Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi


Download 27.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi27.5 Kb.
#254111
Bog'liq
11- variant.


11- variant

1. “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi” konseptual g’oyasining mazmuni

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va liberallashtirish borasida eng dolzarb masalalar yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan. Xususan, bunda “2018-2021-yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqish belgilangani, avvalo, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish imkonini beradi. Konsepsiyadan ko‘zlangan yana bir maqsad – belgilangan bozorlarni milliy mahsulotlarimiz bilan ta’minlash. Bunga ulardagi asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik o‘rnatish orqali erishish ko‘zda tutilmoqda. Yana bir muhim jihat – milliy mahsulotlarimizning chet el bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mamlakatimizdagi ishlab chiqarish tarmoqlariga xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish belgilangan. Bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish ishlarini yanada kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Harakatlar strategiyasida tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag‘batlantirish, eksport-import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Yana bir ustuvor vazifamiz – tadbirkorlarga 500 million dollardan kam bo‘lmagan qiymatdagi loyihalarini moliyalashtirishda biznes-reja tayyorlash va zarur hujjatlarni bankka topshirishda ko‘maklashish. Bu O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish, jumladan, mamlakatimiz hududlarida xorijdan zamonaviy texnologiya va uskunalarni olib kelish orqali jahon talablariga mos ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yangi turdagi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Jamg‘arma ta’sischiligida tashkil etilgan agrofirmalar joriy yilda 250 million dollardan ortiq qiymatdagi mahsulotlarni eksport qilishi rejalashtirilgan. Ularda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu bilan mamlakatimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash orqali umumiy eksport hajmida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarning ulushini keskin oshirishga erishiladi. Bu yil turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosdagi 20 ko‘rgazma va yarmarkada tadbirkorlar ishtirokini tashkillashtirishni ko‘zda tutganmiz. Bu orqali 250 million dollardan ortiq eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. Jamg‘arma joriy yilda ham mamlakatimiz tadbirkorlariga xorijiy davlatlarning konunchiligidan kelib chiqib talab etiladigan sertifikat va litsenziyalar, shu jumladan, ISO, Global Gep, TUV va boshqa xalqaro sifat sertifikatlarini olishda tizimli va izchil ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalarga erishishda 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal bo‘ladi. Bu – bosib o‘tilgan yo‘l, orttirilgan tajribani xolisona baholash, erishilgan yutuqlarni tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada barqaror ta’minlash yo‘lidagi eng dolzarb masalalar yechimi, ularga erishish yo‘llari va usullari belgilab olindi, degani. Harakatlar strategiyasining aholi keng qatlami, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida tizimli, batafsil va chuqur muhokamalardan o‘tkazilgani mazkur yuksak marralarga erishish jarayonini samarali tashkil qilish imkonini beradi. Bu islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad bitta – xalqimizni hayotdan rozi qilish, boy qilish. Bunga odamlarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatish, kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali erishish mumkin. Zotan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”.

2. Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta’minlash masalalari

Beshinchi yo’nalish xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor vazifalar bilan bog’liq bo’lib,bunda dunyo qalqib turgan, turli mintaqalarda urush davom etayotgan, qon to‘kilayotgan bir sharoitda milliy xavfsizlikni taminlashga jiddiy e‘tibor berish eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. O‘ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e‘tikod va madaniyatlarni hurmat qilish singari bag‘rikenglik fazilatlarini yanadachuqurlashtirishning ahamiyati beqiyos ekanligi ta‘kidlanadi. O‘zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 33 millionli oilamiz istiqboli uchun diniy e‘tiqodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qati nazar, har bir fuqaro mas‘ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruhda tarbiyalash asosiy vazifa etib belgilangan. O‘zbekistonning tashqi siyosatida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo‘yilgan.

3. O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni (2017 yil) mazmuni



Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. Prezidentimiz “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb alohida ta’kidladi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan, prezident tomonidan 2017 yil 3 yanvarda imzolangan va 2017 yil 4 yanvardan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi muhim qadam bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos yaratdi. Bu davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabat qaror topadi. 34 moddadan iborat qonunda, avvalo, korrupsiya bilan bog‘liq tushunchalar berilgan. Korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling