Batial zona yotqiziqlar kontinental yotqiziqlar


Download 70.43 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi70.43 Kb.
#1144361
  1   2   3
Bog'liq
8.MUSTAQIL ISH



MUSTAQIL ISH

Mavzu: BATIAL ZONA YOTQIZIQLAR
REJA:

  1. YOTQIZIQLAR

  2. BATIAL ZONA YOTQIZIQLAR



Kontinental yotqiziqlar - togʻ yon bagʻirlarida, daryo, botqoklik va koʻllar tubida hamda dasht va choʻllarda hosil boʻlgan yotqizikdar. Kontinental yotqiziqlar har xil ikdim va tabiiy geografik sharoitlarda hosil boʻlgan. Shuning uchun Kontinental yotqiziqlar tarkibi, qatlamlanishi, rangi, hayvon, oʻsimlik qoldiqlari va ulardagi qazilma boyliklarining turli-tumanligi bilan delta yotqiziqlaridan farq qiladi. Kontinental yotqiziqlardagi organik qoldiqlar (flora va fauna) faqat quruklikka xos boʻlib, dengizga mansublari dengiz va quruqlik chegarasida uchraydi. Kontinental yotqiziqlar saralanmagan dagʻal, chaqiq togʻ jinslari, konglomerat, shagʻal tosh va boshqalardan tashqil topgan (qarang Allyuviy, prolyuviy). Organogen va xemogen choʻkindilar aksariyat botkrkdik va koʻllarda toʻplanadi. Dasht va choʻllarda, daryo terrasalarida eol yotqiziklar va vaqtincha suv oqimidan qum, alevrit va loyqa bilan birga temir konkretsiyalari, kaolin, torf, koʻmir paydo boʻladi. Issiq va sernam gumid iqlim sharoitida tub jinslarning kimyoviy nurashidan alyuminiyga boy laterit, boksit, kaolin (delyuviy, elyuviy), koʻmir qatlamlari vujudga keladi. Issiq, yogʻingarchilik kam boʻladigan iqlimda koʻproq qizil rangli choʻkindi jinslar toʻplanadi. Oʻrta Osiyo hududida yura davrining kulrang, boʻr va neogen davrining qizil rangli Kontinental yotqiziqlar koʻp, ularning qalinligi togʻ oldi tekisliklarida bir necha ming km ga yetadi. Kontinental yotqiziqlarda temir rudasi, koʻmir, torf, kaolin, oʻtga chidamli giltoshlar, har xil tuz va gips konlari hamda oltin, qalay, magnetit, platina, olmos va boshqa nodir metallarning sochma konlari uchraydi. Oʻzbekistonning gʻarbi va Tojikistondagi boʻr davri hamda Fargʻona vodiysidagi neogen davri Kontinental yotqiziqlarda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan gaz va neft konlari bor.[1]

Download 70.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling