Baxriddinova n. M. Zaripova m. D


MUQOBIL ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/120
Sana06.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1673372
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
MUQOBIL ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 
O`zbekiston ekologik harakati hammuassisligida Muqobil yoqilg’i, energiya va chiqindisiz 
texnologiyalar korxonalari assotsiatsiyasi faoliyati yo`lga qo`yildiki, bu yurtimizda mazkur 
sohadagi ishlar tobora rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda ushbu assotsiatsiya o`z 
tarkibiga 40 dan ziyod korxona va tashkilotlarni birlashtirgan bo`lib, shulardan “Gazomir Pro”, 
“Smart Gaz”, “Ecologic Bio Util System”, “Smart Gaz Standart”, “Smart Gaz Betont” singari 
korxonalarda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, diqqatga sazovor. Sababi, ushbu korxonalarda 
biogaz tashkil qiluvchi majmualarni qurish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo`llashga 
mo`ljallangan quyosh nuridan energiya yig’uvchi zamonaviy uskuna va texnologiyalar ishlab 
chiqarishni yo`lga qo`yishda muayyan samaradorlikka erishilmoqda. Assotsiatsiya tomonidan 
xalqaro tajribalarni ommalashtirish maqsadida Pol’sha, Bel’giya, Xitoy, Janubiy Koreyaning 
tegishli tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik o`rnatilgani esa bunday ishlarni yangi 
bosqichga ko`tarmoqda. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga 
xizmat qiluvchi ko`plab loyihalar ustida ham izlanishlar olib borilmoqda. Samarqand davlat 
universitetidagi qiymati 150 million so`mlik shamoldan energiya olish loyihasi, Nizomiy 
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 30 ming AQSH dollarilik mablag’ evaziga 
maxsus o`quv majmuasini tashkil etish rejasi, Toshkent davlat texnika universiteti 
mutaxassislarining quyosh energiyasiga asoslangan ishlanmasi ana shular jumlasidandir. 
Darhaqiqat, ishlab chiqarishga ilg’or va istiqbolli loyihalarni tatbiq qilish — samaradorlik 
garovi. Yurtimizning geografik joylashuvi, qulay iqlim sharoiti bunday texnologiyalarni 
qo`llash va ular orqali energiyaning muqobil manbalarini ishlab chiqarishda ayni muddaodir. 
Zero, mutaxassislar muqobil energiya ishlab chiqarish texnologiyalariga “Ekologik toza va 
tejamkor”, degan bahoni bejiz berishmayapti. Muqobil yoqilg’i, energiya va chiqindisiz 
texnologiyalar korxonalari assotsiatsiyasining tashkil etilishi esa yurtimizda bu boradagi 
ishlarni yanada rivojlantirish borasida qo`yilgan muhim qadamdir. 
Xitoy Davlat energetika qo`mitasining ma’lum qilishicha, bu yil ko`mir hissasi 64,2 
foizgacha qisqartirildi. O`tgan yili bu ko`rsatkich 65,7 foizga teng bo`lgan Mamlakat 
gidroenergetikasida elektroenergiya ulushi 300 gigavatt, shamol energiyasi stantsiyalari ulushi 
90 gigavatt, quyosh energiyasi hissasi esa 30 gigavatt ni tashkil etdi. 
Xitoy hukumati tomonidan qabul qilingan ekologik toza energiya manbaalaridan foydalanish 
loyihalarini rivojlantirish dasturiga muvofiq, 2020 yilgacha ushbu energiya manbaalari ulushi 
energiya balansida 15 foizga etadi 
SHu tariqa bir qator hududlarda ko`mir bilan ishlaydigan issiqlik energiya stantsiyalaridan 
atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni kamaytirish orqali mamlakatda ekologik holat 
yaxshilanadi. 
ATMOSFERANI MUHOFAZA QILISH 
Atmosfera havosi 2 usul bilan ifloslanishi mumkin: 
1. Tabiiy (biologik) usulda. 
2. Sun’iy (antropogen) usulda. 
Tabiiy muhitda vujudga keladigan vulqovlar, shamol va yog’ingarchiliklar, tabiiy 
ofatlar (suv toshqini, zilzila) tufayli atmosfera havosi ifloslanadi. Bundan tashqari, atmosfera 
havosi tarkibigiga o’simliklar va hayvonot qoldiqlari, zaharli gazlar (SO
2
, NO
2
, SO
2
), 
uglevodorodlar (metan, etan, ammiak va boshqa gazlar va suyuqliklar), koinotdagi gazlar va 
chang zarrachalari tabiiy holda kelib qo’shiladi. Atmosfera havosining bunday ifloslanishiga 
tabiiy (biologik) ifloslanishi deyiladi. 
Quyidagi jadvalda aholi maskanlarida atmosfera havosi tarkibidagi ifloslantiruvchi 
moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalari va ularning xavflilik darajalari 
keltirilgan. 


166 
3-jadval. 
№ 
Moddalar 
RECHK b.max mg/ 
m
3
RECHK b.sut mg/ 
m
3
Xavflilik 
darajasi 

Benz(a)piren S
2
ON
12 
0,0000002 
0,0000001 


Xrom birikmalari 
0,0015 
0,0015 


Nikel birikmalari 
0,002 
0,001 


Qo’rg’oshin 
birikmalari 
0,002 
0,001 


Simob birikmalari 
0,0005 
0,0003 


Mis birikmalari 
0,003 
0,001 


Xlor birikmalari 
0,1 
0,03 


Fenol birikmalari 
0,01 
0,003 


Mazut qurumlari 
0,006 
0,002 

10 
Sul`fat kislotasi 
0,3 
0,1 

1

Azot oksidi 
0,085 
0,04 

12 
Oltingugurt oksidi 
0,5 
0,5 

13 
Geksan 
0,4 
0,085 

14 
Uksus 
0,2 
0,06 

15 
Oddiy qurum 
0,15 
0,05 

16 
Ammiak 
0,2 
0,04 

17 
Ammofos 
0,4 
0,2 


Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling