Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. I jild. - Т.: «Fan». 1968. 304-309-b
Mavzu. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlari. Reja: 1. Xitoy kalendari. 2. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendarlaridagi oltmish yillik sikl. Xitoy kalendari. Xitoy, Misr, Bobil va Hindistonda astronomiya fani salkam bir vaqtda paydo bo‘lgan. Insonlarning ehtiyojidan kelib chiqib, bu fan taraqqiy etgan. «Shuszin» (Tarix kitobi) nomli tarixiy kitobda ma'lumot berilishicha, Xitoy kohinlari Quyoshning qachon tutilishini oldindan ayta olgan. Bu ularning asosiy vazifalaridan biri edi. Eramizdan avvalgi 360-yilda xitoyliklar birinchi yulduz katalogini tuzib chiqadi. Qadimgi Xitoy fanining asosiy yutuqlaridan biri ularning tuzgan kalendaridir. Bir qancha Xitoy solnomalari, arxeologik ma'lumotlarga ko'ra Shan-In sulolasi davri (er.avv. XVIII-XII asrlar)da yilning uzunligi 365 kun qilib belgilansada, oylar 29-30 kundan iborat 12 oydan tashkil topgan. Vaqti-vaqti bilan qo'shimcha oylar joriy qilingan. Ular osmon jismlarini kuzatishi natijasida Oy oylarini 29,5, Quyosh yilini 365,25 sutka ekanligini hisoblaganlar. Xitoyda asosan Oy-quyosh kalendaridan foydalanilgan. Oy-quyosh kalendari asosida tuzilgan Xitoy yilida bir yil 29 va 30 kunlik 12 oy, ya'ni 354 kundan iborat bo'lgan. Quyosh yili Oy yilidan 10 kun 21 soat uzun bo'lgani uchun. o'n to'qqiz yilda yetti marta qo'shimcha o'n uchinchi oy qo'shilgan: 12 yil·12 oy + 7 yil·13 oy=235 yil. O'n to'qqiz yilning uchinchi, oltinchi, sakkizinchi, o'n birinchi, o'n to'rtinchi, o'n oltinchi, o'n to'qqizinchi yillarida qo'shimcha oylar bo'lgan. Shuningdek, qo'shimcha oylar Quyoshning qishki tik turishidan keyin kelgan. Kalendar oylari hiloldan boshlangan. Oylarning maxsus nomlari bo'lmagan. Ular tartib raqami bilan (birichi, ikkinchi, uchinchi) nomlangan. Bir oy 10 kunlik davr (hafta)ga bo'lingan va oyning birinchi, o'n birinchi, yigirma birinchi kunlari maxsus ierogliflar bilan belgilangan va dam olish kuni hisoblangan. «Chjuan-yuy li» nomli kalendar qadimgi kalendarlardan biri hisoblanadi. U mukammalligi jihatidan yarim asr keyin yaratilgan Yulian kalendari bilan bahslasha olardi. Xitoyda Sin sulolasi (er.avv. 246-201) davrida yigirma to'rt mavsumga bo'lingan qishloq xo'jaligi kalendari ishlab chiqilgan. Unda yillarni, mavsumlarni Oy harakatiga ko'ra bo'lishgan. Dehqonlar shu kalendardan urug' ekish, hosil yig'ish va boshqa qishloq xo'jaligi ishlarida foydalanishgan. Bunday kalendarlardan bugungi kunda ham dehqonlar foydalanishadi. Eramizdan avvalgi 104-yilda kalendar islohoti o'tkaziladi va «Tay-chu-li», keyinchalik, «Santun» nomini olgan kalendar qabul qilinadi. Kalendar mualliflari tropik yilining uzunligini, har bir qishloq xo'jaligi mavsumining boshlanish vaqtini va sinodik oyning uzunligini aniq hisoblab chiqishgan. Ular bir oyni 29,4381, ya'ni 29,530864 sutka hisoblaganlar. Bu zamonaviy hisobdan 24 sekund farq qilgan. Santun kalendaridan ikki asr davomida foydalaniladi. Kalendar nazariyasi ustida astronom va matematik Szu Chun-chji ishlagan. U Santun kalendaridagi kamchiliklarni bartaraf qiladi. Xitoyda original kalendarlardan biri oltmish yillik davriy kalendar hisoblanadi. Oltmish yillik davriy kalendar eramizdan avvalgi 3-2 ming yillikda qabul qilingan. Mazkur kalendar Xitoydan tashqari Yaponiya, Koreya, Mo'g'ulistonda keng tarqalgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling