1- boshlovchi:— Andijon bagridan uchib bir yulduz,Hindiston tojiga gavhardek qunduz. Otash yuragida aylanar bir so‘z,Anda jon qoldiku, anda jon qoldi2- boshlovchi


Download 15.15 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi15.15 Kb.
#1516202
  1   2   3
Bog'liq
SHOH VA SHOiR-WPS Office


SHOH VA SHOiRSahna bayramona ruhda bezatilgan. To‘rda Zahiriddin
Muhammad Bobur portreti, shuningdek, shoir asarlari,bukletiar. Uning she 'rlaridan, ruboiylaridan parchalar yozilganplakatlar osilgan(Shoirning «Yaxshiliq» g'azaliga bastalangan qo'shiqyangraydi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi).1- boshlovchi:— Andijon bagridan uchib bir yulduz,Hindiston tojiga gavhardek qunduz.Otash yuragida aylanar bir so‘z,Anda jon qoldiku, anda jon qoldi2- boshlovchi:— Dunyo charxpalagi tinmay aylanar,Taloto'p zamonlar o'taveradi.Asrlar qa’ridan bir so'z ingranar,Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.1- boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, qadrli ota-onalar va aziz o'quvchilar! Bugun biz shoh va shoir, davlat arbobi hamda buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 533 yil to‘lganligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu bayram kechasida to'planib turibmiz.2- boshlovchi. — Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shahzodalarga xos munosib ta’lim-taroiya olgan Bobur otasi vatotidan so‘ng 12 yoshda taxtga o‘tirdi.boshlovchi: — Bobur toj-taxt uchun bo'lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda qudratli saltanat o‘rnatgan,
davlatning gullab-yashnashiga katta hissa qo shgan sevimli shoirimiz 1530 yil Agra shahrida olamdan o'ttii.2- boshlovchi: — U umri davomida «Boburnoma», "Mubbayyin al-zakot» (Zakot bayoni), «Xatti Boburiy», «Harb ishi» kabi ko'plab nasriy va she’riy asarlar yaratdi.(O'quvchilar sahnaga chiqishadi va birin-ketin Bobur
ruboiylaridan aytishadi).1- o'quvchi:— Davron meni o‘tkardi saru samondin,Ayirdi meni bir yo'la xonu mondin.Goh boshima tosh, goh baloyi ta’na Nelarki boshimg'a kelmadi davrondin.2- o'quvchi:— Har ishda ishtob qilmag'aysan,Bu demak murodga yetmag'aysan.3- o'quvchi:— Birovningkim birovdin ko'ngli qolur,Kishi yuz so‘z birla ko‘nglin olur.4- o'quvchi:— Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,Shod etmash emish ko'ngulni g‘urbatda kishi.Ko‘nglum bu g'aribliqda shod o'tmadi hech,G'urbatda sevinmas emish albatta kishi.

Download 15.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling