Baxrom Xolmurodovich Xaydarov Sirojiddin Abduvalievich Saitov
Academic Research in Educational Sciences
Download 62.96 Kb. Pdf ko'rish
|
raqamli-iqtisodiyot-tushunchasi-afzalliklari-amaliy-ahamiyati-va-xorijiy-tajriba
- Bu sahifa navigatsiya:
- May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-151-156 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 154 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal beradi [3,4,5]. Davlatimiz rahbarining ta‟kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo„yicha 2019-yilda 8 pog„onaga ko„tarilgan bo„lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko„p mablag„ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo„lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo„ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o„tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo„ladi[1]. Yangi O‟zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o„sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “elektron boshqaruv”, “telekommunikatsiya”, “internet”, “veb-sayt” kabi yuzlab iboralar hayotimizning ajralmas bo„lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Elektron hukumat va yagona interaktiv xizmatlar portali orqali 178 ta xizmat yo„lga qo„yildi hamda ushbu xizmatlar aholining vaqti va xarajatlarini tejamoqda [6]. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko„p mablag„ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Shu bois raqamli iqtisodiyotga faol o„tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo„ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni, ayniqsa, korrupsiyani keskin kamaytiradi. O„z o„rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko„rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o„tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o„tkazilmoqda. Raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati va jihatlari, bu birinchi navbatda, insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “qora iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma‟lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma‟lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to„liq axborot bermaslikning iloji yo„q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo„yadi. Ma‟lumotlar ko„pligi va tizimliligi yolg„on va qing„ir ishlarga yo„l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada “iflos pullarni” yuvish, mablag„larni o„g„irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling