Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li
Fitr sadaqasi va uning oxirgi vaqti
Fitr sadaqasi: 2 – hijriy sanada joriy bo‘lgan. Boshqa sadaqalar moldan qilinsa, bu sadaqa kishi boshidan qilinadi.
Hanafiy mazhabida sadaqai fitr vojib hisoblanadi. U sadaqa Ramazondan fitr (og‘iz ochiqligiga) chiqish munosabata ila berilgani uchun fitr sadaqasi nomini olgan. Alloh taolo "A’lo surasining 9 – 10 oyatlarida shunday marhamat qilgan":
"Batahqiq, kim zakot ila poklansa va Robbisi ismini zikr qilsa, najotga erishur".
Kasir ibn Abdullohdan, u otasidan, otasi bobosidan rivoyat qilidi. "Rasululloh (s.a.v) dan ushbu oyat haqida so‘ralgan edi: "Fitr sadaqasi haqida nozil bo‘lgan" dedilar. Ibn Abbos (r.a) dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v) fitr zakotini ro‘zador uchun behuda gap so‘z, xato va kamchiliklarni yuvadigan bo‘lsin va miskinlar bilan taomlanish bo‘lsin, deb farz qildilar. Kim uni namozdan oldin ado qilsa, u maqbul zakot bo‘lur, kim uni namozdan keyin ado qilsa, sadaqalardan bir sadaqa bo‘lur. Fitr sadaqasi: Fitr zakoti, sadaqa, zakot so‘zlari bir – birining o‘rniga ishlatilaveriladi.
Ro‘zador odam ro‘za tutar ekan, gohida bilib bilmay turli gaplar og‘zidan chiqib ketishi, ba’zi noqulay amallarni qilib qo‘yishi mumkin. Ana shu g‘ashliklarni yuvib yuborish uchun fitr sadaqasi joriy bo‘lgan. Yana bir hikmati u miskinlarga beriladi va ular taomlanib xursand bo‘lishadi.
Hanafiy mazhabi bo‘yicha hur, musulmon kishi o‘zining turar joyidan, kiyimidan, uy asboblaridan, ot – ulovlaridan, qurol – aslahasidan va qullaridan tashqari nisob miqdoriga yetadigan mulkka ega bo‘lsa, unga fitr sadaqasi vojib bo‘ladi. Imom Shofiiy esa o‘zi va ahli ayolining bir kunlik ovqatidan ziyoda mulkka yega kishiga fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi, deganlar. Lekin amalda jumhurning "moli nisobga yetmaganlar" ham beraverishi kerak, degan so‘zi joriy bo‘lgan. Fitr sadaqasini kishi o‘zi uchun beradi. Ibni Umar (r.a) shunday rivoyat qilganlar.
Rasululloh (s.a.v) “Erkakka va ayolga fitr sadaqasi berishni farz qildilar”.
Va yosh bolalari uchun beradi va qullari uchun ham fitr sadaqasi beradi. Sa’laba ibn al Adviy (r.a) qilgan rivoyatda Rasululloh (s.a.v) shunday deganlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |