni bo'lsa-da, Ispaniyada shu kuni juma ekanligini biladilar. Ular o'z safarlari davomida hamma diniy marosimlarni noto'g'ri nishonlab gunohkor bo'lgan hisoblandilar va cherkovda tavba qilishga majbur etilgan edi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: faraz qilaylik, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling