Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mantiqiy mushohada uchun 
Afandi  “Dengizga  qaragan  o‘ta  shinam  xonaga  bitta  ziyoli 
kishini  ijaraga  qo‘yaman”  degan  e’lon  bo‘yicha  manzilni  topib, 
hujjatlari asosida uni uch sutkaga rasmiylashtirdi. Ertalab uy sohibi 
xabar olgani keldi, xonada yana ikki kishini ko‘rib, afandiga e’tiroz 
bildirdi.  Shunda  afandi  e’lon  asosida  uning  e’tiroziga  javob  berdi. 
Xona sohibi barmog‘ini tishlab qoldi. 
E’londa so‘z qo‘llash bilan bog‘liq qanday mantiqiy xatolik bor 
edi? 
 
Hosila  sememaning  vujudga  kelish  yo‘llari.  Har  qanday 
leksema  paydo  bo‘lish  paytida  bir  sememali  bo‘lgan.  Tilda 
o‘xshash va o‘zaro bog‘liq tushunchalarni ifodalash zaruriyati har 
bir  yangi  narsa  yoki  tushunchani  ifodalash  uchun  yangi  leksema 
“kashf qilmay”, mavjud leksemalardan foydalanishni taqozo qiladi. 
Bu  tilda  amal  qiluvchi  tejam  qonuniyati  bilan  bog‘liq.  Shunday 
qilib,  leksema  birinchi  sememasi  asosida  boshqa  narsa  va 
hodisalarni  ham  ifodalay  boshlaydi.  Bunda  uning  yangi 
paradigmatik, 
ma’nodoshlik 
va 
sintagmatik 
munosabatlari 
shakllanadi  va  barqarorlashadi  va  shu  asosda,  yangi  sememalar 
shakllanadi.  Ular  leksemaning  bosh  sememasiga  nisbatan  hosila 
semema maqomiga ega bo‘ladi.  
Hosila  semema  bir  necha  yo‘l  bilan  vujudga  keladi:  metafora, 
metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik kabi. Quyida ularning har 
biriga alohida-alohida to‘xtalamiz. 
155



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling