Batafsil bayon etilgan


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/189
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#247844
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy (1)

 
16 
o'laroq  dastlab  quyosh  soati,  keyinchalik  suv  va  qum  soatlari  paydo  bo'ldi.  Ksenofontning 
ta'kidlashicha,      soat    kunduzi      Quyoshga,      kechasi      yulduzlarga      hamda  odam  soyasining 
uzunligiga  qarab  aniqlangan.  Eramizdan  avvalgi  1800-yilda  Misr  kohinlari  kechasi  bo'ladigan 
ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Quyosh va suv soatlarining paydo bo'lishi soatni 
yanada  aniqroq  bilish  imkonini  berdi.  Misrda  eramizdan  avvalgi  1600-yillarda  suv  soatlari, 
eramizdan  avvalgi  1450-yillarda  Quyosh  soatlaridan  foydalanishgan.  Birinchi  Quyosh  soati, 
ya'ni  skafis  bobillik  Beros  tomonidan  eramizdan  avvalgi  III  asrda  quriladi.  Dastlabki  grek 
Quyosh  soatlari  eramizdan  avvalgi  550-yillarda  Anaksimantu  Miletskiy  tomonidan  yaratilgan. 
Rimda  eramizdan  avvalgi  293-yildan  boshlab  Quyosh  soatlaridan  foydalana  boshlangan.  Osiyo 
xalqlarida  esa  qadimda  qum  soatlari  keng  tarqalgan.  Bu  soatlar  uncha  uzun  bo'lmagan  vaqt 
oralig'ini  hisoblashga  mo'ljallangan  edi.  Hozirda  ham  tibbiyotda  qum  soatlaridan  foydalaniladi. 
Xitoyda  olov  soatlaridan  foydalanishgan.  Unda  maxsus  shamlar  ishlatilgan.  Eramizdan  avvalgi 
birinchi  ming  yillikda  suv  soatlari  -  klespidralar  keng  tarqaldi.  Mazkur  soatlar,  albatta,  aniq  va 
qulay bo'lmasa-da, ma'lum bir qatlamdagi odamlarning ehtiyojini qondirgan.  O'rta Osiyoda XV 
asrning birinchi yarmida Mirzo Ulug'bek Samarqandda 50 metrlik Quyosh soatini bunyod etgan. 
Jamiyatdagi taraqqiyot natijasida aniq va qulay soatlarga bo'lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Mexanik 
soatlar  bu  davrga  yangilik  bo'lib  kirdi.  578-yillardagi  Vizantiya  manbalarida  mexanik 
(g'ildirakli)  soatlar  tilga  olinadi.  XI-XV  asrlarga  kelib  Yevropada  mexanik  (g'ildirakli)  soatlar 
keng  tarqaldi.  Bunday  soatlar  odatda  ratusha  minoralariga  o'rnatilgan.  G'ildirakli  soatlarning 
kamchiligi  ularning  ulkanligi  va  aniq  emasligida  edi.  Rossiyada  bunday  soatlar  dastlab  1404-
yilda  Kremlga  o'rnatiladi.  1706-yilda  Petr  I  buyrug'i  bilan  bu  soat  o'rnini  Golland  kuranti 
egallaydi.  XVI  asrda  g'ildirakli  soatlar  o'rnini  yangi  soatlar  egallaydi.  1640-yilda  Galiley 
tomonidan mayatnikli soatlar loyihasi ishlab chiqiladi. Ushbu soat uning vafotidan keyin 1675-
yilda Xristian Gyuygens tomonidan yasaladi. Xristian Gyuygens cho'ntak soatiga balansir spiral 
tizimini  (hozirgi  soatlarning  asosiy  mexanizmini)  kiritdi  va  soatning  aniq  yurishi  ancha 
yaxshilandi.  I.  R  Kulibin  XVIII  asrda  tovuq  tuxumidek  keladigan  murakkab  mexanizmli 
mexanik  soat  yasadi.  U  har  soatda  zang  urardi.  Rossiyada  birinchi  zangli  soat  1404-yilda 
Moskvada  Blagoveshensk  sobori  yaqinida  o'rnatilgan.  Uni  vizantiyalik  Monax  Lazar  Serbin 
yasagan.  XIX  asrga  kelib  qo'l  soatlari  paydo  bo'ldi.  Bunday  soatlar  cho'ntak  soatidan  farq 
qilmasdi.  Ularda  qo'shimcha  qismlar,  kalendar  ko'rsatgichi,  sekundomer,  o'z-o‘zidan  burash 
mexanizmi  ham  bor edi. Dastlabki  elektr soat  Rossiyada  1840-yilda  yaratildi. XX asrda  elektr-
mexanik,  elektron-kvars,  molekular,  atom  soatlari  yaratildi.  Toshkentda  1947-yilda  qurilgun 
Toshkent  kuranti  minorasiga  to'rt  siferblatli  zangli  elektr  soat  o'matilgan.  Energiya  manbayiga 
ko'ra  soatlar  atom,  kvars,  mexanik,  molekular  va  elektr  tebranish  tizimi  bo'yicha  mayatnikli, 
balansirli va kamertonli xillarga bo'linadi.  Vaqtning eng kichik birligi  qilib  sutkaning  1/86400   
qismiga teng vaqt - sekund qabul qilingan. Fan va texnikada sekundning mingdan, milliondan bir 
ulushi bilan ham ish ko'riladi.
 
Elektronikaning  rivojlanishi  munosabati  bilan  XX  asrning  o'rtalarida  astronomik 
kuzatuvlarga bog'liq bo'lmagan butunlay  yangicha vaqtni o'lchash tizimi paydo bo'ldi. Bu tizim 
kvant  generatorlar  (atom  soatlari)  bilan  nazorat  qilib  turiladigan  aniq  kvars  soatlardan 
foydalanishga  asoslanadi.  Vaqtni  o'lchashning  bu  tizimi  atom  vaqti  nomini  oldi.  Etalon  birlik 
sifatida  atom  sekunddan  foydalaniladi.  Vaqt  xizmati  atom  soatlari  yordamida  aniq  vaqt 
radiosignallarini berib turadi. Vaqtni o'lchashning barcha tizimlari muntazam ravishda bir-biriga 
taqqoslab  turiladi.  Bunday  taqqoslashlar  natijalari  Parijda  joylashgan  Xalqaro  Vaqt  byurosi 
«Axborotlari»da e'lon  qilib boriladi.  O'zbekiston FA Astronomiya institutida ham  vaqt  xizmati 
bilan shug'ullaniladi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling