Mantiqiy mushohada uchun
1.Tilda nega boshqa tillardan nutq tovushi o‘zlashtirilmaydi?
2.Bir kishi o‘z nutqida o‘zlashma so‘zlarni aslidagidek talaffuz
qiladi. Nega biz uni fonetik o‘zlashmaga misol qilmaymiz?
3.Grammatikada o‘zlashtirilgan hodisalar bormi?
4.O‘zbeklarning o‘zga tillar fonetikasini o‘zlashtirishi nisbatan
yengil kechadi. Buning sababi nimada?
Leksema va so‘z. Lisonning borliq hodisalarini nomlash,
ifodalash, ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi – leksema.
Leksema borliq hodisalarini nomlab, ularni kishilarning muloqoti
uchun tayyorlaydi. Til egasi sezgan narsa, albatta, nom oladi. Hech
bo‘lmaganda so‘z birikmasi bilan nomlanadi.
Leksema tilning asosiy va markaziy birligi. So‘z termini
leksema ma’nosida ham qo‘llanadi. Shaxsning tili bilimi uning
fonetik yoki grammatik bilimi bilan emas, balki leksik zaxirasining
boyligi bilan o‘lchanadi. Ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi ham
leksema, ya’ni so‘z ta’limidir. Bejiz so‘z tilga tenglashtirilmaydi:
Xalqaro anjumanda o‘zbek so‘zi jarangladi. Buyuk sharq
mutafakkirlari ham so‘z deganda ko‘p hollarda tilni nazarda
tutishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |