Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

Vaqt  xizmati.  Vaqt  xizmati,  birinchidan,  vaqtni  aniqlash  va  «saqlash»,  uni  aniq  vaqt 
radiosignallari yordamida uzatish va qabul qilishga doir uyg'unlashgan ishlar majmuyidir. Aniq 
vaqt  yulduzlarni  kuzatish  orqali  va  boshqa  usullar  bilan  aniqlanadi.  Uni  astronomik  soat
1
  yoki 
boshqa vaqt etalonlari yordamida «saqlanadi». Vaqt xizmati astrometriya
2
 tadqiqotlari jumlasiga 
kiradi.  Ikkinchidan,  vaqtni  aniqlash,  uni  aniq  yuradigan  soatlar  yordamida  «saqlash»,  vaqt 


 
81 
radiosignallari  yordamida  uzatish  va  qabul  qilish  kabi  ishlar  bilan  shug'ullanadigan  astronomik 
muassasa  hisoblanadi.  Astronomik  kuzatishlar  yordamida  aniq  vaqtni  topish  yoritgichlar, 
masalan,  yulduzlarning  meridiandan  o'tish  (kulminatsiya)  paytida  soat  to'g'rilamasini 
aniqlashdan  iborat.  Soat  to'g'rilamasi  yetarlicha  aniq  bo'lishi  uchun,  odatda,  10-12  yulduz 
kuzatiladi. Baqt xizmati asosan meridianga o'rnatilgan passaj asboblari bilan ta'minlanadi. Ba'zan 
fotograflk zenit trubadan ham foydalaniladi. Hozirda fotoelektrik passaj asbobi ko'p qo'llaniladi. 
Har sutkada topilgan soat to'g'rilamalarining farqi olinib, soatning sutkali yurishi (ilgarilashi yoki 
orqada qolishi) topiladi. Astronomik soatning sutkali yurishiga asoslanib, astronomik kuzatishlar 
o'tilmagan paytlar uchun ham aniq vaqtni hisoblab topish mumkin. Bunday paytlarda juda aniq 
yuradigan bir necha astronomik soatlar yordamida aniqlanadi va «saqlanadi». Bunda mayatnikli, 
kvars va atom soatlardan foydalaniladi. Baqt xizmatida har kunning ma'lum soatlarida aniq vaqt 
signallarini  berib  turadigan  stansiyalar  mavjuddir.  Dunyodagi  vaqt  xizmatlar  ishlarini  Parijdagi 
Xalqaro Baqt byurosi boshqarib turadi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling