Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
26 Qadimgi Rimda yangi sutka kechki soat 6 dan hisoblangan 25 . Sutkalar ikki qismga; haqiqiy kechasi, haqiqiy kunduzi (har biri 12 soatdan)ga bo'lingan. Rim kalendarida kunlarni ham o'ziga xos hisoblaganlar. Oylardagi kunlarning zamonaviy kalendarlardagidek tartib raqami bo'lmagan. Oylar asosiy 3 «tayanch kunga» bo'lingan bo'lib, kalendalar, nonelar, idlar deb atalgan. Har bir oyning birinchi «tayanch kuni» kalenda (calendae) deb atalib, u lotincha «e'lon qilmoq», «bildirmoq» degan ma'nolarni bildiradi. Har oyning boshida pontifiklar xalq yig'inini e'lon qilgan. Shuningdek, bu davrda xalqqa yangi Oy ko'ringan vaqt e'lon qilinib turilgan. Ikkinchi «tayanch kun» none 2 . Martius, mayus, kvintilis, oktober oylarining yettinchi kuni va qolgan boshqa oylarning beshinchi kuni none deb atalgan. None - taxminan oyning birinchi choragi ko'ringan kundan boshlangan. Uchinchi «kun» - idus martius, mayus, kvintilis, oktober oylarining o'n beshinchi kuni va boshqa oylarning o'n uchinchi kuni hisoblangan. Idning boshlanishi to'linoyning ko'rinish davriga to'g'ri keladi. Kalenda, none va iddan oldingi kunlar «arafa» (Pridie) deb atalgan. Rimliklar kunlarni oldinga qarab emas, balki teskari tomondan hisoblaganlar. Masalan. 2- yanvar - bu «yanvar nonesidan oldingi to'rtinchi kun», 13 yanvar esa «XVII Kalendas Februarias», ya‘ni fevral kalendidan oldingi o'n yettinchi kun kabi. 25 Mashhur faylasuf va siyosatchi Mark Sitseron (er.avv. 106-43) rimliklarda sutka ertalabdan boshlanadi, Senzorin (er.avv. Ill asr) esa yangi kun yarim tunda boshlanadi deb ma'lumot bergan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling