Baxriddinova n. M. Zaripova m. D
TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH ASOSLARI
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH ASOSLARI
Aslida "resurs" so’zi fransuz tilidal olingan bo’lib, "yashash vositasi" degan ma’noni anglatadi. Resurs deganda, tabiiy jismlar va foydalanadigan energiya turlari tushuniladi. Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarar bo’lgan shunday vositalaridirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta’sir yetadi. Tabiiy resurslar 2 turga bo’linadi: 1. Tugaydigan tabiiy resurslar. 2. Tutamaydigan tabiiy resurslar. Tugaydigai tabiiy resurslar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi: 1. Tiklanadigan resurslar. 2. Tiklanmaydigan resurslar. Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo’linishi) quyidagi rasmda ko’rsatilgan. 164 Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga er osti boyliklari va foydali qazilmalar, ya’ni ma’danli va ma’dansiz qazilmalar kiradi. Ular foydalanayotgan darajadan million-million marta sekin tiklanadigan tabiiy resurslar hisoblanadilar. Bunday resurslarni tiklab bo’lmas ekan, mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni tejab-tergab ishlatish va ularni qazib olinayotganda erlarga zarar etkazilishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Tiklanadigan tabiiy resurslarga tirik mavjudotlar, o’simlik va xayvovlar, daraxtlar, shuningdek, tuproq kiradi. Tuproq yo’q bo’lib ketmaydi, balki asosiy xossasini – umumdorligini yo’qotishi mumkin. Bunday resurslardan foydadaiayotganda shuni esda tutish kerakki, muayyan tabiiy sharoitning buzilishi ularning qayta tiklanishiga xalaqit berishi mumkin. Masalan, hozirga vaqgda butunlay qirib yuborilgan ko’pgina o’simlik va hayvonot turlari, shuningdeq, eroziya natijasida butunlay tarkibi buzilgan tuproqlar qaytadan tiklanmaydi. Bundan tashqari, shuni ham yodda tutish kerakki, tiklanadigan tabiiy resurslarning paydo bo’lish jarayoni ma’lum tezlikka ega bo’lishi kerak. Masalan, otib tashlangan hayvonlarning qaytadan paydo bo’lishi uchun bir yoki bir necha yil kerak. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling