Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
Kuz oylari.
Qish oylari. 1.Vandemer–uzum uzish. 2.Bryumer– tumanli. 3.Frimer– izg‘irinli. 1.Nivoz – qorli. 2.Plyuviz – yomg‘irli. 3.Ventoz – shamolli. Bahor oylari. Yoz oylari. 1.Jerminal – unib chiqish. 2.Floreal – gullash . 3.Prerial – ko‗klamzor. 1.Messidor – dala. 2.Termidor – issiq. 3.Fryuktidor – mevali. Bu oylar amaldagi kalendarning hamma tomondan qabul qilingan oylariga to‗g‘ri kelmadi, chunki ular taxminan bir dekadaga surilgan edi. Kalendar ko‗proq qishloq xo‗jalik ishlariga asoslangan, dehqonchilik harakterida edi. So‗ngi ―respublika kalendari‖ quyidagicha ko‗rinishda edi: yil 12 oy 30 kun bo‗yicha bo‗lindi. Yil oxirida 12-oyga oddiy yilda 5 qo‗shimcha kun va kabisa yiliga 6 qo‗shimcha kun qo‗shildi. Yana bir qancha yangiliklar kiritildi. Konvent dekretiga muvofiq Parij vaqti bo‗yicha yarim tunda to‘g‘ri keluvchi kuzgi teng kunlik yil boshi hisoblandi. Shunday qilib, yilning boshlanishiga har doim aniq astronomik hisob asos qilib olindi. Yilning uzunligi 365 yoki 366 kundan iborat bo‗ldi. Bunday hisob shunga olib keldiki, qo‗shimcha kun to‗rt yilda bir marta, yoki besh yilda bir marta kiritildi. Bunday qo‗shimcha kiritish tizimini 1074 yildayoq astronom Umar Xayyom taklif etgan edi. Respublika kalendari Fransiyada rasmiy ravishda inqilob dekreti bilan 14 yilga yaqin, 25 oktabr 1793 yildan – 1 yanvar 1806 yilgacha, Napoleon bekor qilgunga qadar amal qildi. 1871 yil Ikkinchi imperiya qulashi bilan ―Xalq mudofaasi hukumati‖ ―respublika kalendari‖ni joriy etdi. Ma‘lumki Parij Kommunasi 72 kun – 1871 yilning 18 martidan 28 mayigacha yashab, u qulashi bilan Fransiyada yana Grigoriy kalendari joriy etildi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling