Shaxmat – o‘ynash qobiliyati – o‘yin
Lison – nutq qobiliyati – nutq
Shaxmat donalari va ularning yurish imkoniyati o‘ynovchining
barchasi uchun umumiy bo‘lganligi kabi lisondan foydalanishda
ham shu tilda so‘zlashuvchilar teng huquqli.
Lison va shaxmat qurilmalari o‘zaro qiyoslanadigan bo‘lsa,
avvalo, ularning birliklari orasida umumiy o‘xshashliklar borligini
ta’kidlash lozim. Har ikkala qurilma ham birliklar sistemasi va bu
birliklarning o‘ziga xos vazifalari bilan ish ko‘radi. Bunda ma’lum
qoida va qonuniyatlarga tayaniladi. Har ikkala holatning ham
ishtirokchisi inson, ular har ikkala faoliyatda ma’lum bir
imkoniyatni ishga soluvchilardir. Shu boisdan shaxmat taxtasi,
uning donalari, ya’ni shaxmat o‘yinining tashqi, moddiy tomonini
lisoniy birlikning tashqi tomoniga, shaxmat o‘yini qoidalari –
donalarining joylashuvi, harakat qoidalari, ya’ni shaxmat
o‘yinining ichki tomoni haqidagi tasavvurlarni lisoniy birliklarning
mazmun mundarijasiga qiyoslash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |