Izhor nazariyasi. Bu nazariyaning asoschisi Al-Ashafiy deya
e’tirof etiladi. Biroq bu ta’limot undan-da ilgari Abu Ali al-Jubba’
ishlaridayoq ilgari surilgan edi. Izhor nazariyasining asosini
qur’oniy ta’limot – til va so‘zlarni Alloh Odamga tayyor holda
in’om etganligi, izhor etganligi tashkil qiladi. IX asrda rasmiy
islomiy ilohiyotda – Kalomda izhor nazariyasi qabul qilinib,
mutazalliylar yon bosgan ijtimoiy kelishuv nazariyasi shakkoklik
sifatida qoralandi.
Ilhom
nazariyasi.
Bu
ta’limotga
ko‘ra,
birinchidan,
insoniyatning birinchi umumiy tili – arab tili bo‘lgan va u Alloh
tomonidan yaratilgan. Olloh bu tilning butun boyligini Odam
Atoga birdaniga bermagan – Tangri izhorlarining mahsuli bo‘lgan
arab tili asoslari bilan oz miqdordagi leksika Odamga berilgan.
Keyinroq esa zarurat asosida barcha qabilalarga qo‘shimcha
ravishda
berib
borilgan
va
boyitilib-boyitilib,
faqatgina
Muhammad alayhissalomga tilning butun boyligi ma’lum qilingan.
Bu islomiy nazariyalarning barchasida tilning rivojlanish
manbayi ikkita – Alloh va odam, jamiyat ehtiyojlari. Alloh tilni,
uning ichki qonuniyatlarini belgilagan va Odamga berganligi
haqida qarashlar ustuvorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |