Baxtiyor mengliyev


Serqirralikning  leksema  semantik  strukturasida  namoyon


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

 
Serqirralikning  leksema  semantik  strukturasida  namoyon 
bo‘lishi.  Har  qanday  lisoniy  birlik  serqirra  mohiyatli  bo‘lib,  bu 
uning  kamida  ikki  paradigmaga  kirishini  ta’minlaydi.  Leksema 
birdan  ortiq  tushunchani  qamrab  olgan  ekan,  bunda  uning 
serqirraligi  yanada  kuchayadi.  Masalan,  uzum,  o‘rik  leksemasi 
o‘zida  bir  necha  tushunchani  saqlar  ekan,  bu  bilan  u  kamida  ikki 
lug‘aviy paradigmaga kiradi (20-jadval): 
  20-jadval 
Uzum 
 
Uzum 
Tok 
o‘rik 
Zardoli 
o‘rik 
 
Birinchi  paradigmada  uzum  leksemasi  bir  denotati  asosida 
meva va boshqa bir denotati asosida esa daraxt nomini ifodalovchi 
ot  leksema  bilan  uyadoshlik  qatori  hosil  qilsa,  ikkinchi 
paradigmada  o‘rik  leksemasi  bir  ma’nosi  bilan  zardoli,  ikkinchi 
ma’nosi 
asosida 
turshak 
leksemasi 
bilan 
ma’nodoshlik 
munosabatida bo‘ladi. 
Leksema  tarkibida  birdan  ortiq  tushuncha  mujassamlashganda 
leksema turli sintagmatik qurshovga kiradi. Masalan, yuqorida tilga 
olingan  olma  leksemasida  ikkita  (“meva”,  “daraxt”)  tushuncha 
141


mavjud  bo‘lib,  u  har  bir  ifodalagan  tushunchasi  asosida  ham 
boshqa-boshqa, ham umumiy qurshovga ega bo‘lishi mumkin. 
Olmani  kesdik  sintaktik  qurshovida  olma  qaysi  tushuncha, 
denotatni  anglatayotganligi  muayyanlashmaydi.  Biroq  olmani 
ekdik,  olmani  yedik  sintagmatik  qurshovida  atalayotgan  denotat 
farqlanayotganligi  sezilib  turadi  (birinchi  qurshovda  “daraxt”, 
ikkinchisida  “ho‘l  meva”).  Кo‘rinadiki,  leksema  birdan  ortiq 
tushunchani  ifodalaganda  har  bir  tushunchaga  mos  sintagmatik 
qurshov  mavjudligi  ham  anglashiladi.  Bular  semema  leksema 
lisoniy  mohiyatining  alohida  sinonimik  va  sintagmatik  qurshovga 
ega bo‘lgan turidir, degan xulosaga olib keladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling