Havas
Baxtga to’lib ketdim o’zimdan-o’zim,
Baxtiyor vatanning baxtli qiziman.
Samoda porlaydi yorqin yulduzim,
Axir men Zulfiyaxonim iziman.
Axir Uvaysiyni ardog’lab har chog’,
Nomiga bitmayman har kuni ash’or.
Ishoning mayliga, Ishonmang hizhoh,
MendaTo’marisning jasorati bor.
Mehrim bo’lakchadir Nodiralarga,
Bedova yashadi bir diydor deya,
Sog’inch qalam bo’ldi Zulfiyalarga,
Kasbidan chiqmasmi bitta Zulfiya.
Ulardek bo’lmoqlik mening uchun farz,
Kel deya, yo’limga ko’z tutadilar.
Alloh nasib etsa kimlardir havas,
Qilgan chamenga ham she’r bitadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |