5- o'quvchi:— Necha nafsing'a bo’lursan tobe,Necha umringni qilursan zoe\(Qo‘shiq ijro etiladi. Uni о ‘qituvchining o'zi tanlaydi).1- boshlovchi: — Bobur Hindistonda shoh bo‘lsa-cia, bir umr Vatanini, uning tuprog'ini, bag'ri keng odamlarini sog'inib yashadi.2- boshlovchi: — U o'zga yurt toju taxtidan vataninng bir siqim tuprog'ini afzal deb bildi va shu armon bilan vashab o'tdi. Shoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatansog inchini his etamiz.(O'quvchilar kichik sahna ко‘rinishi namoyish etadilai).Mayin musiqa yangraydi.Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofidagi uch-to‘rt mulozimlar bilan mamlakatdagi siyosiy ahvol, soliqlar to'g'risida sthbatlashmoqda. Shunda xos soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.Bobur: — Ruxsat, huzurimga olib kelingiz!(Notanish kishi qo'lida qovun bilan kirib keladi va a ’zim
qiladi).Kishi: — Assalomu alaykum, hazratim. (Ta’zim bajo keli radi). Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan m iqsad Andijondan keltirishgan qovundan olib keldim. Ona yurtint izdan olib kelingan bu ne’matdan tatib ko'ring, hazratim. Zora sog'inchingizga malham bo'lsa. (Bobur sekin taxtdan ushib
kelib titroq qo'llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq hidlat yuzko‘zlariga surtadi va^o'ta g'amgin holda gapiradi).
Bobur: — Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoliyu musaffo havosini, tabarruk tuprog'ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o'tgan go‘zal vodiylar manzarasi dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to'kilgan Vatan — mening beshigim, sog'inchim va tuganmas armonimdir. (Hazin ohangda ruboiy o'qiydi).Tole’ yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi,Har ishniki ayladim - xatolig' bo'ldi.O'z yerni qo'yib, hind sori yuzlandim,Yo rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.(Magnitofon tasmasidan «Ulug'imsan, Vatanim» qo'shig'iyangraydi. Qo'shiq sadolari ostida qovun quchgan Bobur,mulozimlari, so'ngra haligi savdogar sahnani sekin-asta tarketadilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |