Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
1436 hijriy qamariy,
1392 hijriy shamsiy yilga to‘g‘ri keladi. Mavzu: Umar Xayyom kalendari. Umar Xayyom o‗rta asrlardagi Sharqning buyuk olimlaridan biri. U nafaqat shoir, balki ruboiylar muallifi, matematik, astronom va filosofdir. U 1048 yil Nishopur (Xuroson) da tug‘ilib, shu shaharda 1131 yil vafot etgan. Ajoyib talantli Umar Xayyom Saljuqiylar sultoni Malikshox saroyiga taklif qilinadi. Saljuqiy turklar XI asrning 30 yillariga Xurosonga ko‗chib, tez orada kuchli mavkega ega bo‗ldilar hamda 1038 yili Nishopurni egallab, Saljuqiylar davlatiga asos soldilar. 1157 yilga qadar Xurosonda hukmronlik qildilar. Umar Xayyom u yerda astronomiya va matematika bilan shug‘ullanadi, shuningdek she‘rlar yozadi. 1076 yil Umar Xayyom va uning yordamchilari uchun Malikshox tomonidan poytaxt Isfaxonda astronomik rasadxona – o‗sha davrning yirik inshootlaridan biri qurildi. Bu rasadxona 1092 yil Sulton vafotiga qadar faoliyat yuritdi. Umar Xayyom rahbarligida ―Malikshoxning astronomik jadvali‖ (―Ziji Malik Shox‖) tuziladi. Shulardan jadvalda yuzta yorqin yulduz qayd etilgan. Qadimgi Eronda bir vaqtning o‗zida bir necha kalendar turlari Quyosh va oy kalendarlari qo‘llanilgan. Bu haqda Abu Rayxon Beruniy ―Qadimgi Xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ kitobida yozib qoldirgan: ―Eronliklar ishlatadigan oylarni bayon etishdan boshlab mana shunday deyman: Har bir yil oylarining soni o‗n ikkita, poq tangri ham o‗z kitobida: ―Xudo osmon va yerni yaratgan kundan beri oylar soni o‗n ikkita. Xudoning kitobida shu‖, - degan. (―Tavba‖ surasi, 36 38 - oyat.) Bu haqda bir millat boshqasiga kabisali yillardan boshqada ixtilof qilmagan. Eronliklar ishlatadigan oylar ham o‗n ikkita... Eron oylarining har biri o‗ttiz kun bo‗lib, har bir kunning 43 eron tilida alohida nomi bor... Eronliklarning aytishlaricha, Zardusht yillarga chorak kunlardan yig‘ilgan oylarni qo‘shgach, zamon yana o‗zining ilgarigi holiga qaytgan. Zardusht eronliklarga o‗zidan keyin ham shunday qilishga buyurgan, ular Zardusht buyrug‘iga bo‗yso‗nganlar‖. 42 Keyinchalik asosan hijriy-shamsiy yil kalendari keng amal qilgan. Bir yil 12 oy 30 kun bo‗yicha bo‗lingan. Yilning 12 oyi cho‗zilib, unga qo‗shimcha besh kun qo‗shilgan. Yangi yil kuni, har doim bahorgi tengkunlikka to‗g‘ri kelishi kerak edi. Kalendarlar orasidagi farq va tabiat xodisalari katta qiyinchiliklarni, noaniqliklarni keltirib chiqardi. 42 Abu Rayhon Beruniy.Tanlangan asarlar.1 t.T., 1968.252-278-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling