Biz vatanga qoyamiz, mustahkam himoyamiz


Download 0.49 Mb.
Sana29.11.2020
Hajmi0.49 Mb.
#154817
Bog'liq
2 5453895196406187096


Aim.uz


O‘zbekiston qurolli kuchlarning

22 yilligiga bag‘ishlangan
biz vatanga qoyamiz, mustahkam himoyamiz”

BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIRLAR

SENARIYSI




O‘zbekiston qurolli kuchlarning

22 yilligiga bag‘ishlangan
BIZ VATANGA QOYAMIZ, MUSTAHKAM HIMOYAMIZ”
mavzusida tayyorlangan adabiy-badiiy kecha

dasturi.
Davlat madhiyasi. 2:30 minut
Sahna ortidan:

1- boshlovchi: So’z Institut rektori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent ustozimiz Ro’ziqulov Faxriddin Rasulovichga (tabrik) 10 minut

Qancha diyorlarda sayr etib yurdim

Qancha manzillarda tuzdim men oshyon

Va buyuk hikmatga axir yuz berdim

Siylangan joyida azizdir inson

Yurtim, senda ekan nasibam tugal

Sen o‘zing maskanim, sen o‘zing shonim

Sen onam, sen singlim, yorimsan azal

Ey jonim jahonim O‘zbekiston.
1. Assalomu alaykum aziz ustozlar. O‘z hayotini ona zaminimizni himoya qilishdek muqaddas ishga bag‘ishlagan yurtdoshlarimiz.

2. Bugun 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari” kuni. Bayram munosabati bilan sizlarni “Biz vatanga qoyamiz, mustahkam himoyamiz” bayram tadbirida ko‘rib turganimizdan g‘oyatda xursandmiz.

3. Tinch hayotimiz musaffo osmonimiz jajji bolalarimizning quvnoq kulgusi, ota-onalarimizning osuda umr kechirishi, olloh taolo bergan mana shunday hayotning, uni sarab-avaylash, ko‘z qorachig‘iday saqlash barchamizning avvalombor mard o‘g‘lonlarning qo‘lidadur.

4. Harbiy xizmatni o‘zining kasbi, vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb biladigan, butun hayotini Qurolli kuchlarimiz safida xizmat qilishga bag‘ishlagan o‘g‘lonlarimizning og‘ir xizmatini qadrlash, ularning tunu kun tinim bilmasdan o‘z harbiy mahoratini oshirish yo‘lida qilayotgan mashaqqatli mehnatini e’zozlash barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

5. Bugun yurtimizning barcha go‘shalarida ta’lim maskanlari, korxona va tashkilotlar, harbiy maktab va o‘quv yurtlarida, oilalar davrasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni katta bayram sifatida nishonlanmoqda. Ushbu kun munosabati bilan tabriklash uchun so‘z navbati Navoiy viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha” prorektor texnika fanlari nomzodi O.O.Suvonovga.

6. Sen ey Alpomishdan saboqlar olgan

Shiroqdan qosh olgan qaboqlar olgan

Sohibqiromindan sadoqlar olgan

Sen kabi qo‘rg‘ondan o‘q o‘tmagaydir.

Boshlang‘ich ta’lim kursi tinglovchisi Jumayeva Shaxzoda sizlarni bayram bilan qutlaydi.

7. Deydilar qahrli bahodirlar ham

Janglarda jon berar chog‘i mardona

Behad azoblarga chidab so‘nggi dam

Bitta so‘z demishlar shivirlab ona


Bisyor bo‘lsa agar bol ham boqadr

Takror aytilganda rangsizdir kalom

Bu yorug‘ olamda vatan bittadir

Bittadir dunyoda ona degan nom.


Sahna ko‘rinishi. Ijro etadi. Milliy g‘oya kursi tinglovchilari.

8. Partalar oralab o‘tadi umr

O‘chirib qoralab o‘tadi umr

Bag‘rini poralab o‘tadi umr

Ajib hayoti bor o‘qituvchining

Yuragi daryodan dengizlardan keng

Mehnati tarixga asrlarga teng

Zaxmatkash qalbiga tasannolar deng

Ajib hayoti bor o‘qituvchining.
Qo‘shiq ijro etadi Samadov Dilshod. Raqs ijro etadi matematika kursi tinglovchisi Naimova Nodira.
9. Dunyoda ko‘p narsa unutiladi

Qashshoqlik martaba quvonch qayg‘ular

Unutilib borar muhabbat dardi

Unutilib yillar yo‘llar tuyg‘ular.

Qirq yillik adovat unitilib sekin

Unitilar hatto yurakdagi darz

Yaxshilarning mahri unitilmas lekin

Unitilmas ular oldidagi qarz.


Bayram bilan sizlarni matematika kursi tinglovchisi ustoz Egamova Guliston tabriklaydi.

10. Shuning bilan bugungi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat.


O, ota makonim onajon o‘lkam

O‘zbekiston jonim tushay soyangga

Senday mehribon yo‘q, seningdek ko‘rkam

Rimni alishmasman badapoyangga.

Assalomu alaykum bugungi bayram tadbiriga tashrif buyurgan hurmatli mehmonlar.

Avvalambor barchangizni qutlug‘ ayyom Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ruxsat bergaysizlar.

Xalqimiz armiya saflarida xizmat qilayotgan o‘z farzandlariga hamisha g‘urur va iftixor bilan qaraydi.

Bugun O‘zbekiston zamonaviy qurol yarog‘ va texnika bilan ta’minlangan ixcham va harakatchan, bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan o‘z armiyasiga ega.

Yurtni qo‘rg‘on bo‘lib asragan o‘g‘lon

Vatanni orim deb saqlagan o‘g‘lon

Sen o‘zing yov yengmas qo‘rg‘onsan qo‘rg‘on

Vatan qo‘rg‘oniga darz etmagaydir.

Sizlarni bayram bilan geografiya kursi tinglovchilari tabriklaydi.

Istiqloling buyuk ne’mat yurtdoshim

Asli u jondan ham qimmat yurtdoshim

Uning bayrog‘ini qarog‘ingdek bil

Muhammadga bo‘lsang ummat yurtdoshim

O‘g‘lon bo‘lsang agar yurting uchun bo‘l

Qurbon bo‘lsang agar yurting uchun bo‘l.


Raqs ijro etadi, ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Usmonova Dilnozaxon.

Keksalar dardiga darmon yigitlar

Barnolar tilida doston yigitlar

Chaqindek charaqlab ko‘rkni qoq yorib

Parvozi bulutdek osmon yigitlar.

Matematika kursi tinglovchisi Qurbonova Nozima ijrosida “Xalqim” qo‘shig‘i.

Yurtim senga she’r bitdim bu kun

Qiyosingni topmadim also

Shoirlar bor o‘z yurtin butun

Olam aro atagan tanho

Ular sheri uchdi ko‘p yiroq

Qanotida oltin diyori

Bir o‘lka bor dunyoda biroq

Bitilmagan dosdondir bari:

Faqat ojiz qalamim manim

O‘zbekiston Vatanim manim.


Bayram bilan sizlarni Milliy g‘oya kursi tinglovchilari o‘z qo‘shiq va raqslari bilan qutlaydi.

1- boshlovchi: Mehnatsevar xalqimizning jonajon Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi erishayotgan yutuqlari tobora ko‘payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin.
2- boshlovchi: Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxoniga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz.
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling