Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Dunyo tillari Dunyo bo‘yicha har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 mingdan 7 mingtagacha til borligi e’tirof etiladi. BMT o‘tgan asrda rasman 2976 tilni qayd etgan. Tillarning ayrimida bir milliard, bir necha o‘n, hatto yuz millionlab kishi gaplashsa, ba’zisida bir necha ming, yuz, hatto, sanoqli kishi muloqot qiladi. Masalan, Kongoda aholi 500 tilda, Indoneziyada 250 tilda, Sudanda 117 tilda gaplashadi. Xitoy tilida hozirgi kunda bir milliarddan ortiq kishi gaplashsa, chukot va vele tilida bor-yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi muloqot qiladi, xolos. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq o‘z tiliga ega. 144 Tillarning asosiy qismi tropik mamlakatlarda joylashgan. Yevropada bor-yo‘g‘i 240 til mavjud bo‘lsa, Afrikada 2000, Osiyoda 2300 til mavjud. Yangi Gvineya orolida 1200 til amal qiladi. Dog‘istonda 1 mln dan ortiq kishi bo‘lib, ular 40 ga yaqin tilda gaplashadi. 2002-yilda Rossiyada o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijasiga ko‘ra, Dog‘istondagi bagulal tilida 40, chamala tilida 12, kaytags tilida 5 kishi muloqot qilishi aniqlangan. Dunyodagi eng katta tillar olinadigan bo‘lsa, hisob-kitobga ko‘ra, 200 tilning har birida 1 mlndan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln dan ortiq, faqat 13 tilning har birida 50 mln dan ortiq kishi gaplashadi. Tillarning 80%i o‘rta va kichik tillar hisoblanadi. Ularning har birida 100 mingdan kam kishi gaplashadi. Dunyo tillarining uchdan bir qismida 1 mingdan kam kishi muloqot qiladi. Dunyo aholisining 80%i 84 ta (ingliz, xitoy, rus, nemis, yapon, hind, ispan, portugal, yoruba (Nigeriya (26,5 mln), fors, o‘zbek tili kabi) yirik tillarda gaplashishadi. Til moddiy va ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi hisoblanadi. YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi yaqin vaqtda o‘zining oxirgi sohiblaridan ham ajralishi mumkin. O‘lik tilga aylanib ketayotgan bu tillarni saqlab qolish insoniyat oldidagi o‘tkir muammolardandir. Shuning uchun 1999-yil 17-noyabrda YUNESKOning Bosh anjumani tomonidan e’lon qilingan Xalqaro ona tili kuni 21-fevral (International Mother Language Day), 2000- yilning fevralidan boshlab har yili lisoniy va madaniy taraqqiyot va ko‘p tillilikni ta’minlashga ko‘mak berish maqsadida nishonlab kelinadi. O‘z navbatida, BMT Bosh assambleyasi o‘z rezolyutsiyasida 2008 yilni Xalqaro tillar yili (International Year of Languages) deb e’lon qildi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling