Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Hafta va uning turlari. Vaqt - tabiatdagi biror davriy hodisaga, Yerning o'z o'qi atrofida
aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan o‘lchov birligidir. O'rta asr solnomachisi Beda Dostopochtenniy, «yilning uzunligini – tabiat, oyning uzunligini - an'analar, haftaning uzunligini hokimiyat belgilaydi», - deb yozgan edi. Vaqtning sun'iy birligi bo'lgan haftalar, qadimda uch, besh va yetti kundan iborat bo'lgan. Bobil va Shumer matnlarida yetti kunlik hafta mavjudligi haqida ma'lumotlar berilgan. Yetti kunlik hafta vaqt o'lchovi sifatida Sharqda, Bobilda, ishlatilgan. Rimda ham dastlab sakkiz kunlik hafta bo'lib, unga A harfidan N harfigacha bo'lgan nomlar berilgan. Rimda imperator Avgust davrida (eramizdan avvalgi 63-eramizning 14) yetti kunlik hafta keng tarqalgan. Yetti kunlik hafta yahudiylardan misrliklarga, ulardan rimliklarga va so'ngra G'arbiy Yevropaga tarqalgan. Bobilliklar yettini «qutlug' son» deb hisoblashganlar. Bu sig'inish o'sha davrda ma'lum bo‘lgan beshta sayyora «planeta» yoki «daydib yuruvchilar» va ular qatoriga qo'shib hisoblangan Oy va Quyosh bilan bog'liq bo'lgan. Ular Yer atrofida yetti sayyora - Oy, Merkuriy, Venera, Quyosh, Mars, Yupiter va Saturn aylanadi, deb hisoblaganlar. Haftalarga sayyoralarning nomi berilgan. Bu nomlarni rimliklardan keyin G'arbiy Yevropa xalqlari ham qo‘llashgan. Lotincha, fransuzcha va inglizchada ularning ko'rinishlarini quyidagi jadvalda ko'rish mumkin: 14 A. Abdurahmonov. Ulug'bek akademiyasi. T. 1994. 7-bet. 15 A. Do‘stov. Qadimgi o‘lchov birliklar. ‖Ma‘rifat‖ gazetasi. 2002 yil 7 mart. Ruscha Lotincha Tarjimasi Fransuzcha Inglizcha Ponedelnik Dies Lunal Oy kuni Lundi Monday Btornik Dies Martis Mars kuni Mardi Tuesday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling