Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal my.gov.uz
«Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi www.egovernment.uz
Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarningboshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi.
Elektron hukumat(EH) tizimi haqida umumiy tushuncha
Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi.
Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu — hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim.
Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
G2C (government-to-citizen) — davlatdan-fuqaroga
G2B (government-to-business) — davlatdan-biznesga
G2G (government-to-government) — davlatdan-davlatga
G2E (government-to-employee) — davlatdan-xodimga
G2F (government-to-foreign) — davlatdan-chet el fuqarolariga
Do'stlaringiz bilan baham: |