Baxtiyor mengliyev
Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”. Sh.Sharipov nasriy bayoni //
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”. Sh.Sharipov nasriy bayoni //
www.ziyouz.com 30 tramvay qo‘ng‘irog‘i ovoz bersa ham, auditoriyaga shoshilasizmi? Mashinaning signalini eshitib, xonangizda ham o‘zingizni chetga olasizmi? Yo‘q, biz bunday kelishmaganmiz. Faqat o‘quv binosidagi qo‘ng‘iroqqa talabalarni auditoriyaga “haydash” vazifasi yuklatilgan. Mashina signalini yo‘lda “joningdan umiding bo‘lsa, qoch” degan ma’noda tushunamiz. Chunki ular shartli belgilardir. Svetoforning chiroqlari, yo‘l harakati ishoralari, xaritadagi belgilar ijtimoiy kelishuv asosida o‘rnatilgan. Yo‘l bo‘lmagan joyda qandaydir qizil chiroq yonib turgan bo‘lsa, mashinamizni to‘xtatmaymiz. Ular ma’lum bir makon va zamondagina bu vazifani bajaradi. O‘rtog‘ingizni ko‘rib, qo‘l silkiysiz – to‘xtashga ishora qilasiz. Bu ham shartli belgi. Avtobusdagi “100” raqamini ko‘rib, shoshildingiz, chunki shartli belgini ko‘rdingiz. Ko‘chada bir kishi yotibdi. Qon oqqan. “O‘lib qolgan bo‘lsa kerak” degan fikr miyangizga urdi. Qon, axir, o‘lim alomati. Lekin u shartli belgimikan? Ana muammo! Daraxt barg chiqara boshlabdi. Bahor alomati. U ham shartli belgi bo‘la oladimi? O‘ylab ko‘rish kerak. Dunyoda qachon bitta til bo‘ladi? Har qanday shartli belgi to‘rtta muhim xossaga ega bo‘ladi. Birinchidan, ifodalovchi, ya’ni belgi moddiy shaklga ega bo‘lishi lozim. Ovoz, rang, harakat va h. Ikkinchidan, u nimanidir ifodalashi lozim. Qo‘ng‘iroq mashg‘ulot boshlanishini, yashil rang esa harakatlanishni, ikki qo‘lni xoch holatiga keltirish biror harakatni to‘xtatishni ifodalaydi. Uchinchidan, belgi bilan u ifodalaydigan mazmun orasidagi aloqa shartli, kelishilganlik tabiatiga ega bo‘lishi lozim. Bu – eng muhimi. Masalan, eganing tagiga bir chiziq, kesimning tagiga ikki chiziq chizish kelishib olingan. Aslida, kelishilsa, svetofordagi qizil chiroqda harakatlanib, yashil chiroqda to‘xtash ham mumkin bo‘lur edi. Zero, svetofor ranglari bilan ular ifodalaydigan harakatlar orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Lekin qon o‘limning, daraxt chiqarayotgan barglar bahorning shartli emas, balki tabiiy belgilari. Til ifodalari ham borliq hodisalari bilan tabiiy emas, balki shartli bog‘lanishga ega. Agar til va borliq tabiiy bog‘lanishga ega bo‘lsa 31 edi, dunyoda yagona til mavjud bo‘lar edi. Bu tilning shartli belgilar sistemasi ekanligini ko‘rsatadi. To‘rtinchidan, shartli belgilar sistemasi a’zolari kamida ikkita bo‘ladi. Masalan, svetoforning uch rangi bor. Arifmetik amallar to‘rtta. Xaritadagi belgilar soni esa juda ko‘p. Ammo... liftdagi yonib-o‘chadigan chiroq bitta-ku? U shartli belgi emasmi? Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling