Baxtiyor mengliyev
-§. Leksema sememasining tarkibi
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sema haqida.
15-§. Leksema sememasining tarkibi
Tayanch tushunchalar nomema, sonema, semema O‘zlashtiriladigan tushunchalar sema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi belgi, farqlovchi belgi, relevant belgi, irrelevant belgi Sema haqida. Har qanday butunlik qismlarga bo‘linganligi yoki qismlardan tashkil topganligi kabi leksemaning mazmuniy tomoni – sememasi o‘ziga xos elementlardan – semalardan tashkil topadi. Sema termini grek tilidan o‘zlashgan bo‘lib, “belgi”, “ramz”, “ishora” degan ma’nolarni bildiradi. 143 Semema elementlar, ya’ni semalarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, bu jihatidan kimyoviy moddalarni eslatadi. Ma’lumki, kimyoviy moddalar molekula bo‘lib, ular o‘ziga xos elementlar, ya’ni atomlardan tashkil topadi. Bu atomlar miqdori yoki ularning o‘rni boshqasi bilan almashsa, yangi molekula – modda kelib chiqadi. Masalan, H 2 SO 4 (sulfat kislota) va H 2 SO 3 (sulfid kislota) kabi. Sememalar semalardan tashkil topadi. Masalan, aka leksemasi “bir avloddagi”, “qon-qarindosh”, “erkak”, “mendan katta” semalaridan tashkil topgan bo‘lsa, ular bir butun holda “bir avlodga mansub, “men”ga nisbatan katta, erkak qon-qarindosh” sememasini tashkil qiladi. Sema semema bilan qism-butun munosabatidagi tashkil etuvchidir. U sememaning eng kichik ma’no bo‘lakchasi bo‘lib, boshqa tarkibiy qismlarga bo‘linmaydi. Albatta, bu tilshunoslikning hozirgi holatida shunday. Tilshunoslikning bugungi holati semani tarkibiy qismlarga bo‘lishga ehtiyoj sezgani yo‘q. Sememani semalarga ajratish amaliy ahamiyatga ega. Ma’nosi yaqin, zid ma’noli yoki ma’nodosh leksemalarni farqlash va izohlashda semalarga tayaniladi. Shu boisdan tilshunoslik semalarning mohiyatini ochish, semaning turlarini ajratish va farqlash bilan jiddiy shug‘ullanadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling