1. Rentgenogrammada,pastki jag’ suyagi bo’lim o’simtasining darz ketib singanligi
Download 487.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Vaziyatiy-masalalar.-Anatomiya.
Osteologiya. 1.Rentgenogrammada,pastki jag’ suyagi bo’lim o’simtasining darz ketib singanligi kuzatilmoqda. Savol: Bu qanday o’simta ekanligini aniqlang? Javob:Processus condularis. 2.Balanddan yiqilgan jabrlanuvchining chanoq soxasi shikastlandi. Savol: Bunday xolatlarda, ko’pincha qaysi suyakda sinish kuzatiladi? Javob: Os Ischii. 3.Travmatologiya bo’limiga,yiqilganidan so’ng tirsak soxasidagi og’riqqa shikoyat qilayotgan bemor keltirildi.Rentgenogrammada m.triceps brahii payi birikadigan o’simtaning singani va siljiganligi aniqlandi. Savol: qanday o’simta nazarda tutilayapti? Javob: Olecranon. 3.Sirpanchiq muzda yiqilayotgan jabrlanuvchi, yiqilishni yumshatish maqsadida qo’lini tirgak sifatida qo’yib qoldi va jarohat oldi, oqibatda bilakning tashqi 1/3 soxasida og’riq paydo bo’ldi. Savol:.Bu xolda qaysi suyak shikastlangan? Javob: os Radius. 4.Elka bo’g’imidagi jarohati bor bemorga,operasion yo’l bilan kesib kirilganda,kurak suyagining m.biceps brachii va m.coracobrachialis paylari birikadigan o’simtasi sinib siljiganligi aniqlandi. Savol:.Bu o’simtaning nomini aniqlang. Javob: Processus coracoideus. 5.Uzoha
sakraydigan sportchida,jarohyatdan so’ng,rentgenogrammada oshiq-boldir bo’g’imidagi markaziy suyakning singanligi aniqlandi Savol:..qanday suyak xaqida gap ketayapti? Javob: os Talus. 6.Muqqaddam singan suyakda, suyak qadog’i gosil bo’ldi Savol: qanday anatomik hosila suyak qadoqini hosil bo’lishiga mas'ul? Javob: Suyak usti pardasi. 7. Oyokning ochiq sinishi bor bemorda,boldirining o’rta ichki soxasidagi jarohtdan yirik suyak chiqib turibdi. Savol: Bu suyakning nomini ayting. Javob: os Tibia. 8.Travmatologiya bo’limiga motosikldan yiqilgan bemorni olib kelishdi.Bemor tizza soxasidagi kuchli og’riqqa shikoyat qilayapti.Rentgenogrammada sesamasimon suyakning shikastlangani aniqlandi Savol:.Bu qaysi sesamasimon suyak? Javob: Patella. 9.Bosh soxasidagi jarohati bor bemorning rentgenogrammasida,tepa suyagi ichki plastinkasi maydalanib singanligi aniqlandi. Savol:.Bosh gumbazi suyaklarining ichki plastinkasi yana qanday nomlanadi? Javob:Shishasimon. 10.Rentgenogrammada ,pastki jag’suyagi bo’lim o’simtasining darz ketib singanligi kuzatilmoqda. Savol: Bu qanday o’simta ekanligini aniqlang? Javob:Processus condularis. 11.Balanddan yiqilgan jabrlanuvchining,chanoq soxasi shikastlandi Savol:.Bunday xolatlarda,ko’pincha qaysi suyakda sinish kuzatiladi? Javob:Os Ischii
12. Ma'ruzada ma'ruzachi kislota bilan ishlangan qovurg’a suyagini aylantirib tugun qilib bog’lab namoyish qildi. Savol: Suyak tarkibiga kiruvchi qanaqa moddalar ularga elastiklik va chidamlilik xususiyatini beradi?
Javob: Tirik odamda katalar suyagi tarkibini 50% suv, 28% organik va 22% anorganik moddalar tashkil ?iladi. Suyaklarga elastiklik va chidamlilik xususiyatini organik moddalar beradi. 13. Bosh va bo’yin sohasidan qon ketayotganda tez, shoshilinch yordam sifatida uyqu arteriyasini bo’yin umurtqasi uyqu do’mbog’iga bosiladi. Savol: Nechanchi bo’yin umurtqasida bu do’mboq joylashgan? Javob: VI bo’yin umurtqasida uyqu do’mbog’i joylashgan. 14. 10 yoshli o’g’il bola rentgenogrammasida yagona dumg’aza suyagi emas, balki bir- biridan och rangli orali1lar orqali ajralib turgan dumg’aza umurtqalari ko’rindi. Savol: Nima uchun bolada yagona dumg’aza suyagi ko’rinmadi? Javob: Odamning 17-25 yoshlarida dumg’aza umurtqalari yagona suyakka birlashib ketadi. 15. Bemorga tizza bo’g’imida chiqish deb tashxis qo’yildi. Savol: Bunday jarohatda tizza qaysi tuzilmalari shikastlanadi? Javob:Bunday jarohatda tizza bo’g’imi tashqi, bo’g’im ichki boylamlari va menisklari shikastlanadi. 16.Maktabdagi profilaktik tibbiy ko’rikda o’quvchiga umurtqa pog’onasining frontal sathlikda qiyshayganligi aniqlandi. Savol: Umurtqa pog’onasi qanday bukilmalarini bilasiz? Javob: Umurtqa pog’onasining orqaga bukilmasi - kifoz, oldinga bukilmasi - lordiz deyiladi. Odamda normada bo’yin va bel lordozi, ko’krak va dumg’aza kifozi farq qilinadi. 17. Avtohalokatda bemor ko’krak qafasi jarohat oldi. Savol: qaysi suyaklar ko’krak qafasini hosil qiladi? Javob: Ko’krak qafasi suyak-tog’ay tuzilmasi bo’lib, 12 ta ko’krak umurtqalaridan, 12 juft qovurg’alardan va to’sh suyagidan tashkil topgan bo’lib, bir-biri bilan bo’g’imlar, sinxondrozlar va boylamlar vositasida birlashgan. 18.Travmpunktga bilak-trsak suyaklari jarojatlangan bemor keltirildi Savol: Bilak-tirsak sohasida qanday suyaklar mavjud? Javob: Bilak-tirsak sohasida bilak suyagi - os radius, tirsak suyagi - os ulnae mavjud. 19. Bemor shifokorga yelka bo’g’imi sohasi harakatidagi og’riqqa shikoyat qildi. Savol: Yelka bo’g’imini qaysi suyaklar hosil qiladi? Javob: Yelka suyagi - os humerus va kurak suyagi - os scapulae 20. Tug’ruq jarayonini prognoz qilishda butun chanoqning katta va kichik razmerlarini bilish mumkin. Savol: Kichik chanoqning eng tor joyi qanday ataladi? Javob:Kichik chanoqqa kirish teshigi to’g’ri o’lchami - chin (ginekologik) kon'yugata deyiladi. 21. Futbol o’yini paytida oyoqning boldir sohasi kichik boldir suyagi pastki distal sohasi jarohat oldi. Savol: Kichik boldir suyagi pastki yo’g’on epifiz uchi qanday ataladi? Javob:Lateral to’pi? 22. Ma'lumki, tu?g’riq paytida chaqaloqning chanoq-son bo’g’imida chiqish bo’lishi mumkin. Savol: Son suyagi boshchasini quymich kosasida qanaqa boylam ushlab, mustahkamlab turadi?
Javob: Bu son suyagi boshchasi boylami bo’lib, u bo’g’im bo’shlig’ida joylashgan. 23. Talabalar amaliy mashg’ulot paytida namoyish qilinayotgan skeletda anomaliyaga ahamiyat berishdi: Ibo’yin umurtqasi kalla suyagi bilan birlashib ketgan. Savol: Normada I bo’yin umurtqasi - atlant va kalla suyagi qanaqa birlashgan? Javob: Atlant va kalla suyagi - atlant-ensa bo’g’imi orqali birlashgan. 24. Mashg’ulotda talabaga suyak berildi: suyakning proksimal epifizida g’altaksimon o’ymasi va yaxshi bilinib turgan g’adir-budurligi, distal uchida esa - bigizsimon o’sig’i bor. Savol: 1. Bu qaysi suyak? 2.Suyakning o’ng yoki chapligini qanday aniqlaymiz? Javob: 1. Bu tirsak suyagi - os ulnae. 2. Yuqorida aytilgan suyakning proksimal uchidagi tuzilmalar suyakning oldingi tomonida joylashadi, suyaklararo qirrasi esa lateral tomonida joylashadi. 25. Umurtqalar to’plamida I va II bo’yin umurtqasini ajratib olish lozim. Savol: Bu umurtqalarga qanday belgilar xos? Javob: 1) I bo’yin umurtqasining tanasi yo’q va unda oldingi va orqa ravoqlari mavjud. 2) II bo’yin umurtqasi yuqorigi yuzasida tishsimon o’sig’i bor. 26. Talaba ko’krak umurtqasini topishi lozim. Savol: U \qaysi belgilarga qarab aniqlanadi? Javob: 1) Ko’krak umurtqalarida qovurg’alar boshlari bilan birlashishi uchun qovurg’a chuqurchalari mavjud. 2) Ko’ndalang o’siqlari oldingi yuzasida qovur\g’alarning do’mboqlari bilan birlashuvchi qovurg’a yuzalari mavjud. 27. Bemorda plevral punksiya qilinayotganda qovurg’aning yuqori qirg’og'i bo’ylab igna tiqiladi. Savol: Nima uchun? Tushuntirib bering. Javob: 1) qovurg’alarni palrasiya qilsa bo’ladi. 2) qovurg’alarning pastki qirg’og’ida qon-tomirlar va nervlar o’tuvchi egatchasi joylashgan. 28. 1. qaysi suyakning dastasi, tanasi va hanjarsimon o’sig’i bor? 2. Bu suyakning qanday amaliy ahamiyati bor? Javob: 1) Bu to’sh suyagi. 2)To’sh suyagidan sternal punksiya qilinadi. 29. 8 yoshli bolaning rentgenogrammasida chanoq suyagi qo’ymich sohasi atrofida yoriqsimon bo’shliq aniqlandi. Savol: 1) Bu faktni qanday izohlash mumkin? Javob: Bu chanoq suyagi yoshga oid xususiyati 2) 14 yoshgacha chanoq suyagi o’zaro bir-biri bilan tog’ay vositasida birlashgan yonbosh, qov, o’tirg’ich suyaklaridan iborat. 30. Ba'zi kasalliklarga tashxis qo’yish uchun vrachga ba'zi suyaklardan qizil suyak ko’migini olish lozim bo’ladi. Bu holda yuza joylashgan g’ovak suyaklardan olish kerak bo’ladi. Savol: Aytingchi, qizil suyak ko’migini olish uchun qaysi suyaklar bunga qulay? Javob: To’sh suyagi, chanoq suyagining yonbosh suyagi. 31. Qari yoshda turli shikastlardan suyak sinishi ko’p uchraydi. Savol: Aytingchi, bu holatning ko’p uchrashiga ularga qaysi faktor sabab bo’ladi? Javob: qari yoshda suyak tarkibida suyaklarga elastiklik xususiyat beruvchi organik moddalar kamayib ketadi. 32. Bemorda keskin yiqilishi natijasida yelka suyagi sindi. Savol: Yelka suyagining ko’proq qaysi qismida sinish sodir bo’ladi? Javob: Yelka suyagi xirurgik bo’yni. 33. Bolaning yoshini aniqlash uchun vrachga uning qo’l panjasi rentgenogrammasi olib kelindi, unda boshsimon suyagida suyaklanish nuqtasi ko’rindi. Savol: Bolaning yoshi nechada? Javob: Ikki oylik bola 34. Avtohalokat natijasida bemor bosh suyagi yon yuzasi jarohat oldi. Bunda Chakka suyagi palla qismi sinib tushgan. Savol: Bunda chakka suyagi qaysi kanali shikastlanadi? Javob: Yuz nervi - n. fascialis 35. Xomilador ayolni ginekolog ko’rigida kichik chanoqning quyidagi o’lchamlari aniqlandi: chin kon'yugata - 10 sm, ko’ndalang razmer diametri - 13 sm, qiyshiq diametr - 12 sm. Savol: 1) Chin kon'yugataning kichikligini qizning 16 yoshgacha uzoq vaqt baland poshnali oyoq kiyim kiyganligi bilan bog’lash mumkinmi? 2) qov suyaklari qaysi yoshiga qadar shakllanadi? Javob: 1. Baland poshnali oyoq kiyim kiyganda tananing og’irligi markazi oldinga tushadi, natijada qov suyaklari orqaga siljiydi va shu holatda ushbu syaklar suyaklanadi. 2. 16-18 yoshdagi davrlarda shakllanadi. 36. Pediatr 2,5 yoshli bolani tekshirganda peshona va tepa suyaklari do’mboqlari kattalashganligi, qovurg’alar deformasiyasi, qo’l va oyoqlar qiyshayishi va yassioyoqlik aniqlandi. Savol: Bolada qanaqa kasallik bo’lishi mumkin va uning sababi? Javob:1. Raxit - suyaklanish jarayonining buzilishi va uning natijasi sifatida suyaklar qiyshayishi va deformasiyasi. 2. Bola organizmida vitamin D va kalsiy yetishmasligi. 37. Harbiy tibbiy yo’riqda chaqiriluvchining o’ng qo’li kaltaligi aniqlandi. Ma'lum bo’lishicha, 10 yoshlik davrda unda yelka suyagi xirurgik bo’yni singan va metaepifiz qismida ajralish ro’y bergan. Savol: 1) qo’l suyagining o’sishdan orqada qorlanligi sababini ayting. 2) Yelka suyagi xirurgik bo’yni qaerda joylashgan? Javob: 1. Yelka suyagi metafiz qismi tog’ayi o’sish zonasining shikastlanishi uning muddatdan oldin suyaklanishiga olib kelgan. 2. Yelka suyagining xirurgik bo’yni uning proksimal epifizida joylashgan. 38. Katta yoshda tirik odam suyagida kimyoviy tarkibi miqdoriy qiymati aniqlangan. Savol: Suyakda suv va yog’ miqdori (% miqdori) qanaqa? Javob: Taxminan 50% suv, 21,85% anorganik va 28,15% organik moddalar (shu jumladan 15,75% yog’lar) tashkil etadi. 39. Suyak tarkibida qanaqa moddalarning ko’payishi uchun mo’rt va sinuvchan bo’lishiga olib keladi? Javob: Suyakda anorganik moddalarning ko’payishi (qarilik davrida va ba'zi kasalliklarda) suyaklarning mo’rt va sinuvchan bo’lishiga olib keladi. 40. Bosh sohasi jarohatida tepa suyagi sinishi, ichki plastinkasi sinig’i parchalari va uning bosh miya qattiq pardasini shikstlagani aniqlandi. Savol: 1)Kalla suyagi ichki plastinkasi qanday nomlanadi? 2) Kalla suyagi ichki va tashqi plastinkasi o’rtasidagi g’ovak modda qanday nomlanadi? Javob: Kalla suyagi tom qismi suyaklari o’ziga xos tuzilgan: ular orasidagi g’ovak modda diploe deyiladi, chunki u noto’g’ri shakldagi suyak katakchalaridan tuzilgan. Kalla suyak ichki plastinkasi(lamina interna) - lamina vitrea deb ham ataladi (shishasimon plastinka), chunki u ko’p ?ollarda sinadi, tash?i plastinkaga nisbatan. 41. Imtixonda talabalar uchun naysimon suyaklarning nima hisobiga eniga va uzunligiga o’sishi haqida savol qiyinchilik tug’diradi. Savol: 1) Suyaklar qaysi tuzilmasi qisobiga uzunasiga va eniga o’sadi? 2) Uzun naysimon suyak nima hisobiga o’sadi? Javob: Suyaklar suyak usti pardasi - periosteum va endosteum (osteogen hujayralar) hisobiga o’sadi. Suyaklar 2 xil yo’l bilan o’sadi: 1) pardali osteogenez (mezenximadan - kalla suyagi tom qismi suyaklari) va mezenxima tog’ayidan. Naysimon suyaklar 2-xil yo’l bilan o’sadi: endoxondral, perixondral, periostal. 42. Rentgenologik tekshiruvda ikki tomonlama qo’shimcha qovurg’alar aniqlandi, ular I bel umurtqasiga birlashib ketgan. Savol: 1) Bu qo’shimcha qovurg’alar qanday nomlanadi? 2) qo’shimcha qovurg’alar tananing boshqa joylarida ham uchraydimi? Agar ha bo’lsa, qaerda va ular qanday nomlanadi? Javob: 1) Bunday qovurg’alar bel qovurg’alari deyiladi (costae lumbales). Bunda I ko’krak- bel umurtqasi ko’krak umurtqasiga o’xshab qoladi. Bo’yin qovurg’alari paydo bo’lishi ham mumkin. VII bo’yin umurtqasidan paydo bo’luvchi. 43. Amaliy mash?ulotda talabalar skeletdagi anomaliyaga ahamiyat berishdi: 1-bo’yin umurtqasining kalla suyagi bilan birlashib ketganiga, shuningdek dumg’aza umurtqalarining soni 4 tagacha kamayganligini va natijada bel umurtqalarining sonining ko’payganligiga. Savol:1) Atlantning kalla suyagi bilan birlashib ketishi nima deyiladi? 2) Dumg’aza umurtqalarining bu anomaliyasiga nima deyiladi? Javob: Atlantning bunday anomaliyasi assimilyasiya deyiladi. Bu holat ko’pincha orqa ravoqning ikkiga bo’linishiga (spina bifida) olib keladi. 2) Bunday holat dumg’azaning lyumbalizasiyasi deyiladi. 44. 10 yoshli bolani rentgenoskopiyasida dumg’aza suyagi yaxlit bo’lmay, balki bir-biridan och rangli oraliqlar bilan ajralib turgan dumg’aza umurtqalaridan iboratligi ko’rindi. Savol: 1) Bunday holat nimadan guvohlik beradi, nima uchun bolada yaxlit dumg’aza suyagi yo’q?
2) Bunday holatdagi birlashishni qanday izohlaysiz? Javob: Bunday holat rivojlanish anomaliyasiga kirmaydi: dumg’aza suyagining yaxlit suyakka aylanishi 17-25 yoshgacha ro’y beradi. Bunday holat boshqa umurtqalarga xos (simphisis intervertebralis) umurtqalararo simfizis, bunga umurtqalararo disklar yordamida bo’ladi. 45. Anatomik muzeyga tashrif buyurganlar to’sh suyagining turli xil shakllariga ajablandilar, bu holat suyakning rivojlanishdagi o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq. Savol: To’sh suyagining turli shakllarining uchrashi uning rivojlanishi xususiyatlari nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Javob: To’sh suyagida 13 tagacha suyaklanish nuqtalari shakllanadi (dastasida 1-2, 4-5 oylikembrionda). Suyakning boshqa qismlarida turli davrlarda: tanasining yuqori qismida 7-8 oyligida, o’rta qismida tug’ilishdan oldin, pastki qismi? 1 yoshligida. Dastasi tanasi bilan birlashib ketishi mumkin.Shakllanayotgan suyaklanish nuqtalari ko’pincha juft bo’ladi, teshiklar paydo bo’lishi kabi o’zgarishlar juft suyaklanish nu?talarining qo’shilmasligidan bo’ladi. 46. Rentgenogrammada dumg’aza suyagi orqa sohasida yoriq ko’rindi. Rentgengacha hech qanaqa klinik belgilar aniqlanmagan edi. Savol: Dumg’aza suyagi qaysi o’siqlarining birlashmaganidan ushbu yoriqlar paydo bo’lgan? Javob: O’tkir qirrali o’si?larining - processus spinosus 47. Umurtqa pog’onasi shikastlanganidan so’ng bemorda bosh miya orqa qismi qon bilan ta'minlanishi buzildi. Savol: Umurtqa pog’onasi qaysi qismi shikastlangan? Javob: Bo’yin qismi. 48. Parashyutistda noqulay yerga yiqilganligi sababli boldirning lateral pastki qismida boldir- oyoq panja bo’g’imidan yuqorirog’da jarohat oldi. Bemor bunda shikastdangan oyog’iga tayanib, o’zi mustaqil ravishda yiqilish punktiga yetib bordi. Savol: Unda qaysi suyak shikastlangan? Javob: Kichik boldir suyagi - os fibula 49. Eski shaharni aylanib yurgan yigit qoqilib, o’ng qo’li ustiga yiqildi. Ertasi kuni u travmatologga tirsak bo’g’imidagi kuchli og’riqqa shikoyat bilan keldi. Vrach tekshiruvida tirsak bo’g’imi orqa qismida shish va og’riq aniqlandi. Savol: qaysi suyak qaysi o’sig’i shikastlangan? Javob: Tirsak suyagi tirsak o’sig’i - olecranon 50. Yo’l transport hodisasi natijasida 30 yoshli ayol chanog’i old sohasida shishish va og’riq kuzatildi.Savol: Chanoq qaysi suyagi shikastlangan? Javob: qov suyagi - os pubis 51. Pediatr 10 yoshli bolani tekshirganda umurtqa pog’onasi ko’krak qismining chap tomonga qiyshayganligini aniqladi. Savol: Bemorga qanday tashxis qo’yish mumkin? Javob: Chap tomonlama ko’krak skoliozi. 52. 45 yoshli bemor boldir-oyoq panja bo’g’imi sohasidagi og’riqqa shikoyat qildi. Bemor tekshirilganda -shish, og’riq, oyoq panja usti sohasida gematoma va shu oyoqqa tura olmaslik aniqlandi. Savol: Oyoq panja qaysi suyaklari jarohat olgan Ehtimoli bo’lishi mumkin? Javob: qayiqsimon suyak - os naviculare 53. Bola rentgenogrammasida uzun naysimon suyaklarida o’sish zonalari aniqlanmadi. Savol: Normada bu zona suyakning qaysi qismida bo’ladi? Javob: Metafiz 54. Shikastlangandan so’ng bemorda qo’l panja kaft usti qismi medial sohasida og’riq, shish va gematoma kuzatiladi. Savol: qo’l panja kaft usti qaysi suyaklari jarohat olgan bo’lishi mumkin? Javob: No’xatsimon suyak - os pisiforme 55. 6 yoshli bolaning bilak medial pastki sohasi shikastlangan. Savol: qaysi suyak va qaysi qismi jarohat olgan bo’lishi mumkin? Javob: Tirsak suyagi metafiz qismi. 56. Bemorda pnevmoniyadan so’ng plevrit rivojlandi. Savol: Plevral punksiyani qovurg’alarga nisbatan qanday qilinadi? Javob: Punksion ninani qovurg’alarning yuqorigi qirg’og’i bo’ylab kiriladi. 57. Shikastlanishdan so’ng bemorda boldirining yuqorigi medial sohasida shish, gematoma aniqlandi. Savol: Boldirning qaysi suyaklari va qaysi qismi shikastlangan? Javob: Katta boldir suyagi metafizar qismi. 58. Shifokor qabulida 20 yoshli yigit to’sh suyagi pastki qismidagi og’riqqa shikoyat qildi. Anamnezdan: yigit suvga kalla tashlab tushganda to’sh sohasi bilan urilgan va shu sohada diskomfort sezgan. Savol: To’sh suyagi qaysi qismi shikastlangan? Javob: To’sh suyagi hanjarsimon o’sig’i 59. Bemor yo’l transport hodisasida to’sh suyagi dastasi sohasi shikastlangan. Shu sohada shish va palpasiyada og’riq sezmoqda. Savol: qaysi qovurg’alar shikastlangan? Javob: I-II qovurg’alar. 60. Voenkomatdagi tibbiy ko’rikda chaqiriluvchida dolixomorfik tipdagi tana konstitusiyasi aniqlandi. Savol: Bunday tipdagi konstitusiyada qanaqa tipdagi ko’krak qafasi shakli xos? Javob: Yassi ko’krar qafasi. 61. Yo’l transpotr hodisasi tufayli bemorda 3-4-5 qovurg’alar o’rta qismi singan. Savol: qovurg’alarning qaysi qismida sinish ro’y bergan? Javob:q?ovurg’alar tanasi - corpus costae 62. Jabrlanuvchi yig’ilganda o’ngq qo’li tanasi ostida qolgan va u bu paytda qisirlagan tovushni va o’ng elka yuqori sohasida kuchli og’riq sezgan. Ayni paytda unda yelka sohasida harakat qila olmayapti, shu sohada deformasiyalangan. Savol: qanaqa suyaklar shikastlangan bo’lishi mumkin? Javob: Yelka suyagi - os humerus 63. 45 yoshli erkak yelka suyagi orqa yuzasida oo’ir shikast olgan, bilak-tirsakda yozilish buzilgan. Savol: Bu holatda suyakdagi qaysi tuzilma shikastlangan? Javob: Bilak nervi egati - sulcus n. radialis 64. 25 yoshli bemor bel sohasidagi og’riqqa shikoyat qildi. Rentgen tekshiruvida III-IV bel umurtqalarining ravoqlari va o’tkir qirrali o’siqlarida yoriqlar ko’rindi. Savol: Suyaklardagi bunday yetishmovchilik qanday ataladi? Javob: Spina bifida 65. Bemorda boldirning ichki o’rta sohasi shikastlangan. Savol: Boldirning qaysi anatomik qismi shikastlangan? Javob: Katta boldir suyagi diafiz qismi. 66. Rentgenogrammada bilak-tirsakning lateral o’rta sohasida sinish aniqlandi. Savol: Bilak-tirsakning qaysi suyagi va qaysi qismi shikastlangan? Javob: Bilak suyagi diafiz qismi. 67. 10 yoshli bolada XII ko’krak umurtqasi sohasida orqada orqa miya churrasi aniqlandi. Savol: Ko’krak umurtqalari qaysi anatomik tuzilmalari birlashmaganligi (yorig’i) bu holatga olib keladi? Javob: Umurtqa ravoqlari va o’tkir qirrali o’siqlari. 68. 12 oylik bola tekshirildi. Bola normal rivojlangan, harakatlari faol, boshini tutadi, tura oladi
Savol: Umurtqa pog’onasi qaysi bukilmalari shakllangan? Javob: Bo’yin, bel - lordozi, ko’krak, dumg’aza - kifozi. 69. Bola oyoq panjasi rentgenogrammasida yon ponasimon suyagida suyaklanish nuqtasi aniqlangan. Savol: Bolaning yoshi nechada? Javob: 1 yosh 70. homilador ayol - 29 yoshda, vrach-akusher chanoq o’lchamlarini aniqladi. U sirkul yoldamida o’ng va chap yuqorigi oldingi yonbosh suyagi qirralari oraliqini o’lchadi. Savol: Chanoqning qaysi o’lchami aniqlandi? Javob: Distantia spinarum 71. qari yoshdagi bemorda qo’l suyagining to’rtinchi marta sinishi kuzatildi. Savol: Bu yoshda suyakdagi qaysi moddalarning ko’payishi suyakning mo’rtligiga olib keladi? Javob: Anorganik moddalar. 72. Jabrlanuvchida avtohalokat tufayli chanoq suyagi oldingi pastki sohasida va yopqich teshigi pastki yarim aylanasi sohasida singan. Savol: qaysi suyaklar shikastlangan? Javob: qov suyagi pastki butog’i va o’tirg’ich (quymich) suyagi butog’i. 73. 25 yoshli ayol poliklinikaga yiqilgandan keyinumurtqa pog’onasi eng pastki sohasidagi og’riqqa shikoyat bilan keldi. Palpasiyada shu sohada qattiq harakatchan shish, ko’karish aniqlandi. Savol: Vrach qaysi suyak sinishini aniqladi? Javob: Dum umurt?asi - os coccygea. 74. 70 yoshli erkak yiqilganda son suyagi sindi. Savol: Bunday yoshdagi odamlarda ko’pincha son suyagining qaysi qismi sinadi? Javob: Bo’yni - collum femoris. 75. Yaralangan bemor uyqu arteriyasidan qon ketmoqda. Vaqtinchalik qonni to’xtatish uchun uyqu arteriyasini bo’yin umurtqasi ko’ndalang o’sig’i do’mbog’iga bosish lozim. Savol: Uyqu arteriyasi qaysi bo’yin umutrqasiga bosiladi? Javob: VI 76. 78 yoshli ayol yaxlagan ko’chada sirpanib yiqilib, erkin oyoq qismida shikast oldi. Shikastlangan suyak boshchasi oziqlanishi buzilgan. Palpasiyada shu sohasi shishish, og’riq, gematoma aniqlandi. Savol:qaysi suyak shikastlangan? Javob: Son suyagi - os femur 77. Bola rentgenogrammasida son suyagi boshchasida bitta suyaklanish nuqtasi aniqlandi. Savol: Bolaning yoshi nechada? Javob: 1 yosh 78. Erkakda o’ng kurak pastki sohasida qovurg’alar sinishi aniqlandi. Savol: qaysi qovurg’alar shikastlangan? Javob: VI-VII qovurg’alar. 79. Futbol o’yini paytida o’yinchi tizza bo’g’imida shikast oldi. Rentgen tasvirda 4 boshli muskul payi ichidagi suyak sinishi aniqlandi. Savol: qaysi suyak shikastlangan va u qanaqa suyaklar gurh?iga kiradi? Javob: Tizza qopqog’i - patella, sesamasimon suyaklar guruhiga. Kalla suyagi buyicha vaziyatli masalalar (uzb) 80. O’likni sud - tibbiy tekshiruvida ensa suyagi yuqorigi gardon chizig’i yuqorisida sinishi aniqlandi. Savol: Aytingchi, kalla suyagi qaysi ko’z qismi shikastlangan? Javob: kalla suyagi tom qismi. 81. Kalla suyagi asosi oq?a chuqurligi sohasidagi sinish og’ir oaibatlarga olib keldi. Savol: Ushbu chuqurlikni hosil qiluvchi suyaklarni ayting Javob: Orqa kalla chuqurligini ensa va chakka suyaklari hosil qiladi. 82. Ma'lumki, odam yig’laganda (ko’z yoshi suyuqligi oqqanda) ko’z kosasi va burun bo’shlig’idagi tutashganligi tufayli burundan tiniq suyuqlik oqadi. Savol: Ko’z kosasi va burun bo’shlig’i qanaqa anatomik tuzilma orkali birlashgan? Javob: Burun - ko’z yoshi kanali. 83. Burun to’sig’ining qiyshayishi ko’p noqulayliklarga olib keladi(nafas olishning qiyinlashishi). Bu holat jarroxlik yo’li bilan tuzaladi. Bu esa burun to’sig’i anatomiyasini bilishni talab qiladi. Savol: Burun to’sig’ini hosil qiluvchi suyaklarni aytib bering. Javob: g’alvir suyagi perpendikulyar plastinkasi va dimoq suyagi 84. Bemorda yelka suyagining o’rta qismi sinishi aniqlandi. Savol: Bunday sinishda qaysi nerv shikastlanishi ehtimoli bor? Buni anatomik asoslang. Javob: Bilak nerv - n. Radialis 85. Ajdodlarimizda qo’l janglarida chakka chakka sohasiga urish taqiqlangan. Savol: Nima uchun? Anatomik asoslang. Javob: Chakka va chakka suyagi sohosidagi anatomik tuzulmalar shikastlanadi. 86. Klinikaga pastgi jag’ sinishi bilan 2 ta bemor tushdi. Ularda tilininig oldingi 2/3 qismida bir tomonlama sezish yo’qolgan. Savol: Bu holatni anatomik ji\hatdan qanaqa tushuntirish mumkin? Javob: Bemorda bir tomonlama V, VII juft bosh miya nervlari jarohatlangan. 87. Bemorda yelka suyagi medial dshngligi sohasida sinish ro’y bergan. Savol: Bu holatda qaysi nerv shikastlanishi ehtimoli bor? Anatomik asoslang. Javob: Yelka suyagi medial do’ngligi tirsak nevi - n. Ulnaris aylanib o’tgani uchun bemorda bu nerv shikastlanishi ehtimoli bor. 88. Bemorda qo’l panjasida kesilgan jarohat tekshirilganda oraliq nerv n. Medianus ning kaftdagi harakatlanuvchi I nchi nervi shikastlangani aniqlandi. Savol: Bu bemorda qanaqa holatlar bo’lishi mumkin? Javob: 1 nchi barmoq harakati buziladi. 89. Amaliy mashg’ulotda talabaga suyak berildi: uning katta va kichik qanotlari va qanotsimon o’siqlari bor. Savol: 1) Bu qaysi suyak? 2) U kalla suyagi qaysi qismida joylashgan. Javob: 1) Bu ponasimon suyak - os sphenoidale 2) U kalla suyagi ichki asosida joylashgan. 90. Bemorda bo’lib o’tgan respirator - virusli infeksiyadan keyin burun usti, peshona do’ngi sohasidagi og’riq o’tib ketmayapti. Savol: Asorat qaysi suyakda joylashgan? Javob: Bu peshona suyagi kavaki - sinus frontalisda 91. Bemorda peshona kavagi yallig’langan. Savol: Infeksiya qayerdan kelgan? Javob: O’rta burun yo’lidan 92. Og’ir jarohatdan so’ng xushsiz yotgan bemorning tashqi eshituv yo’lidan qon ketmoqda. Savol: 1) Kalla suyagi qaysi suyagi qaysi suyagi shikastlangan? 2) qon ketishni qanday tushuntirish mumkin? Javob: 1) Chakka suyagi - os temporalis 2) Uyqu kanali shikastlangan. 93. Bokserlarda ko’pincha yonoq ravog’i sinadi. Savol: 1) Yonoq Ravog’i qanaqa hosil bo’ladi? 2) Kalla suyagi qaysi chuqurligini u chegaralaydi? Javob: 1) Yonoq ravog’i chakka suyagi yonoq o’sig’i va yonoq suyagi chakka o’siqidan hosil bo’ladi. 2) Chakka chuqurligini chegaralaydi. 94. g’alvir suyagidagi yiringli jarayonni davolatmaslik ko’z kosasi sohasida asoratlarga olib keldi.
Savol: 1) Bu faktni qanday tushuntirish mumkin? 2) g’alvir suyagi ko’z kosasiga qaragan qismi qanday ataladi? Javob: 1) Yiring g’alvir suyagi oldingi va orqa teshiklari orqali ko’z kosasiga o’tadi. 2) g’alvir suyagi ko’z plastinkasi - lamina orbitalis os ethmoidale 95. O’z vaqtida davolanmagani uchun bemorning ko’z kosasi sohasidagi yiringli jarayon qanot - tanglay sohasiga o’tgan. Savol: Bu holatni anatomik jihatdan qanday tushuntirasiz? Javob: Ko’z kosasi qanot - tanglay chuqurligi bilan ko’zning pastgi yorig’i (fissure orbitalis inferior) orqali tutashgan 96. Bemorning yuqorigi jag’ sohasida shikastlangan. Travmatolog sinishga taxmin qildi. Savol: Ko’pincha qaysi anatomik tuzilma sinishi mumkin? Javob: Gaymor bo’shlig’i 97. Bemorda chakka suyagi so’rg’ichsimon o’sig’i katakchalari yallig’langan (mastoidit). Bu holat Lor - vrachlar amaliyotida tez - tez uchraydi. Savol: 1) So’rg’ichsimon o’siq eng katta katakchasi nima deyiladi? 2) Bu katakcha nog’ora bo’shlig’iga nisbatan qanday joylashgan? Javob: 1) Eng katta katakchasi - So’rg’ichsimon o’sog’i g’ori - antrum deyiladi. 2) Bu \g’or nog’ora bo’shlig’i orqa devorida joylashgan.
98. Travm.punktga bola olib kelindi, unda nutq buzilgan, og’iz yorig’i ochiq, tishlari qatori qiyshaygan. Savol: 1) qaysi suyak shikastlangan. 2) Tishlar suyakning qaysi qismida joylashadi? Javob: 1) Pastki jag’ shikastlangan. 2) Tishlar jag’ suyagi alveolyar o’sig’i katakchalarida joylashgan. 99. Kalla suyagi- miya jarohati bulgan bemor bolada yuz nervi parezi, karlik, vestibulyar buzilishlar ani?landi. Savol: 1) Kalla suyagi qaysi suyagi shikastlangan? 2) Aniq qaysi soha? Javob: 1) Chakka suyagi piramida (toshsimon) qismi 2) Yuz nervi kanali va nog’ora bo’shli?i. 100. Avtohalokatda jabrlangan bolada "ko’zoynak" simptomi - ko’z atrofiga qon quyilishi aniqlandi. Savol: Kalla suyagi qaysi qismi shikastlangan? Javob: Ko’z kosasi shikastlangan. 101. Ajdodlarimizda qo’l janglarida chakka sohasiga urish taqiqlangan. Savol: Nima uchun? Anatomik asoslang Javob: 1) chakka suyagi palla qismi yupqa, tez sinadi. 2) Bu chakka suyagi piramidasi butunligining buzilishiga olib kelishi mumkin. 102. Bemorda kalla suyagi ichki asosi chuqurligi sohasi sinishi: unda hid bilish buzilgan, burundan tiniq suyuqlik oqmoqda. Savol: Ushbu holatni anatomik jixatdan tushuntiring. Javob: 1) Chunki kalla suyagi ichki asosi old sohasida g’alvir suyagi plastinkasi teshiklaridan hidlov nervlari o’tadi. 2) Tiniq suyuqlik bosh - orqa miya suyuqligi - likvor bo’lib, u subaraxnoidal bo’shlig’dan kelmoqda. 103. Klinikaga yuqori jag’ suyagi bo’shlig’i o’tkir yallig’lanishi - gaymorit bilan bemor kelgan. Vrach uni punksiya qilishdan oldin, rentgen tekshiruviga yubordi. Savol: Nima uchun? Javob: 1) Vrach yuqori jag’ suyagidagi tishlarning qon tomir, nervlarining bo’shliqqa nisbatan yo’nalishini bilib olishi lozim. 2) Gaymor bo’shlig’i devori yupqa yoki ayrim hollarda umuman bo’lmasligi mumkin. 104. Bemor bolada shamollashdan keyin quloq suprasi orqasida va boshida kuchli og’riq paydo bo’ldi. Savol: Bolada qanaqa asorat ehtimoli bor? Javob: Infeksiyaning burun bo’shlig’idan, o’rta quloqqa va chakka suyagi so’rg’ichsimon o’sig’i sohasiga tarqalishi - mastoidit. 105. Bemorda chakka osti chuqurligi sohasida yiringli jarayon ketmoqda. Savol: Bu holat nimasi bilan xavfli? Javob: Chakka osti chuqurligi teshiklari orqali kalla suyagining muhim tuzilmalari: ko’z kosasi, burun bo’shlig’i, qanot - tanglay chuqurliklari bilan tutashgan, yiring sohalarga tarqalishi mumkin. 106. Pastki jag’ jarrohligida uning do’ngli o’sig’ini ajratishning xavfli jihatlari bor. Savol: qaysi suyak shikastlanishi mumkin? Javob: Chakka suyagi tuzilmalari shikastlanishi mumkin. Chakka osti chuqurligidagi tuzilmalar shikastlanishi mumkin. 107. Avtohalokatda jabrlanuvchining chakka suyagi palla qismi shikastlandi. Savol: Bunday jarohat nimasi bilan xavfli? Javob: Chakka suyagi piramidasi butunligi butunligi buzilishi mumkin. 108. Bosh soxasi jaroxatida ponasimon suyak katta qanoti orqa qirrasi sindi. Operasiya paytida kuchli arterial qon keta boshladi. Savol: 1) Ponasimon suyak qaysi qismi shikastlangan 2) qaysi arteriyadan qon ketdi? Javob: 1) qirrali teshik -foramen spinosum 2) a. meningea media 109. Bemorda ko’z kosasi pastki devorida yiringli yara bor. Davolvchi vrach yiringni qanot – tanglay chuqurligi sohasiga o’tishi mumkinligini aytdi. Savol: Bu holat qaysi teshik orqali o’tishi mumkin? Javob: Ko’z kosasi pastki yoriqi orqali. 110. Ko’krak yoshdagi bola emizilganda sut burundan chi?ib ketmo?da. Savol: Bola kalla suyagida qanaqa tug’ma defektga ega? Javob: "Bo’ri tanglay" - embriogenezda yuqori jag’ tanglay o’siqlarining birlashmay qolishi. 111. Bosh sohasidagi shikastlanish ponasimon suyak katta qanoti qon- tomir va nervlari jarohatlariga olib keladi. Savol: Ponasimon suyak katta qanotidagi qon tomir va nervlari o’tadigan teshiklarni ayting Javob: Yumaloq teshik (foramen rotundum) Oval teshik (for. ovale) qirrali teshik (for. spinosum) 112. Murda tekshirilganda, aniqlandiki, o’lim sababi bosh miya pardalari yallig’lanishi bo’lib, yiringli jarayon kalla suyagi ichiga ensa suyagidagi venoz teshik orqali o’tgan. Savol: Bu kanal qanday ataladi? Javob: Do’ngli kanal - canalis condularis, fossa cranii posterior ga ochiladi. 113. Tepa suyagi ichki yuzasi qo’shilganda o’ziga xos tuzilishni ko’ramiz, ya'ni suyakning saggital qirg’og’i bo’ylab joylashgan xar hil o’lchamdagi egatlar va chuqurchalar. Savol: 1) Bu egatlar va chuqurchalar qanday ataladi? 2) Ular qanday paydo bo’lgan? Javob: barmoqsimon chuqurchalar - impression digitatae (miya egat va pushtalari izlari), arteriyalar egatlari - sulci arteriosi; sulcus sinus sagittalis superior -miya pardasi katta o’rog’i birikadigan joy. 114. Yonoq ravog’i chegaralaydigan chuqurlarni ayting Javob: Yonoq Ravog’i chakka chuqurligini chegaralaydi. 115. g’alvir suyagidagi yiringli jarayon etmoidit davolanmaslik oqibatida ko’z kosasiga o’tadi. Savol: 1) g’alvir suyaging ko’z kosasidan ajratib turuvchi qismini ayting. 2) Bu suyak plastinka ko’z kosasi qaysi devorida joylashgan? Javob: Bu plastinka - lamina orbitalis ossis ethmoidalis deyiladi, u g’alvir suyagi lateral devorini, ko’z kosasining medial devorini tashkil qiladi. 116. Chakka suyagi piramida qismi murakkab tuzilishga ega. Savol: 1) Uning bo’yintiriq chuqurchasini uyqu kanali tashqi teshigidan ajratuvchi chuqurcha qanday ataladi? 2) Bu chuqurchada qanaqa anatomik tuzilma joylashgan? Javob: 1) Toshsimon chu?urcha - fossula petrosa -til-yutqin nervi pastki tuguni joylashadi 2) Bu chuqurcha tubidan nog’ora kanalchasi boshlanadi. 117. Ko’pincha klinik praktikada burun bo’shlig’i shilliq qavatining yallig’lanishi yuqorigi jag’ kavagi yallig’lanishiga olib keladi (gaymorit). Bu holat bu ikkala bo’shliqlarning bir-biri bilan tutashganligi bilan bog’liq. Savol: Aytingchi, qanaqa teshik orqali, qaysi burun yo’liga gaymor bo’shlig’i ochiladi? Javob: Gaymor bo’shli?i ( sinus maxillaris) o’rta burun yo’liga ochiladi (meatus nasi medius) 118. Yuqori jag’ suyagi oldingi yuqorigi sohasidagi (shu sohadagi teshik zonasi) shikastlanishi, bemorda lab, burun qanotlari sohasi innervasiyasining buzilishiga olib keladi. Savol: 1) Bu teshik qanday ataladi? 2) Bu jolatni anatomik asoslang. Javob: 1) Yuqorigi jag’oldingi yuqorigi sohasida (margo infraorbitalis) -ko’z osti teshigi - foramen infraorbitalis joylashgan. 2) Bu teshik orqali yuqorigi lab va burun yon sohalarini innervasiya qiluvchi nervlar o’tadi. 119. Burun sohasi travmasi ko’pincha burun suyaklarining sinishi va burun suyanchig’i butunligining buzilishiga olib keladi. Savol: Aytingchi, burun qaysi suyaklardan tashkil topgan? Javob: Burun suyagi (os nasale) va tog’aylardan (cartilage nasi) tashkil topgan. 120. Ko’z kosasi medial devori oldingi qismi travmasi yoki kasalliklari jiddiy asoratlarga olib keladi. Savol: Ushbu holatda qaysi kanal shikastalnishi mumkin? Javob: Burun - ko’z yoshi kanali - canalis nasolacrimalis 121. Kriminalistikada, arxeologiyada odam yoshini taxminlashda uning pastgi ja?i burchagi o’lchami ahamiyatga ega. Savol: Pastki jag’ suyagi burchagi o’lchami bolalikda, yetuk yoshda, qarilik yoshda qanaqa xususiyatlarga ega. Javob: Bolalik davrda pastki jag’ burchagi o’tmas butog’i kalta, "orqaga surilgan". Yetuk yoshda burchak to’g’ri, vertikal holatda joylashgan. qari yoshda doimiy tmshlar tushib ketgani uchunpastki jag’ buchagi yana o’tmas, alvelyar qismi atrofiyaga uchragan. 122. Murda sud - tibbiy tekshirilganda ensa suyagi eng yuqorigi gardon chizig’idan singanligi aniqlandi. Savol: Aytingchi, ushbu holatda kalla suyagi tomi yoki asosi shikastlangan bo’lishi mumkinmi? Javob: Kalla suyagi tom qismi shikastlanadi. 123. Sud - tibbiy tekshiruvida bosh suyagi travmasida yirtiq teshik sohasidan singanligi va hayotiy muqim tuzilmalarning shikastlanganligi aniqlandi. Savol: 1) Nima uchun bu teshik "yirtiq teshik" deyiladi. 2) qaysi suyaklar teshikni chegaralaydi? Javob: 1) Teshikning chetlari notekisligi tufayli. 2) pars petrosae ossis temporalis, corpus ossis occipitalis, ala major ossis sphenoidalis. 124. Ko’z kosasidagi yallig’lanish jarayoni tegishli davolash choralari olib borilmasa qanot- tanglay va chakka osti chuqurligiga o’tishi mumkin. Savol: qanaqa anatomik yoriq o’shbu sohalarni bog’laydi va u ko’z kosasiqayerida joylashgan? Javob: Pastki yorig’i - fissure orbitalis inferior, u ko’z kosasi lateral va pastki devori oraligiida joylashgan. 125. Kalla suyagi rentgen tekshiruvida old sohada burun bo’shlig’i yon tomonida, ko’z kosasi ostida, har doim "qoramtir" uchastka aniqlandi. Savol: Bu qanaqa anatomik uchastka? Javob: Bu yuqorigi ja?g’kavagi - Gaymor bo’shlig’i - sinus maxillaris I.Sindesmologiya. 126.qabul bo’limiga,elka suyagi bo’g’imidan chiqib ketgan bemor murojat qildi.Gapiga qaraganda bunday xolat unda tez-tez kuzatiladi. Savol:Aytingchi,elka bo’g’imi sohasida,qaysi boylamning ba'zida bo’lmasligi bunga sabab bo’lishi mumkin?. Javob:lig.glenohumerale medius. 127.Kesi qilib yelka bo’g’imini ochayotgan jarroh,bo’gim ustida tumshuqsimon va akromial o’simtalar orasida tortilgan boylamga duch keldi. Savol:Bu boylam qanday nomlanadi? Javob:lig.coracoacromiale. 128.Tirsak chuqurchasi xosilalarini ochish uchun kesib kirib borilayotganda,xususiy fassiyaning boylam ko’rinishidagi qalinlashgan joyi kesildi. Savol:Bu anatomik tuzilmaning nomi nima? Javob:aponevrosism.bicepitisbrachii. 129.Tirsakbo’g’iminiochayotganda,jarroh bilaksuyagiboshchasinio’rabturganboylamning jarojatlanganlig inianiqladi. Savol:qanday boylam jarohatlangan? Javob:lig.annulare radii. 130.Chanoq-son bo’g’imini ochayotgan jarroh,bo’g’im kapsulasining oldida yotgan eng baqquvvat boylamni kesib o’tdi. Savol:Jarroh qanday boylamni kesdi? Javob:lig.iliofemorale. 131.Tizza bo’g’imini ochish uchun, tizza qopqog’idan pastda yotgan boylam kesildi. Savol:Bu kesilgan boylamning nomini ayting. Javob:lig.patellae. 132.Lisfrank bo’?imi(art. Tarsometatarseae)ni ochish uchun bo’g’im kaliti bo’lmish boylamni kesish kerak. Savol:.Bu qanday boylamligini aniqlang? Javob:lig.cuneometatarseum interosseum secundum. 133.Oyoq panjasi shikastlangan bemorni keltirishdi.Rentgenogrammada kaft oldi Shopar(art.tarsi transversia) bo’g’imining kengayib qolganligi aniqlandi. Savol: qaysi boylam bu bo’g’imining kaliti xisoblanadi? Javob:lig.bifurcatum. 134.Jabrlanuvchining oyoq-kafti soxasida jaro?at bo’lib,bunda tovon suyagidan boshlanib,2-3 kaft suyaklari asosiga yelpig’ich ko’rinishida yoyilib borib birikuvchi boylam uzilgan. Savol:Boylamning nomini ayting. Javob:lig.plantare longum. 135.Neyroxirurgik operasiyada,umurtqalarning ravoqlarini birlashtiruvchi boylam kesildi. Savol: Umurtkalar ravoklarini kaysi boylam birlashtiradi? Javob:lig.flavum. 136. Ko’l sohasidagi ko’p uchraydigan shikastlardan biri yelka yelka bo’g’imi soxasidagi chiqishlar xisoblanadi. Savol: Aytingchi, yelka bug’imidagi chiqishlarga kaysi anatomik faktorlar sabab bo’ladi? Javob: Bo’gim aylana boylam bilan mustaxkamlangan (mustaxkam bu?im emas). 137. 7 -yoshli qizchani onasi jarrox qabuliga olib keldi. Tashriflari sababi, onasining aytishicha qizchaning tirsak bugimida yozish 160° dan ko’p. Ammo lekin jarrox bu xolatni patologiya deb xisoblamadi va xavotirga tushgan onani tinchlantirdi. Savol: Nima uchun vrach qizchaning tirsak bugimidagi yozishning 160° dan ortiqligini patologiya deb xisoblamadi? Javob: Yelka suyagi distal uchi va bilak- tirsak proksimal uchi ko’plab alohida suyaklanish nuqtalaridan rivojlanadi. Yelka suyagining trochlea va tirsak suyagining olecranon soxasida ko’plab aloxida suyaklanish nuqtalari va suyak fragmentlari bo’ladi. Shuning uchun vrach tursak bugimida yozishning 160° dan ortiqligini patologiya deb xisoblamadi. 138. Bemorda tuberkulez kasaligi sababli son suyagi boshchasi boylami yemirilgan. Savol: Agar bemorda jarroxlik davosi o’tkazilmasa, bemorda qanaqa og’ir asorat bo’lishi mumkin?
Javob: Son suyagi boshchasi to’kimalari chirishi,nekrozi. 139. Chanok- son bo’gimi sharsimon bo’lishiga qaramasdan harakatlari xajmi chegaralangan. Savol: Buning sababi nimada? Javob: Boylamlarning ko’pligi, bo’g’im yuzalarining qavariqligi va konguruentligi bo’gimdagi harakatni chegaralaydi. 140. Sportchi nokulay yiqilgani sababli, chanokning yopkich pardasini yopuvchi tashki yopkich muskuli shikastlandi. Savol: Chanok- son bo’g’imida kaysi funksiya buzildi? Javob: Sonni tashqariga burish buziladi. 141. O’smirning chanok suyagi rengenografik tekshiruvida kov va o’tirg’ich suyaklari birlashgani, lekin yonbosh suyaklari bilan birlashmaganligi aniqlandi. Savol: O’smirning yoshi nechada? Javob: 13 yosh, chunki bu suyaklar birlashuvi 14- 16 yoshda bo’ladi. 142. Sportchi uzunlikka sakraganda orqaga keskin yiqilib, chanok- son bo’g’imida kuchli og’rik sezdi. Travmatolog teshkirganda u soniniyoeza olmayotganligini anialadi. Savol: Chanok- son bo’g’imida qaysi boylami cho’zilib, shikastlangan? Javob: Lig. Iliofemorale. 143. Ortoped kabuliga kelgan bemor tizza bo’g’imidagi og’riqqa shikoyat qildi. Vrach bemorga tizza bo’gimida oyogini aylantirishni so’radi. Savol: Tizzani qachon aylantirsa bo’ladi? Javob: Oyokni tizza bo’gimida bukkan xolda aylantirsa bo’ladi. 144. Jarrox shikastlangan oyoq panjani Shopar bo’g’imi soxasida kesib ajratib olishi lozim. Savol: Jarrox kaysi boylamni kesishi lozim bo’ladi? Javob: Ikkilangan boylam- lig. Bifurcatum. 145. Umurtka pogonasi birlashishlari preparatni tayyorlash paytida umurtka ravoqlari orasida sariq to’qima ko’rindi. Savol: 1) Bu nima? 2) Bu anatomik tuzilma funksiyasi qanaqa? Javob: 1) Bu sariq elastik boylam- lig. Flavum. 2) Bu boylam umurtqa pogonasi bukulishini tormozlaydi va amortizasiya jarayonida qatnashadi. 146. Malumki, umurtqa pogonasi turli xil xarakatlarni bajaradi. Savol: 1) Umurtqa pog’onasi orqaga yozilishini qaysi boylam chegaralaydi? 2) Bunda umurtqalararo disk qanaqa o’zgaradi? Javob: 1) Umurtqa pog’onasi orqaga yozilishini oldingi bo’ylama boylam- lig. longitudinalis anterior chegeralaydi. 2) Umurtkalararo disk qalinligi orqa tomonda kamayib, old tomonda ko’payadi. 147. Bemorda tizza bo’g’imidagi travma sababli bukilgan tizza bo’g’imida suyaklar o’zaro oldinga va orqa tomonga siljigan. Savol: Kaysi boylamlar uzilgan? Javob: Bo’g’im ichidagi xojsimon boylamlar- lig. cruciatum anterior et posterior lar. Chunki bu boylamlar suyaklarni o’zaro ushlab turadi. 148. Jismoniy tarbiya darsida o’kuvchi sakragan paytida tizza bo’gimida kuchli oqriq sezdi. Savol: 1) Og’riqnini nima bilan bog’lash mumkin? 2) Bo’g’im ichi yordamchi apparatlarini sanab bering. Javob: 1) Bo’g’im ichi yordamchi apparatlari shikastlangan. 2) Bularga menisklar va bo’g’im ichi xochsimon va ko’ndalang boylamlari kiradi. 149. Rengenologik tekshiruvda bemor umurtqa pog’onasi ko’krak qismida umurtqalararo disk churrasi aniqlandi. Savol: Umurtqalararo birlashishning kaysi turi patologik o’zgarishga uchragan? Javob: Sinxondroz. 150. Jarroxlik oprasiyasida bemor umurtqa pog’onasi ravoqlari va ular orasidagi boylam olib tashlandi. Savol: Bu qanaqa boylam? Javob: Sarik boylam- lig. Flavum. 151. Travma olgan bemor rentgenogrammasida umurtqa pogonasi bel qismi shikastlangani aniqlandi. Savol: Umurtka tanalari sohasidagi qaysi anatomik tuzilmalar shikastlangan? Javob: Umurtqalararo disk, bo’ylama boylamalar. 152. Bemorda travma sababli o’mrov suyagi to’shga qaragan uchi uzilgan. Savol: Bu xolda kaysi boylamlar uzilgan? Javob:Lig. Costoclavicularis, lig.
Sternoclavicularis anterior et posterior, lig. Interclavicularis. 153. 5 yoshli bolada kalla suyagidagi katta liqildogi bitishmagani aniqlandi. Savol: Bu xolat normami yoki yo’q, liqildoqning bitishi mudati kachon? Javob: 2 yoshlik davrda. 154. Bolaning yoshi 2 da. Onasi pediatrga murojat kilib boshining tepa qismida yumshoq qismini ko’rsatdi. Savol: Bolada kaysi liqildogi bitishmagan? Javob: Oldingi- peshona liqildogi. 155. Shikastlangan bemorda 2- la tomonida chakka pastki jag bo’g’imida chiqish aniqlandi. Savol: Bo’?imning qaysi asosiy boylamlari shikastlangan? Javob: Lateral boylam- lig. Laterale. 156. 20-yoshli talaba suvga kalla tashlaganda boshi bilan toshga urilib, halok bo’ldi. O’lik tekshirilganda atlant- o’k umurtqa bo’g’imi shikastlanishi, orka miya jarohati aniklandi. Savol: Birinchi navbatda qaysi boylam shikastlangan? Javob:Lig. Cruciformeaatlantis. 157. Pastki jag- chakka bo’gimidagi chiqishni travmatolog tuzatish uchun pastki jag’ini pastga tortishi lozim. Savol: Bu xolda pastki jag qaysi anatomik tuzilmaga suyanadi? Javob: Chakka suyagi do’mbogi- tuberculum articulare. 158. Jabrlanuvchida yelka bo’g’imida chikish sodir bo’ldi. Savol: Suyaklarning qaysi yuzalari anatomo- fiziologik normadan chiqqan? Javob: Yelka suyagi boshchasi va kurak bo’g’im yuzasi. 159. Bemorda travma natijasida bilak suyagi boshchasi jaroxat olgan, jarrox operasiyada suyakning majaqlangan boshchasi va maydalanib uzilgan boylamlarni olib tashlashga majbur. Savol: Ushbu holatda qaysi boylamlar olib tashlanadi? Javob:Lig.anulare radii va lig. sollaterale radii. 160. 10 yoshli bemor bola travmpunktga bilak- tirsak soxasida sinish bilan olib kelindi. Bola shu soxada supinasiya va pronasiya kila olmayapti. Savol: Kaysi bo’g’imlarda ushbu xarakatlar bajariladi? Javob:Art. Radioulnaris proximalis Art. Radioulnaris distalis. 161. Chanok rentgenogrammasida chanoqning 3- la suyagi aloxida ko’rindi, ular orasidagi togay ko’rinmadi. Savol: Ushbu holat kaysi yoshga xos? Javob: 16 yoshgacha 162. Ayolda tug’ruk jarayonida qov suyaklari ajralib ketdi. Savol: Suyaklardagi qaysi birlashish turi shikastlandi? Javob: Simfiz. 163. Son suyagi boshchasi sinishi tufayli operasiya qilinayotgan bemor bo’g’im haltasi kesib ochilganda bo’g’im bo’shlig’ida qon aniklandi . Savol: Chanok- son bo’g’imi qaysi boylami shikastlangan? Javob :Lig. sapitis femoris. 164. Alpinist tog’dan tushayotganda yiqilib tizza bo’g’imi shikastlandi. Tekshirilganda katta boldir suyagi lateral tomonga qiyshaygani aniqlandi. Savol: Tizza bo’gimi kaysi boylami uzilgan? Javob: Medial kollateral boylam- lig. collaterale mediale. 164. Sportchilarda ko’pincha tizza bo’g’imi menisklari shikastlanadi. Savol: qanaka shikastlanish mexanizmda medial va lateral menisklar sinadi? Javob: Tizzani tashqariga keskin burilganda- medial menisklar, ichkariga burilganda- lateral menisklar sinadi. 165. 45 yoshli erkak o’ng tizzasiga yiqildi va tizza bo’g’imi kuchli og’riq sezdi. Tekshirilganda tizza bo’gimi oldingi yuzasida shishish, harakat paytida ,,qisirlagan" tovush paydo bo’layapti. Savol:qaysi suyak jaroxatlangan? Javob:Tizza qopqog’i 166. Jarroh Lisfrank bo’g’imida oyok panjaning bir kismini olib tashlashi lozim. Savol: U kaysi boylamni kesishi lozim bo’ladi? Javob:Lig. cuneo- metatarsi interossea medialis. 167. Pasient yugurish paytida qoqilib, boldir- oyok panja bo’g’imini shikastladi. Bemor tekshirilganda medial to’piq ostida shish aniklandi. Savol: Kaysi boylam shikastlanganligi extimoli bor? Javob: Deltasimon boylam- lig. deltoideum.. 168. 6yoeshli bola o’tkir predmet ustiga yiqilib boldir sohasi yumshoq to’qimasi kesilib, shikastlandi. Savol:Suyaklararo kaysi birlashish turi shikastlangan? Javob: Membrana- membranae interossea. 169. Bazi Afrika xalqlari bolalarida son suyagi boshchasining chanoq -quymich kosasiga tushmay kolishi kasaligi (displaziya) uchramas ekan. Savol: Nima uchun? Javob: Onalari bolalarini oyoklarini ochilgan, ayrilgan holda ko’tarib yrishlari Download 487.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling