Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
7 Rus akademigi I.Y.Krachkovskiy so‗zi bilan aytganda, Beruniyning bilgan narsalaridan ko‘ra bilmagan sohalarni sanab chiqish osonroqdir. Beruniy 973 yil 4-sentabrda (Hijriy 362 yili 3 zulxijjada janubiy Xorazmning Kat (Hozirgi Beruniy shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqish qobiliyati kuchli bo‗lib, o‗z zamonasining mashxur olimi, o‗sha davrda ―Ptolomey‖ laqabini olgan Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‗lida ta‘lim oladi. 1004 - yildan boshlab Gurganchda ―Dorul hikma va maorif‖ nomini olgan ilmiy muassasa to‗la shakllanib, Beruniy bu akademiyada 1017- yilgacha ishlagan. Abu Rayxon Beruniy 152 ta asar yozgan, shulardan 30 tasi bizgacha yetib kelgan. 1017 yilda Xorazm saltanati Maxmud G‘aznaviy tomonidan zabt etilgach, Ma‘mun akademiyasi tarqatilib, Beruniy bir qancha olimlar bilan G‘azna shahriga olib ketiladi. U umrining oxirigacha shu yerda yashab ijod qiladi va 1048 yil 13 dekabr (hijriy 440 yil 3 rajab oyi da shu yerda vafot etadi. Abu Rayxon Beruniyning birinchi yirik asari ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ kitobidir. Asarning arabcha nomi ―Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya‖ bo‗lib, Yevropada ―Xronologiya‖, o‗zbek sharqshunosligida ―Osor al-boqiya‖ nomi bilan mashxurdir. Beruniy bu asarni 27 yoshida 1000 yilda yozib tamomlagan. Asar arab tilida yozilgan bo‗lib, bu kitobni birinchi marta Yevropaga tanishtirgan, 1879 yili ingliz tiliga tarjima qilgan kishi mashxur nemis olimi Eduard Zaxau (1845-1930y) edi. ―Yodgorliklar‖ deb ham atalgan ushbu asarda Beruniy o‗ziga ma‘lum bo‗lgan xalqlarning: yunonlar, rimliklar, eroniylar, so‗g‘diylar, xorazmliklar, harroniylar (yulduzga topinuvchilar, qibtiylar (misrliklar, xristianlar, yaxudiylar, islomgacha bo‗lgan arablar va musulmonlarning yil hisoblari, xayitlari va mashxur kishilarini mufassal tasvirlab beradi. Asarda astronomiya va matematikaning ko‗p masalalari yoritib berilgan. Beruniy musulmon olimlari ichida birinchi marta yaxudiylar kalendari haqida ham ma‘lumot beradi. ―Osor al -boqiya‖ chulg‘ab olgan masalalar bular bilan chegaralanib qolmaydi. Unda juda ko‗p tarixiy voqealar, turli millat va dinlarga oid muhim ma‘lumotlar, payg‘ambarlar va soxta payg‘ambarlar, podshoxlar, mashxur tarixiy shaxslar va olimlar haqida ma‘lumotlar berilgan. Abu Rayhon Beruniy Misr kalendariga ham to'xtalib o'tgan. U Misr kalendaridagi eski va yangi oy nomlarini o'z asarida berib o'tadi. Misrliklar qo'shimcha besh kunni «abag'amno» (kichik oy), kabisali yilni esa «anqnaqt» (alomat) deb ataganlar. Qo'shimcha kun so'nggi «musriy» oyining oxiriga qo'shilgan. Abu Rayhon Beruniy «Shorn mamlakati» (Suriya) kalendaridagi o'n ikki oy nomlari va to'rt yilda bir marta beshinchi (shubat) oyga bir kun qo'shib hisoblashlari haqida yozadi. Bu manbaga ko'ra «Shorn mamlakati» kalendaridagi oy nomlari keng tarqalgan, hatto arablar ham «dala ishlariga tegishli vaqtlarni» shu oylar bilan belgilar ekan. ―Osor al-boqiya‖da ham har xil davrda hukm surgan turli podshoxliklar va sulolalarning juda ko‗p jadvallari kiritilgan: makedoniyalik batlimuslar (ptolomeylar, rum, xristian, qadimgi eron, sosoniylar sulolasi podshoxlari, arab xalifalari (ummaviylar va abbosiylar kabi. Mazkur jadvallar shunday aniq manbalardan olinganki, podshoxlarning hukmronlik qilgan davrlari deyarli to‗g‘ri ko‗rsatilib, ular boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish natijasida to‗la isbot etilgan. Beruniy o‗z asarida turli xalqlardagi yil hisoblari, ularning urf-odatlari ustida to‗xtar ekan, O‗rta Osiyo xalqlari madaniyatini vuqori qo‗yadi. ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asaridan turkiy xalqlar o‗n ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning nomlari haqida ham ma‘lumot olish mumkin. Beruniy Misr kalendariga ham to‗xtalib o‗tib, kalendardagi eski va yangi oy nomlarini o‗z asarida ta‘kidlab o‗tadi. Misrliklar qo‗shimcha besh kunni ―abag‗amno‖ (kichik oy, kabisali yilni esa ―anqnaqt‖ (alomat deb ataganlar. Qo‗shimcha kun so‗ngi ―musriy‖ oyining oxiriga qo‗shilgan. Beruniy ―Shom mamlakati‖ (Suriya kalendaridagi o‗n ikki oy nomlari va to‗rt yilda bir marta beshinchi (shubat oyga bir kun qo‗shib hisoblashlari haqida yozadi. Bu manbaga ko‗ra ―Shom mamlakati‖ kalendaridagi oy nomlari keng tarqalgan, hatto arablar ham ―dala ishlariga tegishli vaqtlarni‖ shu oylar bilan belgilar ekan. ―Osor al-boqiya‖ni 1957 yilda arabshunos olim M.A.Sal‘e birinchi marta rus tiliga tarjima qiladi. Abu Rayhon Beruniy ―Qonuni Mas‘udiy‖ asarida qadimgi arab kalendaridagi o‗n ikkita oy nomini keltiradi, lekin ularning faqat ikkitasining lug‗aviy ma‘nosini berib o‗tadi. ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖da zamonaviy arab kalendaridagi o‗n ikkita oy va yetti hafta kunining nomi va o‗z ta‘riflari ham keltiriladi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qo‗shimcha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling