Mangu yorug‘ maskanim manim
Download 19.07 Kb.
|
1 2
Bog'liqА.Орипов. Умидага
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O’zbekiston” qasidasini
MANGU YORUG‘ MASKANIM MANIM Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishdanadi Ma’lumki, badiiy adabiyotda bitmas-tuganmas ma’rifiy, axloqiy, ma’naviy, badiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ular o‘quvchi shaxsini tarbiyalash jarayonlaridaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Adabiyot so‘z san’ati sifatida inson ruhiyati, his-tuyg‘ulari, tafakkurini, ma’naviy dunyosini boyitishda eng kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Aynan adabiy ta’lim o‘quvchilarni his-tuyg‘ulari orqali bilishga, tafakkur qilishga, go‘zallikni ko‘ra olishga, dunyoga, hayotga bo‘lgan munosabatini shakllantirishga imkon yaratadi. Badiiy asarni o‘rganishda o‘quvchilarni badiiy ijod olamiga olib kirishga, ularda vatanimiz tarixiy madaniyati, adabiyoti, san’atini o‘rganishga qiziqish hissini, ijodkorning vatanimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan faxrlanish, g‘ururlanish tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu boisdan ham ta’lim bosqichlarida adabiyot fanini o‘qitish muhim o‘rin tutadi. Zero, adabiy asarlarni o‘rganish orqali o‘quvchiga nafosat tarbiyasi singdiriladi. Badiiy tarbiya adabiyot fanini o‘qitish orqali fanga oid muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarda shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ayni chog‘da o‘quvchining olam ranglari, hayotning mohiyati, go‘zallik tushunchalarini anglab yetishiga ko‘maklashadi. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchi hissiyoti tarbiyalanadi. Uning go‘zallik haqidagi tushuncha va tasavvurlari takomillashtiriladi. Bu borada badiiy asar tahliliga tayanib ish olib boriladi. Badiiy asarlar tahlili orqali o‘quvchining mustaqil fikrlash salohiyati o‘sadi, og‘zaki va yozma nutqi takomillashadi, o‘quvchida o‘z fikrlarini ilmiy-amaliy jahatdan asoslash malakalari shakllantiriladi. Hammani bir qolipda fikrlashdan ozod qilib, ma’lum mavzu yuzasidan rang-barang fikr mulohazalar yuzaga kelishida eng samarali hisoblangan tahlil usullariga tayanib ish yuritilsa, adabiy ta’lim o‘zining bosh maqsad muddaosiga erishadi. Adabiyot faniga tegishli o‘quv dasturlari va darsliklarda asosan o‘quvchilarning ruhiy-ma’naviy dunyosini boyituvchi didaktik mazmundagi asarlarni taqdim etishga harakat qilinadi. Jumladan, iste’dodli ijodkor, o‘zbek xalqining sevimli shoiri Abdulla Oripov adabiy merosi ham yosh avlodda milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini kamol toptirishda, badiiy nafosatini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Shunga muvofiq shoir hayoti va ijodi ta’lim bosqichlarida atrofilicha o‘rganib boriladi. Xususan, umumiy o‘rta ta’limning 5-sinfida adibning hayotiy va ijodiy faoliyati hamda “O’zbekiston” qasidasini o‘rganish rejalashtirilgan. Shuningdek, mustaqil o‘qish uchun shoirning “Qushcha”, “Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi” kabi she’riy asarlari ajratilgan. Jumladan, “O’zbekiston” qasidasi Abdulla Oripovning vatanga muhabbat va sadoqat chuqur targ‘ib etilgan eng mashhur she’rlaridan hisoblanadi. Har bir bandi 10 misradan (mumtoz adabiyotda muashshar deb yuritiladi), jami 14 band (140 misra)dan iborat bo‘lgan mazkur qasidada shoir O’zbekistonning o‘tmishi, buguni va kelajagini mohirona uyg‘unlashtira olgan. She’r o‘zining boy mazmuni, rang-barang badiiy-tasviriy vositalari, shakliy sifatlari, sodda va ravon ifoda uslubi bilan o‘quvchi qalbidan mustahkam joy egallaydi. Qasida matni bilan tanishish jarayonida o‘quvchi yurtning shonli tarixi sarhadlari bo‘ylab maroqli sayohat qiladi, bugunning jo‘shqin hayotini ko‘radi, ertaning tasavvuriga ega bo‘ladi; tanti va bag‘rikeng, zahmatkash va xushfe’l xalqi qalbiga yaqinlashadi, orzu-armonlarini anglaydi. She’rning ona Vatanga, yurtga bevosita murojaat bilan boshlanishi ham ushbu ulug‘vor tushunchani yanada jonlantiradi: Yurtim! Senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor o‘z yerin butun Olam aro atagan tanho. Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq, Qanotida kumush diyori Bir o‘lka bor dunyoda, biroq Download 19.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling