Baxramov javohir 20. 119-guruh talabasi
Download 53.54 Kb. Pdf ko'rish
|
ICHKI AUDIT TUSHUNCHASI VA UNI MAQSAD VAZIFALARI
BAXRAMOV JAVOHIR 20.119-GURUH TALABASI ICHKI AUDIT TUSHUNCHASI VA UNI MAQSAD VAZIFALARI Reja: 1. Auditning umumiy rejasini tuzish. 2. Audit dasturini tuzish. 3. Uyg‟unlik, uzluksizlik va maqbullik tamoyillari. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to„g„risida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128- son qarori ijrosini ta‟minlash, shuningdek, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatini yanada rivojlantirish hamda ularning faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati to„g„risidagi namunaviy nizom (keyingi o„rinlarda — Nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin: vazirlik va idoralarda ichki audit xizmatlarini tashkil etish asoslari va tartibi; ichki audit xizmatining vazifalari va funksiyalari; ichki audit xizmati xodimlariga qo„yiladigan malaka talablari va ichki audit tadbirlarida ishtirok etishga cheklovlar; ichki audit xizmatlari tomonidan budjet to„g„risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini o„rganish; ichki audit xizmatining huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, ichki audit xizmati faoliyati bo„yicha hisobotlarni tayyorlash; aniqlangan budjet to„g„risidagi qonunchilik talablarining buzilish holatlari hisobini yuritish hamda ular yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarini xabardor qilib borish. 2. O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o„zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag„allikni qisqartirish masalalari bo„yicha o„rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo„chkorov zimmasiga yuklansin. 1Auditorlik shartnomasi tuzilgandan so‟ng tekshiruvning umumiy rejasi tayyorlanishi va u auditorlik guruhi rahbari tomonidan tuzilishi hamda tasdiqlanishi lozim. Auditning umumiy rejasida tekshiriladigan xo‟jalik yurituvchi sub‟ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‟rganish hamda ular ma‟lumotlarining ishonchliligini baholash, auditorlik tanlash hajmini belgilash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o‟tkazish jarayonining (dasturni bajarish)amallarini belgilash, bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy audit ish hujjatlarini tayyorlash, tekshiruv natijalarini xo‟jalik yurituvchi sub‟ekt va yuqori organlarga taqdim etish kabi vazifalarni o‟z ichiga olgan holda audit o‟tkazishning barcha umumiy bosqichlari aks ettiriladi. Auditor tekshiruvni auditorlik shartnomasida belgilangan muddatda yakunlashni ta‟minlashi uchun unga sarflanadigan vaqtni rejalashtirishga ta‟sir etuvchi omillarni to‟liq va aniq hisobga olishi talab etiladi 2. Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to‟liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir. Dastur audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda qo‟llash uchun zarur bo‟lgan auditorlik amallari mazmunining batafsil ro‟yxatini o‟z ichiga oladi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo‟riqnoma bo‟lib, bir vaqtning o‟zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Audit dasturi shunday tuzilishi kerakki, undan foydalanuvchi hech qanday xatoliklarga yo‟l qo‟ymasdan korxona faoliyatini belgilangan muddatda, to‟liq va sifatli o‟tkazish imkoniyatini ta‟minlasin. Auditor audit dasturini hujjat shaklida rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik amallarini o‟zining ish hujjatlarida aniq bayon etish maqsadida ularni ketma-ketlik asosida raqam bilan tartiblashi lozim. Amaldagi 3-son AFMSning 33-bandida dastur o‟zaro bog‟liq bo‟lgan hujjatlar shaklida ya‟ni, “auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko‟rinishida va mohiyatiga ko‟ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko‟rinishida tuzish kerak”6 ligi belgilab qo‟yilgan. Bunda, nazorat vositalari testlari dasturi korxona buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash bo‟yicha test yoki savolnomalar majmui shaklida tuziladi. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi ishonchliligini baholash natijalariga asosan, auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirishda bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddati va qiymati belgilanadi, bunda nazorat vositalari testlarini o‟tkazish orqali xo‟jalik yurituvchi sub‟ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklari aniqlanadi. 3. Uyg‟unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo‟lgan barcha bosqichlarning o‟zaro bog‟liqligi va muvofiqligini ta‟minlashni nazarda tutadi. Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo‟linmalar bo‟yicha bog‟liqligida ifodalanadi. Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chog‟ida auditorlik tashkiloti o‟zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo‟lishi zarur. Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo‟jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o‟zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin. Standartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so‟ng audit dasturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro‟yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo‟riqnoma bo‟lib, unda tekshirilishi lozim bo‟lgan buxgalterlik hisobining barcha bo‟limlarini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo‟yicha ularning barcha hatti-harakatlari aks ettirilgan bo‟lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta‟sirchan nazorat dastagi bo‟lib xizmat qiladi, dasturning har bir bo‟limi bo‟yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo‟lib xizmat qilishi lozim. №3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Au-ditorlik tanlash», №9-«Jiddiylik va auditorlik riski», №6-«Auditni hujjatlashtirish» va auditorlik tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o‟zaro chambarchas bog‟liq. SHunday qilib, boshqa standartlardagi talablarni o‟rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin emas. Auditor o‟z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-xo‟jalik muomalalarining Auditorlar tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va sifatini tasdiqlaydigan, asosiy hujjatlardan bo‟lib hisoblangan, ish hujjatlarini tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to‟g‟risidagi zarur ma‟lumotlar; bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo‟lishi lozim. Хususan quyidagilar ko‟rsatiladi: tekshiruv o‟tkazish uslubi (yoppasiga yoki tanlab), yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro‟yxati; amaldagi qonunchilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bar-taraf qilish usullari to‟g‟risida auditorning fikrlari; mijozining moliya-xo‟jalik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tavsiyalar. shuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo‟jalik nazorat tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko‟rsatgan holda); o‟tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur. Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to‟plangan ma‟lumotlar ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor haqiqatan ham aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun yetarli guvohliklar to‟planganligini ham baholashi zarur. Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma‟lumotlardan farq qilmasligi o‟ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma‟no bildirmaydigan bo‟lishi lozim. Ish hujjatlarida aks ettirilgan yozuvlarga asosan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuziladi. Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish jarayonida auditor korxonadan olinadigan ma‟lumotlarni tekshirmaydi, lekin uning reja tuzishga oid ishlari hujjatlashtirilishi lozim. shuning uchun rejalashtirishning birinchi bosqichida auditor tekshiradigan korxona bo‟yicha quyidagi ma‟lumotlarni tayyorlashi lozim: korxona faoliyatining bayoni; buxgalteriya hisobining shakli va tashkiliy tuzilishining bayoni, boshqaruv tizimining bayoni, tekshirilayotgan korxona moliyaviy hisobining qisqacha tahlili. Bunda auditor korxona to‟g‟risidagi birlamchi ma‟lumotlarni to‟playdi. Ayni paytda korxona faoliyatini belgilaydigan muhim ma‟lumotlar va hujjatlar nusxalaridan iborat doimiy hujjatlar to‟plamini shakllantiradi. Ushbu to‟plam hozircha mazkur korxona auditorlik tashkilotining mijozi bo‟lib qolar ekan, kelgusidagi barcha tekshiruvlarda undan foydalanilaveradi. Har bir auditorlik tekshiruvi uchun korxonaning ish faoliyatini yoki hisob tizimini, agar ular sezilarli darajada o‟zgarmagan bo‟lsa, qaytadan o‟rganib chi-qishga extiyoj qolmaydi. shuning uchun auditor har doim keyinchalik audit o‟tkazganida ham ushbu doimiy to‟plamdan foydalanib, zarurat bo‟lganda uni yangilab boradi. Fikrimizning dalili sifatida buxgalterlik hisobi-ning holati va moliyaviy hisobotlarning ko‟rsatkichlari, soliqqa tortiladigan baza va e‟lon qilinadigan foyda ko‟rsatkichlarining ishonchliligini auditorlik tekshiruvdan o‟tkazishning namunaviy ish dasturini keltiramiz. U juda sodda bo‟lib, faqat ekspertiza qilinadigan predmetlar va auditorlik tekshiruvdan o‟tkaziladigan ob‟ektlar ro‟yxatini o‟z ichiga oladi. Zarur bo‟lganda aniq bajaruvchilar, muddatlari, ekspertiza va nazarot uslublarini ko‟rsatgan holda dasturni oydinlashtirish va kengaytirish mumkin. BILIMLARNI CHUQURLASHТIRISH UCHUN SAVOLLAR: Auditorlik tekshiruvni rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o‟rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o‟rganishdan ikkita maqsadni ko‟zlaydi: a) audit o‟tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iqtisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko‟rsatish. Buning uchun korxona faoliyatiga ta‟sir qiladigan ichki hamda tashqi omillar haqida ma‟lumotlarni to‟plash zarur. Auditor birinchi navbatda e‟tibor berish lozim bo‟lgan, korxona iqtisodiga ta‟sir qiladigan ichki omillarga quyidagilar kiradi: mulkchilik shakli va boshqaruv tuzulmasi, korxonaning qanday maqsadda tashkil etilganligi, korxona faoliyatida amalga oshiriladigan asosiy muomalalar, moliyasi, xodimlari, hisob yuritish siyosati, korxonaning uchinchi shaxslar bilan o‟zaro munosabatlari. Тashqi omillarga mijoz faoliyat qiladigan tarmoq, mamlakatdagi iqtisodiy holat kiritiladi. Korxonalarga nisbatan qo‟llaniladigan qonunlar nafaqat mulkchilik shakllariga, balki qarorlar qabul qilish jarayonlarining tashkil etilishi va u yoki bu hujjatlarni imzolash uchun javobgar shaxslarning tarkibiga ham bog‟liq. Boshqaruv jarayonini bilish nafaqat auditorga zarur bo‟lgan materiallarni to‟plash uchun, balki uning hisobotidan asosiy foydalanuvchilarni aniqlab, uning ishlaridagi xatarli vaziyatlarni to‟g‟ri baholashda ham unga yordam beradi. Auditor mulkchilik shakli va tuzilishini o‟rganishi uchun quyidagi ma‟lumotlarni to‟plash zarur: yirik mulk egalarining ro‟yxati; boshqaruv qarorlarini, shu jumladan buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritish sohasidagi qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‟lib xizmat qiladigan ma‟lumotlar manbalari; rahbariyatning ish haqini belgilaydigan omillar; korxonani, uning buxgalterlik tizimini, o‟tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari va uning natijalari bo‟yicha rahbariyatning rejalari va kutilayotgan natijalari. Тekshiriladigan korxonaning maqsadlarini tahlil qilish, uning muomalalarini yaxshi tushunishga imkon berib, tekshiriladigan hisobot haqida to‟g‟ri fikr shaklllantirilishi uchun zarurdir. CHunonchi, agar auditor ishini rejalashtirish chog‟ida mulk egalarining korxonani tugatmoqchi ekanliklari aniqlansa, bunda u korxona hisobotiga nisbatan faoliyat qilayotgan korxona prinsipini qo‟llamasligi haqida auditorlik hisobotiga ta‟kidlash kiritishga tayyorlanishi zarur. Korxonaning maqsadlarini aniqlash uchun quyidagilarni bilish zarur: mahsulotlar va xizmatlarning asosiy turlari; boshqa korxonalar, guruhlar bilan birlashishga oid yoki korxonaning sotib olish, sotish bo‟yicha rejalari; ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik sohasidagi yirik korxonalar; rejalashtirilgan kapital qo‟yilmalar; yangi bozorlarga chiqish rejalari; axborot texnologiyasidagi o‟zgarishlar, soliqlarni rejalashtirish strategiyasi. Mijozning muomalalari haqidagi ma‟lumotlar auditorga o‟zining xatarli holatlarini to‟g‟ri baholash, samarali tekshirish dasturi tuzish va uni o‟tkazishga ketadigan vaqtni tejashda yordam beradi. Download 53.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling