Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1.Sememaning semik tarkibi nima?
2.Lingvistik semema qaysi kimyoviy hodisaga qiyosan
baholanishi mumkin?
3.Lingvistik sema qaysi kimyoviy terminga monand?
4.Atash semasi nima?
5.Ifoda semasi nima?
6.Vazifasi semasi nima?
7.Qanday semalar birlashtiruvchi sema deyiladi?
8.Qanday semalar farqlovchi semalar deyiladi?
Test 1.So‘z boyligi, asosiy lug‘at tarkibi, ularning ma’no turlari, so‘z
ma’nolarining
ifodalanish
yo‘llarini
o‘rganuvchi
bo‘lim
tilshunoslikning qaysi bo‘limi? A) Leksikografiya B) Orfografiya
C) Orfoepiya D) Leksikologiya.
2.Semasiologiyaning o‘rganish obyekti nima? A) So‘zning
semantik taraqqiyoti B) So‘zdagi tovush o‘zgarishlari C) Til
birliklarining o‘zaro ma’noviy xossalari D) So‘zning ma’no
xususiyatlari.
3.So‘zning obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarni ifodalovchi
ma’nosi: A) ifoda semasi B) vazifa semasi C) hosila sema D ) atash
semasi.
151
4.Leksema ko‘chma ma’noda qo‘llanganda, uning, asosan,
qaysi semasida sifat o‘zgarishi yuz beradi? A) atash semasida B)
ifoda semasida C) vazifa semasida D) barcha semasida.
5.Uka va singil leksemalarida farqlovchi sema: A) atash semasi
B) ifoda semasi C) vazifa semasi D) barcha semalari.