17
2-BOB. QADIMGI KALENDARLAR
Mavzu. Kalendarlar va ularning turlari.
Reja:
1. Tropik yil va kalendar yili.
2. Quyosh kalendari.
3. Oy kalendari.
3.
Oy-quyosh kalendari.
Tropik yil va kalendar yili. Biz tanishib o'tgan vaqt birligi sutka katta davrlarni o'lchash
uchun kichiklik qiladi. Katta davrlarni o'lchash uchun sutkani ishlatadigan bo'lsak, juda katta
sonlarni ifodalashga to'g'ri keladi. Vaqt birligi sutkani 10 baravar kattalashtirib ishlatish mumkin.
Lekin qadim zamonlardan beri insoniyat katta vaqt oralig'ini o'lchashda sutkadan tashqari hafta,
oy va yildan foydalanib keladi. Vaqtning katta oraliqlari o'lchash birligi tabiiy birlik -
yil deb
Yerning Quyosh atrofida bir marta to'la aylanib chiqish davri qabul qilingan. Ammo yil sutkalar
bilan
butun son orqali ifodalanmaydi, ya'ni sutka va yil karrali emas.
Quyosh o'zining ko'rinma harakati bo'yicha bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikki marta
ketma-ket o'tishi uchun ketgan vaqt
tropik yil deb ataladi. Uning davomiyligi 365 sutka 5 soat
48 minut 46 sekundga yoki 365,242195 o'rtacha sutkaga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: