Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
80 Mintaqa vaqti deb, shu mintaqaning o'rta meridiandagi o'rtacha Quyosh vaqti qabul qilingan. Xo'jalik va boshqa amaliy ishlarda qiyinchilik tug'dirmaslik uchun meridian vaqti chegaralari qat'iy meridian bo'ylab emas, ba'zan siyosiy va ma'muriy chegaralar, daryolar bo'ylab o'tkaziladi. O'zbekistonda mintaqa vaqtiga 1919-yildan amal qilinadi. Mustaqillikka erishilganidan keyin respublikaning butun hududi bir mintaqa deb qabul qilindi. 1884-yildan boshlab Yer shari 24 soat mintaqaga bo'lindi. Xalqaro kelishuvga binoan, Grinvich meridiani boshlang'ich (nolinchi) meridian deb qabul qilingan. Mintaqa vaqtiga Yer yuzasining har bin o'rtacha 15° dan qilib meridian yo'nalishidagi 24 ta mintaqaga ajratish asos qilib olingan. Mintaqalar Grinvich meridianidan boshlab 0 dan 23 gacha raqamlanadi. Shuning uchun ma'lum mintaqa raqamiga teng songa farq qiluvchi butun soatga teng bo'ladi. Misol uchun Moskva va Sankt-Peterburg 2-mintaqada joylashganligi uchun ularning mahalliy vaqti Grinvich vaqtidan 2 soat, Toshkent 5-mintaqada joylashganligi uchun 5 soat farq qiladi. Soat mintaqalari (poyas)ning chegaralari ochiq dengiz va okeanlarda hamda quruqlikning kishilar yashamaydigan hududlaridagina Yer meridanlari bo'ylab yo'nalgan bo'ladi, boshqa joylarda esa bu chiziqlar davlat, ma'muriy xo'jalik va geografik chegaralar bo'ylab o'tadi va o'z asosiy mintaqasi chegarasidan biror tomonga ozroq siljigan bo'ladi. Bir mintaqadan ikkinchi qo'shni mintaqaga o'tilganda soatlarning faqat soatni ko'rsatuvchi mili 1 soatga suriladi, minut va sekund millari qo'zg'atilmaydi. Butun dunyodagi soatlarning minut va sekundlari Grinvich observatoriyasidagi soatlarning minut va sekundlari kabi bo'ladi, faqat butun soatlari bilangina farq qiladi. Biror «-mintaqaning mahalliy o'rtacha vaqti, shu soat mintaqasigagina kiradigan hamma hudud uchun mintaqa vaqti deyiladi va u bilan dunyo vaqti oralig'ida quyidagicha bog'lanish mavjud: T„=T 0 +n h bunda: T -n-mintaqaning vaqti, T 0 - dunyo vaqti, n - mintaqa raqami, h - soat. Masalan, ikkinchi mintaqaning vaqti dunyo vaqtidan 2 soat farq qiladi: T 2 = T 0 +2 h . Shunga alohida e'tibor berish kerakki, soat mintaqalarini chegaralovchi meridianlari Yer ekvatori yaqinida eng keng bo'lib, qutblar tomon borgan sari torayadi, ya'ni ensizlashib boradi va, nihoyat, qutblarda birlashib, mintaqaning eni yo'qqa chiqadi. Shuning uchun shimoliy qutb (Arktika) va janubiy qutb (Antraktika)lar atrofida ish olib boradigan turli ilmiy ekspeditsiyalar doim dunyo vaqti bilan yashaydi va ish olib boradi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling