Baxt psixologik muammo reja: Baxt psxilogiyasi. Baxt psixologiyasi muammosi


Download 34.59 Kb.
bet1/2
Sana18.03.2023
Hajmi34.59 Kb.
#1283152
  1   2
Bog'liq
Baxt psixologik muamm1


Baxt psixologik muammo
REJA:
1.Baxt psxilogiyasi.
2.Baxt psixologiyasi muammosi.
3.Oilaviy turmushda baxt va uning psixologik muammosi .

Baxt muammosiga oid izlanishlar o’zining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga ega bo’lib, ularda ilmiylikka qaraganda, badiiylik ustuvorlik qilar edi. Badiiy xotirotlar majmuasi qadimgi nodir, noyob qo’lyozmalar, og’zaki nutq namunasida o’z ifodasini topgan. Ular o’zlarining salohiyati, mukammalligi bilan insoniyat uchun xulq-atvor qoidalari sifatida odamlarning turli-tuman nuqsonlardan asrash, ko’ngil qolish (sovish) his-tuyg’ularning xalokatli holatlarning oldini olishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.


Qadimgi dunyo allomalari, mutafakkirlari aksariyat hollarda baxt tushunchasini insonni ma’naviy va tabiiy jihatdan qoniqish holati sifatida tushunganlar. Ularning mulohazalarida mazkur holatga erishishning aniq yo’llarini belgilash jarayonida birlik, umumiylik mavjud bo’lsa-da, lekin nima bilan qoniqtirish va nimani qoniqtirish bo’yicha o’xshashliklar bor.
Baxt muammosi insonshunoslik fanlarining predmetiga kirganligi tufayli turlicha yondashuvlar yordami bilan tushuntirishga va unga erishish vositalarini ishlab chiqishga harakat qilingan. Insonshunoslik fanlari tarixida baxt muammosini o’rganishning asketik (yunoncha “asket” - harakatga keltiruvchi degan ma’no anglatadi, his-tuyg’u, mayl va havasni paymol qiluvchi tamoyilga asoslanadi) va idonik (ichki rohatlanish, tana lazzati) o’zaro bir-biriga zid nazariyalar vujudga kelgan. Asketik yo’nalishning vakillari inson tanasiga, uning xohishlariga nisbatan loqayd va mensimay munosabatda bo’lishlikni dalillashga urinadilar (qon, balg’am, buyrak, ko’z yoshi, ilik kabilardan iborat isqirt tanada xohish ijobatidan rohatlanish to’g’risida gap bo’lishi mumkin emas). Ularning fikricha, xastalik, ochko’zlik, g’azab, hasad, judolik va hokazolarga limmo-lim tanada rohatlanish bo’lishi mumkin emasdir. Baxt muammosiga “idonik” yondashuv qadimgi hind falsafa maktabiga xos bo’lib, italiyalik gumanist faylasuf Lorando Vallo uning yaqqol vakilidir. Olimning fikricha, hayotning yuksak qadriyati − bu orombaxsh qo’zg’atuvchi ta’siridan tananing rohatlanishini sezishdir. Muallif mulohazalariga ko’ra, baxtning atributlari − bu dang’inlama uy, kiyimning serobligi, jamiyki narsalarning muhayyoligi va go’zal ayollardir.
Eramizdan avvalgi VI asrda shu soha talqiniga oid uchinchi yo’nalish vujudga kelgan va u “oltin o’rtalik” degan nom bilan yuritiladi. Shu davr yirik allomasi Lyas Izining yozishicha, me’yorni bilgan odamda omadsizlik, muvaffaqiyatsizlik bo’lmaydi. “Oltin o’rtalik”ning ikkinchi vakili Konfutsiydir. Aristotel davridan boshlab antik dunyo falsafasida mazkur yo’nalish ustuvorlikka erishadi.
Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqich vakili I.Kant mulohazasicha, azob tuyg’usining ildizi qurigani yo’q, tabiat uni inson faoliyatining stimuli sifatida yaratdi. Uning talqinicha, hamisha yaxshilikka yo’nalgan, turmushdan shodlik tuyg’usi harakatsiz xotirjamlik belgisidir. Bunday holat insonning turmushdagi aqliy harakati bilan mutanosib, go’yo tirik organizmda yurak faoliyati to’xtaganga o’xshaydi, agar uning ketidan yangi turtki, qo’zg’ovchi vujudga kelmasa, u holda o’lim sodir bo’ladi.
Sotsial psixologiya fanining tasdiqlashicha, baxt bu alohida individning hissiy holati, yuksak darajadagi kishilik jamiyatining guruhlarida uzluksiz ravishda farog’at tuyg’usi hukm sursa-da, lekin ko’pchilik ro’y-rost uni o’zida aks ettira olmaydi.
Psixolog I.Argayl mulohazasicha, baxt bu: a) umuman turmushdan qoniqish kechinmasi, inson tomonidan o’tmishi va hozirning umumreflektor bahosi; b) ijobiy his-tuyg’ularning chastotasi va jadalligi (intensivligi)dir. Falsafada baxt aksariyat hollarda ideal sifatida qaraladi. XX asrda falsafa psixologiyalashib borishi natijasida insonning kechinmalari, uning ruhiy dunyosi ko’proq hisobga olinmoqda. Baxt ideal sifatida insonning turmushidan doimo, to’liq qoniqish hissiday namoyon bo’ladi, agar sharoit vujudga kelsa, unda imkoniyatlar ro’yobga chiqishi, maqsadga erishuv istagi aks etadi.
Shuning uchun individual-psixologik baxt borliqdan va turmushdan qoniqish kechinmalari sifatida namoyon bo’ladi. Baxtning ob’ektiv va sub’ektiv fenomenida (noyob jihatida) ikki xil shartlanganlik bilan tavsiflanadi: a) inson turmush sharoitlari, ruhiy holatlari bilan bog’liqligi ob’ektiv borliq taqozosi; b) inson ruhiyati, hayotining idrok qilishi, unga munosabati, ularni ma’naviy qabul etishga aloqador sub’ektiv kechinmalar majmuasi ekanligi.
Xorij sotsial psixologiyasida baxt muammosi turmushdan qoniqish ma’nosida tadqiqotchilar diqqatini o’ziga jalb qiladi. Amerikalik psixolog, bixeviorizmning asoschilaridan biri Dj.Uotson tomonidan XX asrning boshlarida baxt manbalarini aniqlashga mo’ljallangan anketa so’rovnomasi o’tkazilgan. XX asrning 40-yillarida Uotsonning safdoshi va izdoshi E.Torndayk turmushdan, yashashdan qoniqish omillarini tartibga keltirgan va ularni “yaxshi turmush sharoitlari” deb nomlagan.
Ma’lumki, odamzod qay darajada baxtga erishishi mumkin degan masala barchani qiziqtirib kelgan. Ayrim odamlar o’z baxtlarini qoniqish hissida, xotirjamlikda, o’zining foydaliligini sezishda, moddiy ta’minlanganlikda ko’radilar, boshqalari esa ko’ngil xushlashda, rohatlanishda, vaqtni xush o’tkazishda deb tushunadilar. Sotsial-psixologik tadqiqotlarida baxt va farovonlik (boylik, mo’l-ko’lchilik) tarkiblarini aniqlash yotganligi tufayli o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lmagan emotsional (his-tuyg’ular) va kognitiv (bilishga oid) yo’nalishlar yotadi. Izlanishlarda qoniqishning umumiy omillari topilgan va ular quyidagi tarkiblarga ajratilgan: yaqqol holatlardan, vaziyatlardan qoniqish (ishdan, sog’liqdan, qadr-qiymatdan, turmush yo’ldoshidan va hokazolar).
Baxt ruhiy va jismoniy salomatlik singari individning muayyan ijtimoiy aloqalari ko’payishi tufayli ko’lamini kengaytiradi. Ijtimoiy hislarning kamayishi va stress (zo’riqish) vaziyatlarning paydo bo’lishi sababli depressiya (ruhiy majruhlik) holati vujudga keladi.
Qoniqish to’g’risidagi psixologik mulohazalar nisbiy xususiyatga ega, chunki ko’pincha ular insonning hozirgi turmush vaziyatlarini o’tmish davrlari bilan taqqoslash natijalariga bog’liq, odatda shaxsning farovonlik haqidagi tasavvurlari bilan uyg’unlashib ketadi. Do’st va o’rtoqlari, qarindosh-urug’lari behisob odamlar o’zlarini baxtiyor his etadilar. Do’stlik baxtning shartlangan ustuvor kalitidan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda do’stlik o’smirlikdan tortib to turmush qurgunga qadar yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Nima uchun odamlarga do’stlar kerak degan savol tug’ilishi, tabiiy. Birinchidan, moddiy yordam, qo’shimcha axborot olish, hatto do’stlar ularni kam darajada ta’minlashga ega bo’lsalar ham. Ikkinchidan, maslahat tarzidagi ijtimoiy himoya, hamdardlik, ishonchli muloqot (muomala), borliqqa nisbatan qarashlardagi umumiylik. Uchinchidan, qiziqishlar birligi, hamkorlikdagi mashg’ulotlar, o’yinlar umumiyligi mavjudligi uchun va hokazo.
Ish joyidagi o’zaro munosabatlar inson uchun muhim ahamiyatga ega. Ishdan qoniqish − umumiy qoniqishning asosiy manbalaridan biridir: o’z navbatida uning negizida ishxonadagi shaxslararo munosabat yotadi. Chunki rahbar faoliyatining ma’lum uslubida xodimlar o’zlarini yaxshi his etadilar, binobarin, “ular bilan hisoblashish”, “muammolar yuzasidan qaror qabul qilishdagi qatnashuvchi e’tiborga olinishi” ayniqsa ijobiy sermahsul ta’sir qiladi. Turmush tashvishlarini hal qilishda amaliy va kundalik qoniqish sifatida rahbarlar yuksak ahamiyat kasb etuvchi manba tarzida namoyon bo’ladi, chunki hamkasb o’rtoqlariga nisbatan amaldorlar moddiy mukofotni oshirish imkoniyatiga egadirlar.
Bu o’rinda ayollar bilan erkaklar o’rtasida farqlar yuzaga keladi va bu holat mana bunday ko’rinishga ega: erkaklar ayollarga nisbatan yuqori lavozimlarda o’zlarini baxtiyorroq, baxtliroq his etadilar, uncha katta bo’lmagan guruh ichida tenglik hukm surishni ustun ko’rishadi. Ishxonadagi “o’zaro munosabatdan qoniqish, bizningcha, ma’lum darajada kasbiy xususiyatlarga ega, bu narsa hamkorlik faoliyatida muammolarni echish, qarorga kelish daqiqalari majmuasidan tashkil topadi. Yaxshi, barqaror kayfiyat evaziga ham bevosita, ham bilvosita ish yuzasidan aloqaga kirishiladi.
Puxta ijtimoiy aloqalar baxt bilan uzviy bog’liq ravishda kechadi. Shaxslararo aloqalar qanday qilib baxtga ta’sir etishi mumkin degan savolga javob berish oson emas. Jahon psixologlarning tajribalariga ko’ra, ijtimoiy muloqotlar miqdorining ortishi baxt ko’lamini kengaytiradi, shu bilan bir davrda o’zaro munosabatlarning kamayishi baxtsizlikni keltirib chiqaradi. Psixologik tadqiqotlarda ijtimoiy quvvatlashning umumiy ta’sirini tahlil qilish (oila, do’stlar va boshqa kishilar ta’siri majmuasi) natijasida mana bunday omil yaqqol ko’zga tashlangan: shunchaki manbalar mavjudligiga qaraganda, ularning intensivligi (jadalligi) katta ahamiyatga molik. Oilaviy turmushda o’ta ahamiyatliroq ta’sir manbai − bu er yoki xotin, balkim oilaning biror a’zosi muhim rol o’ynashidir. Har qanday ko’rinishdagi aloqalar, munosabatlar stressning kamayishiga ta’sir etadi. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, eng kam stressga va depressiyaga uchraydigan ayollarning aksariyati oilali, ishli va farzandlidirlar.
Oilaviy turmushdagi o’zaro munosabatlar: turmush yo’ldoshiga ega bo’lgan ayollar hayotiy vaziyatlarda ko’pgina stress holatlarni boshidan kechirganligiga qaramay, ular depressiya holatiga kamroq beriluvchanligi aniqlandi. Chunki ular o’z muammolarini muhokama qilishda turmush o’rtog’i yordamiga tayanadilar, o’zaro fikr almashadilar. Amerikalik psixologlarning fikricha, ishxonadagi xodimlar tomonidan insonni quvvatlash o’ta ta’sirchandir, rahbarning, oilaning, do’stlarning qo’llashi alohida ahamiyat kasb etib depressiyaga etaklovchi stressning kamayishiga olib keladi.
Rahbar muammoni hal qilishda o’z hukmiga ega, agar u yaqqol ta’sirchan bo’lsa, yordam manbai sifatida xizmat qiladi va stress darajasini pasaytiradi. Ishxonadagi hamkasblari uni jamoaviy quvvatlay oladilar. Ba’zan hamkasblari rahbar bilan xodimlar qaroriga qarama-qarshi tarzda hamkorlik ishtirokchisi sifatida stressning manbai rolini ham bajaradilar (nizoli vaziyatlar, raqobat, raqiblik va hokazo).
Ishdan qoniqish baxtli damlarni keltirish mumkin. Jahon psixologlari va bizning shaxsiy kuzatishimizcha, ishdan qoniqish nikoh, oiladan qoniqishga qaraganda, umumiy qoniqish ko’rsatkichiga kichik hissa qo’shadi, xolos. Baxtning eng qimmatli manbalaridan biri − bu oilaviy baxtdir, baxtsizlik esa ishdan qoniqmaslik. Ishdan qoniqish bir qator omillar, alomatlardan tashkil topadi, unda eng muhimi − bu mehnatdan bevosita lazzatlanish (lot. praksik) hislar majmuasi hisoblanadi. Mehnat o’zining mustaqilligi, rang-barangligi bilan alohida tavsiflansa, inson o’z ishining turmushiga ta’sirini seza olsa yoki o’z mehnatini boshqa odamlar tomonidan tan olinishini his qila bilsa, mazkur hissiyot yuksak baholanishi mumkin. Ishdan qoniqish jismoniy va ruhiy salomatlikka, shuningdek, umumiy hayotdan qoniqishga ham ta’sir o’tkazadi. Odamlar ishdan qoniqsalar, ish kuchlari ko’nimsizligi kamayadi, ishga kelmay qolish keskin kamayadi, ish esa sifatli bajariladi.
Ayollar o’rtasidagi ishdan qoniqish muammosi alohida talqin va tahlil qilishga loyiq. Chunki ayollar erkaklarga qaraganda, ish o’rnini yo’qotganliklarini unchali istirob tuyg’usi bilan qabul qilmaydilar. Istisno tariqasida oilaning yolg’iz boquvchisi bo’lgan-da, bu holat og’ir kechishi kuzatiladi. Ular erkaklarga qaraganda, sabr-bardosh bilan ish yo’qotganligini boshdan kechiradilar, aksariyat hollarda unga loqaydlik bilan munosabatda bo’ladilar.
Ko’pchilik odamlar uchun ishsizlik go’yoki baxtsizlik keltiradi, xuddi shu bois insonda kayfiyat yomonlashadi, ruhiy holati buziladi. Bularning barchasi depressiyaga olib keladi, ayrim hollarda esa o’zini o’zi o’ldirishgacha borib etishi mumkin. Sotsial psixologiyada ishsizlik omadsizlik sifatida talqin qilinadi. Shuning uchun bo’sh vaqtni maroqli o’tkazish baxtga ulanib ketadi. Bu qisqa davr insonlar nimalarni xohlashadi va qaysi narsalar ularni baxtli qila olishi mumkin degan muammoga javob topishga imkon tug’diradi. Inson faqat uyqu va ish bilan cheklanishi mumkinmi yoki u o’z hayotidan do’stlar bilan muloqot, sport bilan shug’ullanishni mutlaqo chiqarib yuborishi kerakmi degan savol tug’ilishi tabiiy.
O’zga odamlar bilan muomalaga kirishish va unda o’z individualligini namoyon qilishdan olingan qoniqish bevosita mazkur faoliyatda shaxs yuksak yutuqqa erishgan darajasiga bog’liq. Bu holat qobiliyatlarning rivojlanishiga yordam beradi, natijada shaxs o’sishining modelini yaratish ishtiyog’i vujudga keladi. Bu narsa psixolog Maslouning motivatsiya nazariyasining asosi hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, zarur ehtiyojlarning, hatto ijtimoiylarni qondirilishi jarayonida o’sishga va o’zini o’zi faollashtirishga kuchsiz motivatsiya ta’sir qila boshlaydi.
O’tkazilgan bo’sh vaqt motivatsiyasi tadqiqotida ijtimoiy motivatsiya bilan bir qatorda muhim tarkib tariqasida relaksatsiya ham aniqlangan. Organizmni bo’shashtirish va xordiq chiqarish mehnat ta’tilini o’tkazish usulini tanlash bilan tavsiflanadi.

Download 34.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling