O‘rik – abrikos emas, abrikos esa o‘rikdir. O‘zimiz bilmagan
har qanday shartli sistema haqida yuqoridagi fikrlarni aytsak,
bo‘laveradi. Shartli belgilar, ularning ifodalovchi va ifodalanmish
tomonlari, shartli belgining tabiati, imkoniyatlari, shakllanish
jarayoni, amal qilish xususiyatlari, sharoiti haqidagi fan sohasi
semiotika deyiladi. Semiotika grekcha semeion (“belgi”) so‘zidan
olingan bo‘lib, uning asoschisi amerikalik olim Charlz Sanders
Pirs (1839–1914)dir. Tilshunoslik – semiotikaning bir sohasi.
Lekin semiotikani tilshunoslikning sohasi deb ajratish ma’lum
darajada mantiqsiz. Til “bor bo‘yi” bilan shartli belgilar sistemasi
ekan, tilshunoslikni semiotikaning markaziy sohasi deyishi mumkin.
Noto‘g‘ri tushunish natijasida semiotika tilshunoslikda alohida
soha sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘la olmayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |