Baxt qomusimiz
O`quvchi: -Jamlab, tizib bir ipga, Yo`lim solding qolipga. Hayot tushdi tartibga, O`quvchi
Download 22.79 Kb.
|
Konstitutsiya-baxtimiz-qomusi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
O`quvchi:
-Jamlab, tizib bir ipga, Yo`lim solding qolipga. Hayot tushdi tartibga, O`quvchi: -Huquq, burchim aks etgan, Har satri pishib yetgan. Maqsad, g`oyamiz yotgan, Lavzim, or-u nomusim Muqaddasim – nomusim. O`quvchi: -Tunda chaqnagan chaqin, Yurakda yongan yolqin. Baxtim or-u nomusim, Iftixorim – Qomusim. Ahdim or-u nomusim Bebahoyim Qomusim. Davraga 4 ta o`quvchi chiqib, tadbirni quyidagi so`zlar bilan davom ettiradilar. O`quvchi: -Bolalar huquqlari to`g`risidagi qonunlarni o`zida mujassamlashtirgan xalqaro hujjatlar ham bor. 1989-yil 20-noyabr BMT Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilingan. “Bolalar huquqlari to`g`risida“gi konversiya ana shunday hujjat hisoblanadi. O`quvchi: -Darhaqiqat ushbu konversiya 1990-yil 2-sentabr kuchga kirgan. O`zbekiston Respublikasi unga 1992-yil 9-dekabrda ya`ni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning ertasigayoq qo`shilgan. O`quvchi: -“Bola huquqlari to`g`risida”gi konversiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega, uning asosiy maqsadi biz – bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. O`quvchi: -Bir so`z bilan aytganda bu konversiyani o`ziga xos “Bolalar Konstitutsiyasi“ deb ham hisoblash mumkin. Chunki unda bolalar huquqlari va erkinliklari kafolatlangan, burchlari ifodalangan. O`quvchi qizlar tomonidan raqs ijro etiladi. 1-boshlovchi: -Darhaqiqat “Bola huquqlari to`g`risida“gi bu konversiyani chindan ham “Bolalar Konstitutsiyasi”ga qiyoslash mumkin. Konstitutsiyaga amal qilish esa vatanparvarlikdan dalolat beradi. Zero, unda Vatan, xalq va millat manfaatlari ifoda etilgan. 2-boshlovchi:-Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov aytganidek: “…har qanday davlatning yuzi, obro`- e`tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir”. 1-boshlovchi: -Ajib topgan unda buyuk g`oyamiz, Zabt etmoqni maqsad qilgan qoyamiz. Berilgan huquq, burch, himoyamiz, Baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyam. 2-boshlovchi: -O`zbek elin faxri, ulkan nufuzi, Asosiy tamoyil, chin, asl yuzi. Yurakdan bitilgan har satri, so`zi, Baxtimiz qomusi-Konstitutsiyam. 1-boshlovchi: -Yo`lchi yulduz tuydik dildan biz uni, O`rgansak kam, takror – takror har kuni. Eng xalqchil, muqaddas, davlat qonuni, Baxtimiz qomusi – Konstitutsiyam. Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling