Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
4 Qadimgi dunyo xalqlari nafaqat kalendarlardan, balki o'ziga xos hisoblash usullaridan ham foydalanishgan. Bu murakkab usullarni aniqlashga tarixiy xronologiya fani yordam beradi. Tarixiy xronologiyaning obyekti tarixiy voqealar haqida ma'lumot beruvchi manbalar hisoblanadi. Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash sistemasini o'rganadi, ularning o'zaro bog'liqligini, vaqtlarni bir hisob sistemasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya yuqoridagi hisoblash sistemasidan tarixiy vaqtlarni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tarixiy tahlil qiladi. Insoniyatning xo'jalik hayotidagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bo'lgan sutka, tun, kun, Oy fazalarining o'zgarishi, Yerning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan. Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bo'lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlari harakatini, umuman, astronomiyani bilish zarur edi. Bundan tashqari, yana bir vazifani, kun, oy, yillar o'rtasidagi farqlarni aniqlash zarurati ham tug'ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi. Tabiat hodisalarini kuzatish, vaqtni aniqlash uchun qo'llanilgan murakkab matematik hisob-kitoblar xronologiyaning fan sifatida shakllanishiga asos sifatida xizmat qildi. Bobil va Misr kabi qadimgi davlatlarda paydo bo'lgan xronologiya ayniqsa, Qadimgi Gretsiya va Rimda rivojlandi. Xronologiya bilim sohasi sifatida rivojlanishiga Qadimgi Gretsiya va Rim olimlari Eratosfen, Kalipp, Gipparx, Varron, Senzorin, Ptolomey, Makrobiylar katta hissa qo'shganlar. Gipparx (eramizgacha 190-125-yillar) birinchi bo'lib Oyning o'lchamini va undan Yergacha bo'lgan masofani aniqlagan. Gipparx shaxsiy kuzatuvlari natijasida Quyosh yilining uzunligini deyarli aniq hisoblab chiqqan (xato 6 minut). Olim o'sha davr uchun ulkan hisoblangan 850 ta yulduzning holati katalogini tuzgan edi. Klavdiy Ptolemey - mashhur «Almagest» asari muallifi. Bu asar o'rta asrlargacha astronomiyaga oid asarlarning sarasi hisoblangan. Shuningdek, Ptolemey sakkiz kitobdan iborat «Geografiya» asarining muallifi hamdir. Ptolemey kartografik proyeksiyalar nazariyasini ham yaratgan. Ayniqsa, uning «Podshohlarning xronologik jadvali» asari xronologiyaga oid muhim manba hisoblanadi. Mark Terensiy Varron (eramizgacha 116-27-yillar) ham xronologiya fanining rivojiga katta hissa qo'shgan. U qomusiy olim bo'lib olti yuzga yaqin asarlar muallifidir. Mark Terensiy Varron asarlarining aksariyati xronologiyaga bag'ishlangan. VII asr oxiri VIII asrning birinchi choragida yashagan ingliz monaxi, solnomachi Beda Dostopochtenniy xronologiyaga oid «Dunyoning olti yoshi» nomli asar muallifidir. Uning mazkur asarida xristian erasining asoslari haqida ma'lumot beriladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling