uchun buyurilsin.
Rp.: Barbitali natrii 0,3
D.t.d.N. 10
S. 1 sochmadan uxlashdan 30 daqiqa oldin ichish uchun
Taqsimlangan sochmaning ogʼirligi 0,1 grammdan 1,0 grammgacha (oʼrtacha
0,3-0,6 g) boʼladi. Аgar dori moddasining dozasi 0,1 grammdan kam boʼlsa, u
holda uning oʼrtacha ogʼirligiga yetguncha miqdorda constituens qoʼshiladi.
Sochmalar uchun konstituens sifatida shakar – saccharum hamda choy
sodasi natrii bicarbonas yoki natrii hydrocarbonas ishlatiladi.
Misol: td=0,025 g boʼlgan kodein fosfatning 12 ta sochmasiga choy sodasi
qoʼshilgan holda retsept yozilsin. 1 ta sochmadan kuniga 3 mahal ichish
uchun tavsiya qilinsin.
Rp.: Codeini phosphatis 0,025
Natrii bicarbonatis 0,3
M.f. pulvis.
D.t.d.N. 12
S. 1 ta sochmadan kuniga 3 mahal ichish uchun
Uchuvchanlik xususiyatiga ega boʼlgan yoki gigroskopik moddalar
sochma holidagi suv oʼtkazmaydigan mumlangan (Charta cerata)
yohud parafinlangan (Charta parafinata) qogʼozlarda beriladi va bu
haqda retseptda koʼrsatiladi.
Misol: td=0,15 g boʼlgan kamforaning mumlangan qogʼozdagi 10 ta
sochma- siga retsept yozib berilsin. 1 sochmadan kuniga 3 mahal
ichish uchun tavsiya qilinsin.
Rp.: Camphorae tritae 0,15
D.t.d.N. 10 in charta cerata
S. 1 sochmadan kuniga 3 mahal ichilsin
Draje – Dragee – ichish uchun moʼljallangan dozalarga boʼlingan
qattiq dori shakli boʼlib, dori modda va yordamchi moddalarni qand
donalariga qayta-qaytalab qavat-qavat qilib oʼrash (drajelash) yoʼli
Do'stlaringiz bilan baham: |