Mangu yorug‘ maskanim manim


Download 19.07 Kb.
bet2/2
Sana07.01.2023
Hajmi19.07 Kb.
#1081661
1   2
Bog'liq
А.Орипов. Умидага

Bitilmagan dostondir bori.
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston – Vatanim manim!

Lirik qahramon – ona yurtini jonu dili bilan sevuvchi, ardoqlovchi chin farzand. Adib she’rni bitar ekan, sevimli vatani ta’rifiga munosib so‘z topa olmaganiga iqror bo‘ladi. Ammo she’rning keyingi qismlari bilan tanishib borar ekansiz, shoirning nihoyatda boy va betakror badiiy tasvir vositalaridan, so‘zlar shodasidan mohirona foydalanganligiga guvoh bo‘lasiz.


Shoir qaydicha, “boshqa shoirlar o‘z vatanini butun olamda tanho hisoblaydi. Ularning she’ri “qanotida kumush diyorini ko‘tarib”, juda yiroqlargacha yetib bordi, mashhur bo‘ldi. Biroq bitilmagan doston kabi bir go‘zal o‘lka bor dunyoda. Buning uchun qalamlar ojiz. Ta’rifu tavsifiga qalam ojiz, demakki, beqiyos, betakror, bebaho, mukammal va mukarram! Shoir o‘z yurtini ana shunday yuksaklikda ko‘radi. Bu poetik kayfiyat she’rning navbatdagi bandlarida yanada yuqorilab boradi, o‘quvchini ham befarq qoldirmaydi. Uning Vatanga bo‘lgan muhabbat hislarini ulg‘aytiradi, sadoqatini mustahkamlaydi.
She’rning keyingi bandlarida shoir yurtining “uzoq va shonli o‘tmishi”ni, tabiati tarovatini, yurt bag‘rida ulg‘aygan buyuk siymolar, daholarni tashbehu talmehlar ila birma-bir mazmun og‘ushiga qamrab oladi.
Shoir she’rni elu yurtiga umrboqiylik, saodat tilash mazmunidagi misralar bilan yakunlaydiki, bu ona vatanga, qadrdon xalqiga nisabat samimiy va o‘tli muhabbatning, mehr va sadoqatning yorqin namunasi bo‘lib qoladi:
Zavol ko‘rma hyech qachon, o‘lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo‘l, g‘olib bo‘l, o‘ktam,
Do‘stu yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug‘ bashar oilasida
Mangu yorug‘ peshonang sening.
Mangu yorug‘ maskanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim!

Iste’dodli shoira Sharifa Salimova Abdulla Oripov ijodiga munosabat bildirar ekan, adib iste’dodining xos jihatlarida vatanparvarlik ifodasi ustuvoriligini alohida e’tirof etadi. Shu o‘rinda shoirning “O’zbekiston” qasidasi borasida ham iliq fikrlarini aytib o‘tadi: Abdulla Orif she’riyati esa so‘zning milliy ohorida dunyoga Vatanni tanitgan ulug‘ she’riyatdir… Faqat o‘zigagina xos bo‘lgan o‘qish uslubi bilan o‘zining deyarli barcha she’rlarini yoddan biladigan, qalblarni sehrlab olgan va bir lahzada o‘zining shoiriga aylangan, odamlarning qon tomiridagi karaxtlikni uyg‘otib yuborishga qodir bunday iste’dod egasida o‘zbek xalqi milliy o‘zligimizning jon tomirlarigacha seva olgan, uni asrayotgan, ulug‘ Navoiy bobomizdek hazratlarning Masih nafasli she’riyatini bizga yaqinlashtirayotgan qudratli, so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan kuchni ko‘raman. Bu kuch xalq, millat qalbi bilan hamohang uradi. Tafakkur qudrati, falsafiy ma’no va mazmunga boyligi, behad samimiyati bilan o‘quvchini lol qoldiradi. “O’zbekiston” qasidasi esa Abdulla Oripov qalb chashmasidan otilib chiqib, bir farzand sifatida ona Vatanni qanday faxr va og‘riq bilan seva olish mumkinligi haqidagi haqiqat saboqlarining e’tirofiga aylanadi.


Darhaqiqat, Abdulla Oripov she’riyati kitobxon ruhiy-ma’naviy kamolotini ta’minlash, badiiy idrokini yuksaltirish, yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda eng muhim manbalardan bo‘la oladi. Ushbu she’riyatni bor badiiy-ma’rifiy jozibasi bilan chuqur tahliliy asoslarda o‘rganish, targ‘ib etish hamisha o‘z dolzarbligini, didaktik ahamiyatini saqlab qoladi.

Shayxontohur tumani 82-sonli maktabning


ona tili va adabiyoti fan o’qituvchisi,
Umida Rahmonova
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling