Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
8 oy qo‗shishni o‗rganganlar va bu oyni ―ayyom an-nasi‖ deb ataganlar. Abu Rayhon Beruniy o‗z asarida milodiy yil hisobiga ham to‗xtalib o‗tadi. U mazkur kalendarni ―rumiy kalendari‖ deb ataydi va kalendarga birinchi marta kabisa yilini Yuliy Sezar kiritgan, deb yozadi. Olim milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan qiyoslaydi. ―Qonuni Mas‘udiy‖ asarining ikkinchi kitobi xronologiya masalalariga bag‗ishlangan bo‗lib, unda ‖Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asarida ko‗rilgan masalalar to‗ldirilib, davom ettiriladi. Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab xalifalari hukmronlik qilgan yillarining xronologik jadvallari keltirilib, ularning nomlari yunoncha transkripsiyada berilgan. Shuningdek, mazkur asarda insoniyat tomonidan qo‗llanilgan eralar, jumladan, Yazdigard, Iskandar, Filipp, ―Buxtunassar‖ (Nabonassar erasini aniqlash masalalari xususida ham so‗z boradi. Abu Rayhon Beruniyning ―Hindiston‖ asarida bu o‗lkada yashovchi xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bog‗liq astronomiyasi ko‗rsatib o‗tilgan. Shuningdek, olim burjlar, oy fazalarining o‗zgarishi, hind eralari, Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter davriyligi nomlarini keltirib o‗tgan. Arab sayohi va geografi Yoqut al-Hamaviy (XIII asr) Beruniy haqida : ―Zamona ilm va aqlda unga teng keladigan boshqa odamni ko‘rmadi‖- deb yozgan bo‘lsa, nemis olimi E. Zaxau esa ― U arab adabiyoti okeanida yagona qoyadir ‖ deb bejiz yuqori baho bermagan edi. Darhaqiqat qomusshunos olim ―Hindiston‖ asarini yozib insoniyatning buyuk mutafakkirlaridan biriga aylandi. 3 Shu o‘rinda Abu Rayhon Beruniyning byuk xizmatlari bashariyat tomonidan e‘tirof etilsada, Xronologiya fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, kalendarlar tarixi bo‘yicha yozib qoldirgan ma‘lumotlari dunyo tarixchi olimlarining Xronologiya faniga oid o‘quv qo‘llanmalari, manbalarida qayd etilmagani kishini taajjubga soladi. Vaholanki Abu Rayhon Beruniy rus akademigi I. Yu. Krachkovskiy ta‘kidlaganidek musulmon olimlari ichida birinchi marta yahudiylar kalendari haqida sistemali ma‘lumot beradi. 4 Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida bu o'lkada yashovchi xalqlarning urf- odatlari, geografiyasi va u bilan bog'liq astronomiyasi ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, olim burjlar, oy fazalarining o'zgarishi, hind eralari, Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter davriyligi nomlarini keltirib o'tgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling