Baxriddinova n. M. Zaripova m. D
MUQOBIL ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
MUQOBIL ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
O`zbekiston ekologik harakati hammuassisligida Muqobil yoqilg’i, energiya va chiqindisiz texnologiyalar korxonalari assotsiatsiyasi faoliyati yo`lga qo`yildiki, bu yurtimizda mazkur sohadagi ishlar tobora rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda ushbu assotsiatsiya o`z tarkibiga 40 dan ziyod korxona va tashkilotlarni birlashtirgan bo`lib, shulardan “Gazomir Pro”, “Smart Gaz”, “Ecologic Bio Util System”, “Smart Gaz Standart”, “Smart Gaz Betont” singari korxonalarda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, diqqatga sazovor. Sababi, ushbu korxonalarda biogaz tashkil qiluvchi majmualarni qurish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo`llashga mo`ljallangan quyosh nuridan energiya yig’uvchi zamonaviy uskuna va texnologiyalar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishda muayyan samaradorlikka erishilmoqda. Assotsiatsiya tomonidan xalqaro tajribalarni ommalashtirish maqsadida Pol’sha, Bel’giya, Xitoy, Janubiy Koreyaning tegishli tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik o`rnatilgani esa bunday ishlarni yangi bosqichga ko`tarmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi ko`plab loyihalar ustida ham izlanishlar olib borilmoqda. Samarqand davlat universitetidagi qiymati 150 million so`mlik shamoldan energiya olish loyihasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 30 ming AQSH dollarilik mablag’ evaziga maxsus o`quv majmuasini tashkil etish rejasi, Toshkent davlat texnika universiteti mutaxassislarining quyosh energiyasiga asoslangan ishlanmasi ana shular jumlasidandir. Darhaqiqat, ishlab chiqarishga ilg’or va istiqbolli loyihalarni tatbiq qilish — samaradorlik garovi. Yurtimizning geografik joylashuvi, qulay iqlim sharoiti bunday texnologiyalarni qo`llash va ular orqali energiyaning muqobil manbalarini ishlab chiqarishda ayni muddaodir. Zero, mutaxassislar muqobil energiya ishlab chiqarish texnologiyalariga “Ekologik toza va tejamkor”, degan bahoni bejiz berishmayapti. Muqobil yoqilg’i, energiya va chiqindisiz texnologiyalar korxonalari assotsiatsiyasining tashkil etilishi esa yurtimizda bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish borasida qo`yilgan muhim qadamdir. Xitoy Davlat energetika qo`mitasining ma’lum qilishicha, bu yil ko`mir hissasi 64,2 foizgacha qisqartirildi. O`tgan yili bu ko`rsatkich 65,7 foizga teng bo`lgan Mamlakat gidroenergetikasida elektroenergiya ulushi 300 gigavatt, shamol energiyasi stantsiyalari ulushi 90 gigavatt, quyosh energiyasi hissasi esa 30 gigavatt ni tashkil etdi. Xitoy hukumati tomonidan qabul qilingan ekologik toza energiya manbaalaridan foydalanish loyihalarini rivojlantirish dasturiga muvofiq, 2020 yilgacha ushbu energiya manbaalari ulushi energiya balansida 15 foizga etadi SHu tariqa bir qator hududlarda ko`mir bilan ishlaydigan issiqlik energiya stantsiyalaridan atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni kamaytirish orqali mamlakatda ekologik holat yaxshilanadi. ATMOSFERANI MUHOFAZA QILISH Atmosfera havosi 2 usul bilan ifloslanishi mumkin: 1. Tabiiy (biologik) usulda. 2. Sun’iy (antropogen) usulda. Tabiiy muhitda vujudga keladigan vulqovlar, shamol va yog’ingarchiliklar, tabiiy ofatlar (suv toshqini, zilzila) tufayli atmosfera havosi ifloslanadi. Bundan tashqari, atmosfera havosi tarkibigiga o’simliklar va hayvonot qoldiqlari, zaharli gazlar (SO 2 , NO 2 , SO 2 ), uglevodorodlar (metan, etan, ammiak va boshqa gazlar va suyuqliklar), koinotdagi gazlar va chang zarrachalari tabiiy holda kelib qo’shiladi. Atmosfera havosining bunday ifloslanishiga tabiiy (biologik) ifloslanishi deyiladi. Quyidagi jadvalda aholi maskanlarida atmosfera havosi tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalari va ularning xavflilik darajalari keltirilgan. 166 3-jadval. № Moddalar RECHK b.max mg/ m 3 RECHK b.sut mg/ m 3 Xavflilik darajasi 1 Benz(a)piren S 2 ON 12 0,0000002 0,0000001 1 2 Xrom birikmalari 0,0015 0,0015 1 3 Nikel birikmalari 0,002 0,001 1 4 Qo’rg’oshin birikmalari 0,002 0,001 1 5 Simob birikmalari 0,0005 0,0003 1 6 Mis birikmalari 0,003 0,001 2 7 Xlor birikmalari 0,1 0,03 2 8 Fenol birikmalari 0,01 0,003 2 9 Mazut qurumlari 0,006 0,002 2 10 Sul`fat kislotasi 0,3 0,1 2 1 1 Azot oksidi 0,085 0,04 2 12 Oltingugurt oksidi 0,5 0,5 3 13 Geksan 0,4 0,085 3 14 Uksus 0,2 0,06 3 15 Oddiy qurum 0,15 0,05 3 16 Ammiak 0,2 0,04 4 17 Ammofos 0,4 0,2 4 Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling