Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
25 Marsedoniy oyining joriy qilinishi Qadimgi Rim kalendarlari tarixida katta ahamiyat kasb etdi. Rim kalendari oy-quyosh kalendari hisoblandi. Natijada yilning va oyning boshlanishi yangi oy chiqishiga to'g'ri kelmay qoldi. Bu esa, yana kalendar islohotiga zarurat tug'ilganini bildirardi. Eramizdan avvalgi V asrga kelib interkalatsiya sistemasi orqali aniq Oy-quyosh kalendarini tuzdilar. Ular Rim kalendarida to'rt yillik siklni ishlab, toq yillar (birinchi, uchinchi) oddiy yil, ya'ni 355 kundan (oy kalendariga ko'ra), juft yillarga esa ikkinchi yilga yigirma uch, to'rtinchi yilga yigirma ikki sutka qo'shildi. Natijada bir yil 366,25 sutkaga teng bo'lib qoldi: 355·4+23 + 22 ----------------- = 366,25 . 4 Shunday qilib, bu islohot natijasida mazkur Rim kalendari (desember yili)da yil tropik yildan bir sutkaga ko'payib ketdi. Desember yili Rim kalendarini to'g'rilamadi, balki uni chalkashtirib yubordi. E. Bikerman o'sha davrdagi Rim kalendarining Oy fazalariga ham, Quyoshning yillik harakatiga ham mos kelmaganligini takidlaydi. Natijada Rim kalendarini isloh qilishni oliy kohinlar-pontifik (pontifiks masimum)lar o'z ixtiyorlariga oldilar. Ammo ular ham kalendarni to'g'rilash o'miga battar chalkashtirib yubordilar 23 . Natijada Rim kalendarini isloh qilish juda zarur bo'lib qoldi 24 . 24 Eramizdan avalgi II asr boshlariga kelib Rim kalendari Yulian kalendaridan 117 kunga oldinga o'tib ketgan bo‘lsa, shu asrning o'rtalarida bu farq 72 kun, er.avv I asrning o'rtalarida esa 90 kunga teng bo'lgan (ba'zan u Yulian kalendariga mos ham kelgan). Shuning uchun Rim manbalaridagi sanalar Yulian yiliga aylantirilgandagi u chiqqan natijani to'g'ri deb qabul qila olmaymiz. (Qarang: Бикерман E, Хронология древнего мира. -М., 1976, с. 41-42.) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling