6
Xalifa Xorun ar-Rashidning ikkinchi o‘g‘li Abdullox al-Ma‘mun ilmga o‘ch va zukko
hukmdor bo‘lib, 849-yilda qobilyatli olimlarni Bag‘doddagi ―Bayt-ul hikma‖ (Hikmatlar uyiga
to‘playdi. Al-Xorazmiy tez orada astranomiya, matematika, geometriya, geografiya jabhasida
shuhrat qozonadi. ―Bayt-ul hikma‖dagi kutubxonaga, observatoriyaga, ilmiy tekshirish, tajribalar
o‘tkazish ishlariga rahbarlik qiladi. 829 yilda Yahyo ibn Abu Mansur vafotidan keyin
Muhammad al-Xorazmiy ―Bayt-ul hikma‖ga mudir etib tayinlanadi. ―Hozirgi zamon
algebrasining otasi‖ Al-Xorazmiyning 20 dan ortiq asarlaridan 14 tasi bizgacha ma‘lum bo‘lib,
buyuk olim nafaqat o‘lchovshunoslik sohasida, xronologiya fani sohasida ham beqiyos ishlarni
amalga oshirdi. Shu jumladan tarixiy manbalarda ―Yahudiylarning Kalendari va bayramlarini
aniqlash haqida risola‖ ham yozgan. Kitobning arabcha nusxasi Patnadagi (Hindiston Bankinur
kutubxonasida saqlanmoqda.
1
Rus akademigi I.Y.Krachkovskiy al-Xorazmiy haqida :―Xorazmiyning astranomik jadvallari
G‘arbiy Evropadagi astranomik asarlar uchun asos vazifasini o‘tadi‖, - deb yozgan edi. Xorazmiyning
‖Quyosh soatlari to'g'risida risola‖ asari ham o'lchash sohasiga oiddir. Rus arxeolog olimi C.
Tolstov so‘zi bilan aytganda: ―Xorazmiy o‘z asarlari bilan Sharq va Evropa riyoziyot ilmiga asos
soldi‖.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |