Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
15 grekcha «hemera» - sutka so'zi ikki ma'noda qo'llanilgan: 1) Quyosh chlqishidan Quyosh botishigacha bo'lgan vaqt oralig'i; 2) Quyosh chiqishidan keyingi Quyosh chiqishigacha bo'lgan vaqt oralig'i. Lotincha «dies» - sutka so'zi ham shu ma'noni bildirgan. Qadimgi Gretsiya, Rim, Bobilda va Misrda sutka ertalabdan, O'rta Osiyoda esa kechqurundan boshlab hisoblangan. Oy kalendaridan foydalanishgan afinaliklar, germanlar. iudeylarda ham sutka - yangi kun kechqurundan boshlangan. Zardushtiylar esa Quyoshning chiqishi bilan yangi kun boshlanadi deb hisoblashgan. Sutkalarni dastlab misrliklar soatlarga bo'lganlar. Eramizdan avvalgi 2100- yilida Misr kohinlari sutkani 24 soatga bo'lishgan: ular 10 soatni kunduz, 2 soatni g'ira-shira payt, 12 soatni kechasi deb hisoblashgan. Bobilda ham bir sutkaning 12 soati kechasi hisoblangan. Gerodotning ta'kidlashicha, greklar bobilliklarning shu sistemasidan foydalanishgan. Eramizdan avvalgi II asrda Klavdiy Ptolemey rasmiy ravishda sutkani soatlarga bo'lgan. Gerodotning yozishicha, eramizdan avvalgi VI asrda Ahamoniylar hukmdori Doro skiflarga yurishi davrida qo'riqchilariga vaqtni hisoblash uchun tugilgan arqon tashlab ketadi. Ular har kuni bitta tugunni yechganlar. Qolgan tugunlarning soni shohning qaytishiga necha kun borligini bildirgan. Ahamoniy hukmdorligi davrida vaqtni hisoblashning bundan ham mukammalroq usuli mavjud bo'lgan, lekin oddiy qo'riqchi askarlar yuqoridagi usuldan foydalanishgan.Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bo'linadi.Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari orasidagi vaqtga teng. Yulduz sutkasi haqiqiy (presessiya va nutatsiya hisobga olinsa) yulduz sutkalarigaajraladi. Bahorgi tengkunlik sutkasi nuqtasining presession harakati ta'sirida o'rtacha yulduz sutkasi Yerning o'z o'qi atrofida haqiqiy aylanish davridan 0,0084 sekundga qisqa. Nutatsiya ta'sirida haqiqiy yulduz sutkasining uzunligi o'zgarib turadi. Quyosh bir sutka davomida osmon sferasida 1° Sharqqa tomon siljiydi. Shu sababli yulduz sutkasi bilan amalda vaqtni o'lchash noqulay bo'lib, u kun va tunning almashishi bilan to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun Quyosh sutkasida uning ikkala ketma-ket pastki (yarim tun) kulminatsiyasi oralig'idagi vaqt olinadi. Quyosh sutkasi ham haqiqiy va o'rtacha (haqiqiy Quyosh sutkasida haqiqiy Quyoshning pastki kulminatsiyasi, o'rtacha Quyosh sutkasida esa Quyoshninn soxta pastki kulminatsiyasidan boshlab hisoblanadi) bo'ladi. Yer orrbitasining ellipssimonligi va ekvatorning ekliptikaga og'ishganligi tufayli haqiqiy Quyosh sutkasi ham doimiy emas va yil davomida 24 soul 3 miiuil 36 sekund (sentabr o'rtalarida)dan 24 soat 4 minut 27 sekund (dekabr oxirida) gacha o'zgarib turadi. Shuning uchun Quyoshning ekvator bo'yicha yil davomida doimiy burchak tezlik bilan harakat qiluvchi o'rtacha Quyosh sutkasi (24 soat 3 minut 56,55536 sekund yulduz sutkasi) olinadi. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasidan yoki 365,2422 Quyosh sutkasidan iborat. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling