Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Metonimiya (grekcha: metonymia – “qayta nomlash”)
ifodalanmishlarining o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi asosida bir ifodalovchining boshqa ifodalovchi uchun ishlatilishi. Metonimiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu jarayon natijasining barqarorligiga ko‘ra lison va nutqqa daxldor 157 hodisa. Boshqacha aytganda, metonimik hosila ma’no sof nutqiy yoki lisoniy (lashgan) bo‘lishi mumkin. Metonimik ma’nolarning asosiy ko‘rinishlariga misol keltiramiz: 1) bir narsa predmetning nomi bilan shu predmetdagi boshqa bir narsa ataladi: a) stakan 1 – ichimlik uchun ishlatiladigan silindr ko‘rinishdagi shisha idish; stakan 2 – bir stakan hajmiga teng suyuqlik miqdori (bir stakan suv); b) dasturxon 1 – o‘rtaga yozilib, ustiga oziq-ovqat qo‘yiladigan mato materialli ro‘zg‘or buyumi; dasturxon 2 – yeyish uchun o‘rtaga qo‘yilgan oziq-ovqat; 2) materialning nomi shu materialdan yasalgan mahsulotga o‘tadi: a) kumush 1 – oq-ko‘kish rangli yaltiroq tusli asl metall; kumush 1 –kumushdan zarb qilingan pul, tanga; b) qog‘oz 1 – yozish, chizish, kitob, gazeta, jurnal hamda boshqa shunga o‘xshash maqsadda ishlatiladigan yog‘och, eski latta-putta va shular kabidan tayyorlangan yupqa material; qog‘oz 2 – varaq, bet; 3) joy nomi bilan shu joyda yashovchi kishilar ataladi: qishloq 1 – aholisi ko‘proq qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi aholi punkti; qishloq 2 – qishloqda yashovchi kishilar (Qishloq nima deydi?). 4) harakat ifodalovchisi bilan uning natijasi yoki unga aloqador bo‘lgan jarayon nomlanadi: to‘y 1 – yeb-ichish natijasida nafsni qondirmoq; to‘y 2 – bazm- tomosha bilan ziyofat berib o‘tkaziladigan marosim. 5) predmetning nomi bilan shu predmet hosilasi ataladi: a) til 1 – og‘iz bo‘shlig‘ida harakatlanuvchi nutq a’zosi; til 2 – shu nutq a’zosi harakati natijasida hosil bo‘lgan nutq; b) Navoiy 1 – o‘zbek mutafakkir shoiri; Navoiy 2 – Alisher Navoiy asari. Кo‘rinadiki, metonimik hosila ma’noning ayrimi sof lisoniy mohiyat kasb etgan bo‘lsa, ayrimi nutqiy sathdagina mavjud. Masalan, Navoiyni o‘qidim gapidagi Navoiy so‘zi ellipsis natijasida 158 tushib qolgan asar so‘zining ma’nosini ifodalamoqda va u nutqiy tabiatga ega. Ammo keltirilgan dasturxon 2, to‘y 2, qog‘oz 2, kumush 2-ma’nolari lisoniylashgan, sememaga aylangan metonimik ma’no. Metonimik hosila ma’noning vujudga kelishi, asosan, lisoniy bog‘lanish emas, balki obyektiv borliq hodisalari orasidagi nolisoniy aloqadorlik bilan bog‘langan. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling