Batafsil bayon etilgan
O'n ikki oylik kalendar loyihalari
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
O'n ikki oylik kalendar loyihalari. O'n uch oylik kalendar loyihalariga qarshi
chiquvchilar, uning kamchiliklarini ko'rsatib o'tdi-lar. Ularning fikricha, o'n uchinchi oyning kiritilishi tarixiy sanalarni hisoblashda ko'p chalkashliklarga va boshqa xatolarga sabab bo'lishi mumkin. O'n uch tub son bo'lganligidan, u ikkiga ham, to'rtga ham bo'linmaydi. Shuning uchun ikki oylik kalendar loyihalari taklif qilinadi. Ular o'n ikki oylik kalendarlarning muhim afzalliklari quyidagilardan iborat deb hisoblashadi. 1. Bir kalendar yili har biri 182 kundan iborat ikkita yarim yillikka va har biri 91 kundan iborat to‘rtta kvartalga bo'linadi. 2. Har bir kvartal uch oy bo'lib, bu oylarning birinchisi 31 sutka, qolgan ikkitasi 30 sutkadan bo‘ladi. 3. Yilning birinchi kuni yakshanbadan boshlanib, oxirgi kuni shanba bo'ladi. 4. Har bir kvartal yakshanbadan boshlanib, shanba bilan tugaydi. 5. Kvartaldagi sutkalar soni (91) haftadagi kunlar soni (7) ga qoldiqsiz bo'lingani uchun harbir kvartal 13 haftadan iborat bo'ladi. 6. Oylardagi ish kunlarining soni doimiy (haftada ikki dam olish kuni bo'lsa, 22 ish kuni, bir dam 0lish kuni bo‘lsa 26 ish kuni) bo'ladi. To'rtta kvartal har biri 91 kundan bo'lganligidan yil 364 sutkani tashkil qiladi. Kalindar yilini tropik yiliga mos keltirish uchun har yili yana bir sutka (13 oylik kalendarlardagidek) hamda kabisa yillarida ikki sutka qo'shish kerak bo‘ladi. Har ikkala qo‘shimcha sutkalar hafta hisobiga ham, oy hisobiga ham kirmaydi. Birinchisi har yili 30 dekabrdan so'ng qo'yilib, bu kun ‘‘tinchlik va do'stligi kuni‘‘ nishonlanadi. Ikkinchi qo'shimcha kun har to‘rt yilda bir marta 30 iyundan so‘ng qo'yilib «kabisa yili kuni >> deyiladi. O'n ikki oylik kalendar loyihasi «Dunyo kalendari» nomi bilan Millatlar Ligasining Kengashida birinchi marta 1937-yil 25-yanvarda muhokama qilingan, va keyinroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashida qo'llab quvvatlangan, lekin bu kalendar ham qabul qilinmagan.Har bir xalqning milliy bayramlari borligi va dam olish kuni ikki kun belgilanganligi tufayli bu loyihani ayrim mamlakatlar ma'qullamadi. Shuning uchun 1956-yildan keyin kalendar islohoti oldinga siljimadi. Keyinchalik boshqa kalendar loyihalari taklif qilinsa-da, lekin ular hayotga joriy etish masalasi ochiq qolmoqda. Kalendar tarixi insoniyat sivilizatsiyasining uzviy ajralmas bo'lagi.Tashqi olam to'g'risidagi bilimlar ko‘paygani sari va turli davrlarda xalq xo'jaligi ehtiyojlari bilan bog'liq ravishda kalendarlar takomillashib bordi. Masalan, oy kalendari paydo bo'lishini ibtidoiy odamning turmush tarzi bilan bog'lash mumkin. U davrlarda ovchilik va termachilik odam faoliyatining asosini tashkil qilgan edi. Asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikka o'tilishi oy- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling