Baxshichilik milliy qadiryatimiz ko’zgusi


Download 18.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi18.5 Kb.
#256207
Bog'liq
Baxshichilik milliy qadiryatimiz ko


Baxshichilik milliy qadiryatimiz ko’zgusi

Xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini, qadiryatlarimizni o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik san’ati mashxur baxshi - shoirlarimiz - u, folklorshunos olimlarimizning ulkan mehnati va ijodiy tafakkuri bilan asrlar osha yashab kelmoqda.  Bugungi kunda mamlakatimizda ham o‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Baxshilar nafaqat xalq o‘tmishining aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning ham jarangdor ovozidir. Go‘zal yurtimiz hayoti bilan tanishgan siz, azizlar o‘z fikr va tuyg‘ularingiz haqida, bag‘rikeng va mehmondo‘st xalqimiz, uning madaniyati va betakror qadriyatlari haqida yangi-yangi qo‘shiq va dostonlar yaratishingizga tilakdoshmiz”.



Ijodkor baxshilarimiz bu og’zaki epik an’ana asosida dostonni o’z variantlari xatto ular asosida yangidan yangi dostonlar ham yaratiladi. Baxshilar azaldan doston va qo’shiqlarni qo’biz, do’mbira, dutor kabi sozlar jo’rligida kuylab kelishmoqda. Ular epik asarlarni to‘la ijro etishdan ko‘ra, parchalar, termalar va o‘zlari yaratgan asarlarni kuylashga alohida e'tibor berganlar. Epik asarlarni elga yetkazishda O‘zbekistonning deyarli barcha yerlarida yakka ijrochilik keng tarqalgan.

Yutimizning mashhur va el sevgan xalq baxshisi, Alpomish, Kuntug’mish, Avazxon, Oyparcha kabi o’nlab dostonlarni zavq bilan kuylovchi Shoberdi baxshi Boltayevning “Xalq dostonchisi so‘z zargari bo‘lishi lozim. Bu esa o‘z navbatida tabiiy iste'dod, kuchli idrok, muntazam ravishda qunt va chidam bilan mashq qilishni talab etadi” kabi so’zlari haqiqatda baxshichilik san’ati naqadar murakkab va nozik kasb ekanligini anglash qiyin emas. O’z navbatida, Baxshi xalq turmushi va madaniyatini, o‘zi yashab turgan yurt tarixini va biror soz chalishni bilishi, hofizlik san'atini puxta egallagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, doston aytishning ham o’ziga yarasha asosiy talablari mavjud. Xususan, jonli xalq tilining turli shakllaridan, so‘z o‘yinlari va qochirimlaridan, xalq maqollari va iboralaridan unumli foydalana olishi lozim hamda O’z muhlislarini rom etuvchi ohang topa bilish, dostonni jozibali va qiziqarli qilib aytish aloxida rol o’ynaydi. Xalqimizning o‘lmas xazinasi - dostonlar matnlarini maktab darsliklariga kiritish muhim kasb etadi. Kelajagimiz egalari yoshlarni milliy qadriyatlarimizga sodiq, o‘zbekona ruhda tarbiyalashda ezgulikka chorlaydigan, vatanparvar, adolatli, xalqparvar, jasur bo‘lishga undovchi dostonlarimizning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham ko‘plab dostonchilik maktablarini tashkil qilish, hayotiy, xalqqa yaqin, davrimizga hamohang dostonlarni yaratish yo’lda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Faxr bilan ayta olamizki, istiqlol yillarida barcha sohalar qatori baxshichilik san'atiga ham katta e'tibor berildi. “O‘zbekiston xalq baxshisi” unvoni ta'sis etilishi ham yurtimizda milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan ana shunday yuksak e'tibor namunasidan biridir. Xozirgacha folklorshunos olimlar tomonidan 300 ga yaqin doston nomlari aniqlangan bo‘lib, ular milliy o‘zlikni anglash, tarixni o‘rganish, o‘zbekona urf-odatlarni targ‘ib etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 14 may kuni “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilishi yurtimiz

baxshichilik san’atida tub o’zgarish yasadi. Qarorda doirasida asosiy olg’a surilgan g’oya bu - xalqimiz madaniyatining hayotbaxsh sarchashmasi bo‘lgan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada yuksaltirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni milliy o‘zlikni anglashga yordam berish, vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash kabilarni o’z ichiga olgan. Qaror doirasida 8 ta muhim chora tadbirlar amalga oshirilishi ustivor maqsad qilib qo’yilgan.
Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling